Get Mystery Box with random crypto!

​​#Mulohaza (albatta o‘qing, agar o‘zingizni qaysidir joyida k | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​#Mulohaza (albatta o‘qing, agar o‘zingizni qaysidir joyida ko‘rsangiz, demak maqola aynan siz uchun)

Anchadan beri yozmoqchi bo'lganim

Jamiyat a'zolari qaysi mavzu haqida ko'p gaplashishsa, o'sha mavzu ular ustidan hukmini o'rnatadi. Ilm haqida ko'p suhbatlashiladigan jamiyatda ilm, "ishq-muhabbat" haqida ko'p suhbatlashiladigan jamiyatda esa "sevgi" odamlarni boshqaradi. "Sevgi" haqida ko'p gapirish erkaklardan taqvoning, ayol-qizlardan esa iboning yo'qolishiga olib keladi. G'arb axloqining tuban holatga kelib qolishi ham o'rta asrlarda "sevgi"ning madh etilishidan boshlangan. Ming afsuslar bo'lsinki, g'arbning "sevgi"ga bo'lgan yondashuvi ba'zi musulmonlar tomonidan "islomiy" tarzda talqin etilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa instagram)ni kuzatsangiz buning guvohi bo'lishingiz mumkin: muhabbat, nikoh, solih va soliha juft haqidagi oyat va hadislar yoki mashhur kishilarning sevgi borasida aytgan gaplarini (soqolli) yigit va (ro'molli) qiz rasmi ostida berilishi "islomiy sevgi"ning eng mashhur ko'rinishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Yosh yigit-qizlarning profillariga qo'yayotgan rasmlari ham ko'pincha shu mavzuda bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p qo'yiladigan postlar sirasiga yuqorida aytilgan "islomiy sevgi" ham kiradi. Bu kabi postlarni nafaqat bo'ydoq erkaklar, balki, ayol-qizlar ham qo'yishmoqda. Ajib! Sevgi, nikoh, turmushga chiqish kabi masalalarda gap ketganda qizarib ketgan muslima momolarimizning avlodlari bugun shu mavzularda mahram-nomahram - barchaning oldida post qo'yishib, tanish-notanish erkag-u ayollardan "like" yig'ishmoqda...
Men musulmon yigitlarga qalblarida jo'sh urib ketayotgan "sevgi"larini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilmasliklarini maslahat beraman. Undan ko'ra uylaning!
Muslima opa-singillarga esa Alloh taolodan xuddi ko'chadagi kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham nomahramlarning ko'zlari va quloqlaridan satrlovchi mukammal hijob berishini so'rab qolaman!


Muhammadoshiq

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi