Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 93.53K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 151

2021-12-20 14:52:56 Live stream scheduled for Dec 20 at 13:00
11:52
Ochish/sharhlash
2021-12-20 12:00:00
Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatilmoqda

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mazkur maʼlumotlar hech qanday asosga ega emasligini hamda ushbu sanalar o‘tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o‘tkazilgan sanalar ekanligini maʼlum qiladi.

Maʼlumot uchun, 2022 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadarlar attestatsiyasi rejasi:

Yanvar-fevral oylarida arizalar qabul qilinadi;

Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;

Iyun oyida sertifikatlar tarqatiladi.


Ta'lim inspeksiyasi


Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
50.6K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-12-20 09:20:07 Maktablarda bu yilgi yangi yil tadbirlarini o’tkazish tartibi rasman belgilandi

Ayni paytda yurtimizda koronavirus to’lqini pasaygan bo’lsada, ammo karantin qoidalari hamon davom etmoqda. Respublika maxsus komissiyaning joriy yilning 30-noyabrdagi 90-sonli yig‘ilish bayonida bu yil ham vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini taʼminlash hamda davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida yangi yil bayramini nishonlash bo‘yicha turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Shu munosabat bilan Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlar taʼqiqlanganligini maʼlum qildi:

Yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish;
Bayram tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig‘imlarini amalga oshirish;
Maktab foyesi va sinf xonalarni sunʼiy archa va elektr chiroqlari bilan bezash.

Umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlarga ruxsat berildi:

Istisno tariqasida faqatgina boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinf rahbari hamda ota-onalar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘z sinf xonalarida dars jarayonlariga halaqit bermagan holda bayram tadbirlarini o‘tkazishga;
Maktab foyesi va sinf xonalarni faqatgina o‘quvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatishga;
Maktab hovlisida yangi yil archasini bezashga.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
55.3K views06:20
Ochish/sharhlash
2021-12-20 06:59:58 #Savol:
30 soat darsi bor o'qituvchi xususiy maktabdan yana dars olsa bo'ladimi?

#Javob:
Siz o‘zi shundoq ham maksimal ish stavkasida ishlayapsiz ekan. Undan ortiq ishlashingiz mumkin emas.

Mehnat kodeksi 115-moddasiga ko‘ra xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

Shuni ham aytish kerakki, ushbu kodeks 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, yaʼni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglar (shu jumladan, psixolog ham) haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi 1 stavkani nazarda tutmoqda.

Ushbu kodeks 123-moddasiga hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin (115, 116, 117, 118-moddalar).

Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim.

Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra xodim bir kunda 12 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.

Siz 1.5 ishlashingizni yozgansiz. Bu bir kunda 9 soatga teng bo‘ladi. Agar siz yana uy sharoitidagi o‘quvchiga dars bermoqchi yana bir kunda 3 soatni qo‘shib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Mantiqan olganda hammasi to‘g‘ri shundaymi? 12 soatdan oshgani yo‘q.

Lekin bu yerda ish kunini ham inobatga olish kerak. Yaʼni aytaylik maktabda ish kuni 08.00dan 16.00gacha bu 1 stavka uchun. Agar 1.5 stavka bo‘ladigan bo‘lsa, Bunga yana 3 soatni qo‘shib qo‘yavering (bunday deyishimizga sabab sizning umumiy pedagogik yuklamangiz hisobga olinmoqda).

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
51.1K views03:59
Ochish/sharhlash
2021-12-20 05:05:49
Нима деб ўйлайсиз, нима учун бошланғич таълимдан кейин ўқувчиларнинг таълимга қизиқиши ёки билим савияси сусаяди?

Боланинг ўрта ва юқори синф таълимига мослашишида унга қандай ёрдам бериш лозим?

Бу борада бир қанча маслаҳатлар келтирамиз:

5-синф ўқувчисининг мактабга муваффақиятли мослашишининг биринчи шарти- унинг ҳеч бир камчилигига қарамай сўзсиз қабул қилиниши.

Болангиз хулқ-атворида Сизни нимадир хавотирлантираётган бўлса, буни иложи борича тезроқ синф раҳбари ёки психолог билан муҳокама қилишга шошилинг.

Агар оилангизда боланинг руҳиятига таъсир этган қандайдир ходиса содир бўлган бўлса, бу ҳақида синф раҳбарига хабар беринг.

Сиз фарзандларингиз билан бир кунда неча соат ва нималар ҳақида суҳбатлашасиз?

ДАВОМИНИ ЎҚИШ

Маълумот учун:
Мазкур пост Республика Ташхис маркази психологлари маслаҳатлари ёрдамида тайёрланди.


А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Telegram |Facebook |Website|YouTube
43.1K views02:05
Ochish/sharhlash
2021-12-19 09:55:01 Maktablar attestatsiyasi nima?

Maktablar attestatsiyasi — maktabning faoliyatini baholash va undagi taʼlim sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi.



Akkreditatsiya nimani anglatadi?

Akkreditatsiya — maktablar faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.

