Get Mystery Box with random crypto!

Dardimni Allohga aytib yig‘ladim... Mehr desam mehribonlar qo | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Dardimni Allohga aytib yig‘ladim...

Mehr desam mehribonlar qochishdi .
Mehr emas menga zahar sochishdi.
Begonalar menga quchoq ochishdi .
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

Roziman baridan ko‘nglim qolsa ham.
Xasta yuragimga ozor bersa ham.
Mayli dardlarimni kurmasin baham.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

Dardlarim o‘zimga yetib oshadi.
Yuragim tez urib bilmam shoshadi.
Ko‘zimdan yoshlarim to‘lib toshadi.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

"Biz borku" desalar men ishonibman.
Mehribonlar borku deb quvonibman.
Endi bilsam darddan o‘zim yonibman.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.

Peshonamga yana nelar bitilgan.
Armonmi? Armonku bag'rimni tilgan.
Onam edilarku qadrimni biladigan.
Dardimni Allohga aytib yig'ladim.


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi