Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.96K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 572

2021-05-09 15:59:02 ​​Munosib javob!
"Jahannamda havo bundanda issiqroq bo‘ladi"


Bugun havo harorati Kiyevda ancha yuqori darajada bo‘ldi. Men odatdagicha peshindan so‘ng do‘konimga qo‘shni bo‘lgan bozorchaga o‘tib, shavurma uchun pomidor, bodring xarid qilmoqchi bo‘ldim. Bozorchada Ozarbayjonlik yigitlar sabzavot mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanishadi.
Bozorchaga bir necha qadam qolganida qizim Fatimaning dugonasining onasi bo‘lmish Islom dinini qabul qilgan Yuliya ismli ukrainka ayolga ko‘zim tushdi. Men yashaydigan rayonda o‘zini ayollar kosmetik saloniga ega bo‘lgan bu muslima islomiy kiyinishi bilan hammadan ajralib turadi.
Savdo rastasiga borganimda musulmoncha kiyinib ro‘mol o‘ragan bu ayol yerga qaragan holda odatdagicha menga: Assalomu alaykum, dedi. Men Va alaykum assalom, deb javob berdim va bir marotabalik ishlatiluvchi selofan xaltachani olib, pomidor saralay boshladim.
Do‘kondor hisoblanuvchi Ozarbayjonlik yigit noxosdan bu muslimani boshidan oyoq kuzatib turib, qandaydir nopisandlik ohangda: "Bu kiyinishda senga havo issiqlik qilmaydimi?, dedi.
Bu savolni musulmon bo‘lmagan kishi berganida menga qiziq tuyulmas edi, ammo o‘zini musulmon deb gapiruvchining bu kabi savol berishi menga qiziq tuyuldi. Javob esa men o‘ylamagan darajada zo‘r bo‘ldi.
Ukrainka muslima ayol o‘zi saralayotgan bodringlarni saralashni xotirjamlik bilan davom ettirgan holda: "Jahannamda havo bundan-da issiqroq bo‘ladi", dedi.
Men: "Subhanalloh", deb qo‘ydim. Ozar yigit esa yer yorilmadi, u yerga kirmadi.
Bu suhbatni sabzavot saralayotgan ko‘plab xaridorlar eshitishmadi, yoki e’tibor berishmadi, chunki muslima shunchalik ustalik bilan ohista va hech kimning e’tiborini jalb qilmasdan javob qildi.


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12.3K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-09 15:29:01
Ingliz tilida "Sen nonko'rsan " iborasi qanday tarjima qilinadi?
11.8K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:29
Ochish/sharhlash
2021-05-09 11:39:13
Dardimni Allohga aytib yig‘ladim...

Mehr desam mehribonlar qochishdi .
Mehr emas menga zahar sochishdi.
Begonalar menga quchoq ochishdi .
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

Roziman baridan ko‘nglim qolsa ham.
Xasta yuragimga ozor bersa ham.
Mayli dardlarimni kurmasin baham.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

Dardlarim o‘zimga yetib oshadi.
Yuragim tez urib bilmam shoshadi.
Ko‘zimdan yoshlarim to‘lib toshadi.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

"Biz borku" desalar men ishonibman.
Mehribonlar borku deb quvonibman.
Endi bilsam darddan o‘zim yonibman.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

Peshonamga yana nelar bitilgan.
Armonmi? Armonku bag'rimni tilgan.
Onam edilarku qadrimni biladigan.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15.5K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  08:39
Ochish/sharhlash
2021-05-09 11:12:44
Jabroil (a.s) shunday degan ekanlar:

- Agar Alloh taolo ummonlardagi suv tomchilarni sanab kel desa, sanab kela olaman.
- Agar Alloh taolo cho‘ldagi qum zarralarini sanab kel desa, qancha qum zarrasi bo‘lsa sanab kela olaman.
- Agar Alloh daraxtda qancha barg borligini sanab kel desa, borib yer yuzida necha dona daraxt bargi borligini sanab kela olaman.

Ammo, ....

Davomini o‘qing
15.0K viewsRumiy Aforizmlari , edited  08:12
Ochish/sharhlash
2021-05-09 06:32:09 ​​9-May "Xotira va qadrlash" kuniga bag‘ishlangan hikoya

Ona Mehri (erinmasdan oxirigacha o‘qing, tinch zamonamizga shukur qilaylik)


