Get Mystery Box with random crypto!

#Öqing ​​Bir kamzulim bor edi, Kiysa, odam uyalar, Chunki | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

#Öqing

​​Bir kamzulim bor edi,
Kiysa, odam uyalar,
Chunki olmadek joyin,
Yeb qo‘yishgan kuyalar.
Qishda uni ehson deb,
Berdim muhtoj qo‘shnimga,
O‘sha kuni shu kamzul,
Kirib qoldi tushimga,

O‘tganmishman olamdan,
Chorshanbaning tongida,
Turganmishman do‘zaxning,
Shundoqqina yonida.

Emishman shir yalong‘och,
Na molim bor va na pul,
Ko‘zlarimda dahshatu
Qo‘limda yirtiq kamzul

Oh, u olov, u azob!
Qovrilarmish odamlar,
Qayta-qayta yonishib,
Sovrilarmish odamlar.

O‘t mengayam urarmish,
Yoqay deb yuz, ko‘zimni,
Shu teshik kamzul bilan,
To‘sarmishman o‘zimni.

Faqat, yirtiq joyidan,
Har gal jonim kuyganda,
Der emishman: «Qaniydi,
Kamzul butun bo‘lganda».

Essizgina tiriklik,
Qursin kiyib, yeganim,
Shumi yorug‘ dunyodan,
O‘zimga obkelganim ?!

Oh, qo‘shnim-a, shungayam
Suyunib "Rahmat!" degan,
Olgani-chun rahmatni —
Men aytsam bo‘lar ekan.

Kiyimlarim javonga,
Sig‘ib turardi arang,
Sandiqda qancha lattam —
Qolib ketdi, eh, attang.

Qarindoshlar ichra ham
Qiynalganlar bor edi,
Chehrasidan bilardim,
Kim nimaga zor edi.

Gadoy so‘rasa yuz so‘m,
Javrardim ensam qotib,
Tabassum bilan emas,
Berdim yuziga otib.

Bilsam, muhtoj qo‘liga —
Tutqazganim bir tillo,
Oxirat sandig‘imga —
Tusharkan bo‘b ming tillo.

Yig‘ib merosxo‘rlarga —
Qolib ketar molimni,
O‘ylamabman o‘zim-la —
Olib ketar molimni.

Yoshligimda har neni —
Deyaversam "meniki ",
Bobom derdi: "Ey, bolam,
Bergan narsang — seniki.

Kiyintirgan kiyinar,
Yedirganlar yeydilar,
Birini kiysang, birin —
Ehson qilgin ", derdilar.

"Shosh, — derdilar, — yaqinda —
Muhtoj odam qolmaydi,
Sadaqa qilay desang,
Hech bir odam olmaydi.

Xoh yashirin, xoh oshkor,
Ehson qilgin ko‘pmi, oz,
Hatto, tabassuming ham —
Jannatga bir imtiyoz.

Qarashib qol, Shoislom,
Miskinning osh, noniga,
O‘lmay turib, kirib ol —
Jannatning ayvoniga ".

Yirtiq kamzulni ushlab,
Bir narsani o‘ylardim:
Bilganimda to‘nimni,
Ehson qilgan bo‘lardim.


Marhabo Karimova

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi