Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 15

2023-03-30 10:46:25
#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
#Kitob_bizni_birlashtiradi



Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan quyidagi xeshteglar ostida challenge o‘tkazilishini e'lon qiladi.

#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
#Kitob_bizni_birlashtiradi

Ushbu xeshteglardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar ulashayotganingiz haqidagi rasm videolaringizni joylang va bizga @kitob_challenge ga yuboring!

Ushbu challengeni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda bolalarga mos bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat.

Birgalikda siz azizlardan bu challengeda faol ishtirok etib, farzandingiz va yaqinlaringizga dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda chop qilingan bolalar adabiyotlaridan sovgʻa qilishingizni soʻraymiz.

Bolalarga ma’naviyat ulashishda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
17.0K views07:46
Ochish/sharhlash
2023-03-29 17:45:44
#muhim_sana

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, aziz kitobxon yoshlar!

2 Aprel "Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan “Kitob- hayotni yaratuvchi murabbiydir" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirga barchangizni taklif etamiz!

Bayram tadbirida sizlar uchun Kitob yarmarkasi, ko'ngilochar teatrlashtirilgan tomoshalar, bolalar uchun zakovat o'yinlari tashkil etiladi.

2 Aprel "Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan bayram tadbiri 31 mart soat 9:00 da Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasida boʻlib o'tadi.

Joylashuv

Manzil: Namangan shahri Lutfiy ko'chasi 1-uy.
Mo'ljal: Namangan shahar Xalq banki binosi yonida.

Bolalar kutubxonasi axborot xizmati
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.0K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-03-29 11:03:35

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan atoqli oʻzbek shoiri Miraziz Aʼzam tavalludining 87 yilligi munosabati bilan "Zahmatkash ijodkor" onlayn sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Shoir o‘z ijodida bolalarning qalbi va tuyg'ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug'lashga katta ahamiyat beradi;

U turli imo-ishoralar bilan, kosa tagida nimkosa tarzida sho'ro imperiyasiga qaram buyuk xalqning og'ir hayotini tasvirlaydi, goh samimiy yumor bilan, goh og'riqli ichki izhorlar bilan timsollar yaratadi.

Ushbu she'riyat kechasida shoirning rafiqasi Qutlibeka Rahimboyeva ishtirok etib, o‘quvchilar tomonidan shoirning she'rlari o‘qildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2023-03-29 09:01:41
"FARZANDIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN"

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi o‘tkaziladi.

Ushbu kitob aksiyasini o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda bolalarga mos bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat.

Birgalikda siz azizlardan bu loyihada faol ishtirok etib, farzandingiz va yaqinlaringizga dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda chop qilingan bolalar adabiyotlaridan sovgʻa qilishingizni soʻraymiz.

Bolalarga ma’naviyat ulashishda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
5.4K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2023-03-29 08:59:30
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “60 daqiqa kitobxonlik” loyihasi orqali ijodkor va san’atkorlar hamda ilm-fan namoyandalari bilan bevosita suhbatlar davom etmoqda.

Bu galgi onlayn davra suhbatimiz bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Davra mehmoni Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri aktrisasi, ko‘plab yaratgan obrazlari orqali xalqimiz qalbidan joy olgan iqtidor egasi Muqaddas Mamadaliyeva bo‘ladi.

Onlayn uchrashuvga ulanish uchun Zoom havolasi

Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/87070118077?pwd=ZHFZMXhlUS9qV1h4aEVla21BK0xjQT09

Идентификатор конференции: 870 7011 8077
Код доступа: 641000

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.1K viewsedited  05:59
Ochish/sharhlash
2023-03-29 07:33:22


“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 1-aprel kuni soat 14:00 da “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik festivali o‘tkaziladi.

Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya etishdan iborat.

Barcha kitobxonlarni “Kitob bizni birlashtiradi” festivalida kutib qolamiz! Bu kunni biz bilan birgalikda bayramona kayfiyatda kutib oling!

Manzil: Toshkent shahar “Dream Park”.
(G‘afur G‘ulom parki)

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
4.1K viewsedited  04:33
Ochish/sharhlash
2023-03-28 15:39:26


“KITOBXONLIK FESTIVALI” ANDIJONDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

Ushbu oydagi festival Andijon viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

“Kitobxonlik festivali” 20-aprelga qadar davom etadi va festival “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
5.7K views12:39
Ochish/sharhlash
2023-03-28 13:19:00
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi va Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Uchtepa tumanidagi 296-ixtisoslashtirilgan maktabda “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan savollarga o‘z javoblarini birma-bir taqdim etishdi. Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga diplom va kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.2K views10:19
Ochish/sharhlash
2023-03-28 08:03:00
KITOB.UZ

Barcha maktab darsliklari hamda eng sara kitoblar “Kitob.uzplatformasida

Qadrli obunachilar bugungi kunda sizlar uchun “Kitob.uz” platformasida 306 ta mualliflarning 2868 ta elektron va 1000 ta audiokitoblari joylashtirilgan.

Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari hamda ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida 1-11 sinflar doirasidagi yangi nashr qilingan maktab darsliklari nusxalari ham ushbu platformadan o'rin olgan.

“Kitob.uz” platformasidan siz ham samarali foydalaning! Siz izlagan eng sara asarlar doimiy ravishda joylab borilmoqda!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
4.4K views05:03
Ochish/sharhlash
2023-03-27 08:19:25
#HAJVIY_HIKOYA

Kayfiyat uchun...

Kun mobaynida a’lo kayfiyatda bo‘lib, ishlaringiz unumdorligi oshishi uchun ushbu hajviy hikoyani sizlarga ulashamiz! Marhamat!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.2K views05:19
Ochish/sharhlash