Rahmatli otamiz Normatov Boshbek ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi bo‘lganlar. Bola edim. Otamiz odamni titratib yuboradigan bir voqeani onamizga gapirib berganlari hamon esimda.
- Vyazma yo‘nalishidagi bir chog‘roq shaharchani dushmandan ozod qildik, – deya gap boshladi otamiz. – Qahraton qish. Ikki qavatli yog‘och uylar, ko‘cha to‘la o‘liklar... Bir uyning ikkinchi qavatiga chiqsam, latta-puttalar uyumi yonida bir ayol o‘lib yotibdi. Bitta ham dushman yo‘q – qochib ketishgan shekilli. Endi o‘girilib ketmoqchi edim, o‘lik yonidagi latta uyumi qimirlaganday bo‘ldi. Ochib ko‘rsam, yo qudratingdan, tirik chaqaloq o‘lik onasini emib yotibdi!.. Derazaga yugurib borib, pastdagi hamshirani chaqirdim. Zudlik bilan hamshirayu vrachlar yetib kelishdi. Hayratlanarli joyi shundaki, murda sovuqda qotib qolgan bo‘lsa ham chaqaloq emayotgan ko‘krak yumshoq va issiq edi, ikkinchisi qotib yotibdi! Harbiy vrachlar ham hayratda: odam o‘lgandan keyin uzog‘i bilan yigirma daqiqadan so‘ng organizmdagi barcha a’zolar o‘z faoliyatini to‘xtatishi kerak-ku!.. Vrachlarning aytishicha, bu ayolning joni uzilganiga o‘n kun, bo‘lmaganda bir hafta bo‘lgan ekan!.. Hamshiralar tezda go‘dakning tagligini almashtirishdi, qaytadan yo‘rgaklab, shinelga o‘rashdi. Oradan ko‘p ham vaqt o‘tgani yo‘q, bir payt qarasak, hozirgina chaqaloq emib turgan qaynoq va yumshoq ko‘krak ham ikkinchisiga o‘xshab sovuqda qotib yotibdi. Xuddi jigargo‘shasining ishonchli qo‘llarga tushganidan xotirjam bo‘lganday... Birov gapirib berganida ikki dunyoda ham ishonmasdim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim axir... – deb otamiz hikoyasini tugatdilar.


Nima bu? Bu ne sinoat, ne moʻjizaki, ona o‘lganidan keyin ham yuragining bir parchasiga ummon qadar mehr, osmon qadar muhabbat sog‘insa! Tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydigan, tibbiyot qonunlarini tan olmaydigan ONA MEHRI oldida butun borliq ta’zimda

Sharof Boshbekov


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
19.9K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  03:32
Ochish/sharhlash
2021-05-09 05:30:30
Hasan Basriy shunday deydilar:

Bu dunyo uch kundan iboratdir:

1 Kechagi kuninga kelsak, u o‘tib bo‘ldi...

2 Ertangi kuninga kelsak, u kunga u yeta olmasligingiz mumkin...

3 Bugungi kun esa - siznikidir.
Shunday ekan amali solihlar qilishga shoshiling.

Xayrli tong qadrligim...

Sizga xayrli ishlar hamroh bo‘lsin..

O‘tmishning jarohati va muvaffaqiyatsizliklari haqida ortiqcha o‘y-fikr yuritishingiz hayotingizni juda ham g‘amgin qilib yuboradi. Shuning uchun g‘amga botish bilan lahzalarni yo‘q qilib yubormang!
Baxtli hayot kechiring!
Chunki bu kunlar hech qachon qaytib kelmaydi.


Hammasi yaxshi bo‘ladi ishoning...
Chunki siz yaxshi insonsiz...

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
16.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 02:30
Ochish/sharhlash
2021-05-09 01:32:06
Rosulullohﷺ
"Saharlikni yeyish barakadir, uni bir qultum suv ichib bo‘lsa ham tark qilmanglar. Chunki, Alloh va Uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salavot aytadi", dedilar.

Imom Ahmad rivoyati

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
5.4K views☞︎︎︎ Faqat Reklama bo‘yicha murojaat ☜︎︎︎, 22:32
Ochish/sharhlash
2021-05-08 20:00:27
Men qushman
Men mevaman
Shu o'rinda inson ham

SAVOL : Men nimaman ?
11.6K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷 , 17:00
Ochish/sharhlash
2021-05-08 20:00:01
Erkak kishi beshta narsa bilan bu dunyoda baxtli bo‘larkan

Bular qaysilar? (qizla silayam bilvolila )

JAVOBNI KO'RISH
9.6K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷 , 17:00
Ochish/sharhlash
2021-05-08 19:37:27
#Laylatul_Qadr

25-kecha...

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga Qadr kechasi haqida xabar berish uchun chiqdilar. Shunda musulmonlardan ikki kishi nizolashib qoldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga xabar bergani chiqqan edim. Ammo falonchi va pistonchi nizolashib qolishdi. Shuning uchun uni to'qqizinchi, yettinchi va beshinchida izlanglar".
Buxoriy rivoyat qilgan.

Hadisda aytilgan uch kun Ramazon oyining oxirgi uch toq kechalaridir:

- 25-kecha;

- 27-kecha;

- 29-kecha.

Bu kechalarni - undagi ibodat, tilovat, zikr, istig'for, duolarni - g'animat bilaylik...


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10.9K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  16:37
Ochish/sharhlash