Maktablar attestatsiyasi ichki va tashqi attestatsiyadan iborat ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Ichki attestatsiya har yili maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari raisligidagi komissiya tomonidan kamida bir oy davomida o‘tkaziladi.

Tashqi attestatsiya har besh yilda bir marta tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limi mudiri raisligidagi komissiya tomonidan uch kun muddatda o‘tkaziladi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
60.8K viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash
2021-12-19 09:54:53 Diqqat Eʼlon!

Andijon, Fargʻona, Namangan OʻQITUVCHILARINI bitta guruhga birlashtirmoqchimiz, siz chetda qolib ketmang!

Bu guruh orqali darslaringizning koʻrgazmalilik darajasini oshirishingiz mumkin. Shuningdek attestatsiya savollarini yangi variantini topishingiz mumkin

Guruhning guvohnoma nomeri: 477224516

Faqat vodiylik oʻqituvchilar ulansin!
25.7K views06:54
Ochish/sharhlash
2021-12-19 07:06:57 Sertifikat uchun o‘qishni bas qilaylik

Shu paytgacha malaka toifasi uchun imtihon topshirishda malaka oshirish sertifikati talab etilar edi. Yaʼni o‘qituvchi faqat toifa imtihoniga kirishi uchun o‘z malakasini oshirib keldi. Shunday holatda ham har 5 yilda bir marta. Bu esa hozirgi shiddatli taraqqiyot zamoni talablariga umuman mos kelmaydi. Bilim bir joyda turg‘un holatda aslo to‘xtab turmaydi, aksincha mudom harakatda bo‘ladi. O‘qituvchi faqat nimagadir talab etilgani uchun malaka oshirishi ham rasmiyatchilikning bir shakliga aylanib ulgurdi. Bu o‘z-o‘zidan taʼlim sifatining ham pasayishiga olib keldi. “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” (hayoti davomida o'qish tamoyilida) tizimida sertifikat atayin hech bir manfaatga bog‘lab qo‘yilmadi, chunki ustozning o‘zlari o‘z ustilarida mustaqil izlanishlari, kimgadir shu talabni tezroq pul evaziga bajartirish uchun ehtiyoj tug‘ilmasligini taʼminlash bu yerda ko‘zlangan bosh maqsaddir. Ustozlarimiz tafakkurlarini “Endi har yili sertifikat olamanmi?” -degan tushunchadan “har yili mustaqil izlanib, yangi bilimlarni o‘zlashtiraman” degan tushunchaga o‘zgartirishlari lozim. “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida test topshiriqlarini qayta-qayta yechishingiz, toki shu yangi bilimlarni o‘zlashtirmaguningizgacha topshirish imkoniyati yaratilgan. Yana o‘z navbatida 36 soatlik o‘quv yuklamasini 365 kun davomida o‘zingizga qulay paytda tizimga kirib, malaka oshirishingiz mumkin. Endilikda har yili pedagog kadrlar o‘rtasida raqobat muhiti kuchayib boradi va bunda faqat bilimi kuchlilargina g‘olib chiqadi.

Hurmatli ustozlar! Kimgadir sertifikatni olib berishi uchun pul sarflab yurmang. Shunchaki bo'sh vaqtingizda yangi bilimlarni egallashga harakat qiling.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
69.8K viewsedited  04:06
Ochish/sharhlash
2021-12-18 14:59:58 #siz_uchun_foydali

O'quvchilarni matematikaga qanday qiziqtirish mumkin?

Ushbu postni ichki va tashqi motivatsiya texnikasi orqali o'quvchilarni matematikaga qanday qiziqtirish mumkinligi haqida tayyorladik.

Tashqi motivatsiya
O'quvchining nazoratidan tashqarida paydo bo'ladigan mukofotlarni o'z ichiga oladi. Bunga yaxshi natija uchun etirof, ramziy mukofotlar, tengdoshlar tomonidan yaxshi natijalarning tan olinishi kabilar kiradi.

Shu bilan birga, ko'pchilik o'quvchilar mavzuni tushunish (topshiriq bilan bog'liq), boshqalardan ustun bo'lish (ego bilan bog'liq) yoki boshqalarni hayratda qoldirish (jamiyat bilan bog'liq) istaklarida ichki motivatsiyani namoyish etadilar.

Ichki va tashqi motivatsiyasini oshirish strategiyalari

O'quvchilarning bilimlaridagi bo'shliqqa e'tibor bering
. Tushunish jarayonida, aynan qaysi qismda bo'shliq mavjudligini aniqlang. Buni bilish uchun berilgan topshiriqni bajarish ketma-ketligida kim qaysi bosqichda xatoga yo'l qo'yayotganiga e'tibor qiling. Bo'shliqni aniqlashtirganingizdan keyin, o'quvchi bajara olmayotgan bosqichni tanish vaziyatlarni misol keltirish bilan tushuntiring.

Mantiqiy ketma-ketlikka e'tibor qarating. Biror misol yoki masalani ishlash jarayonida bajariladigan qadamlar orasidagi mantiqiy bog'lanishni tushunish- o'quvchi uchun muhim. Ushbu uslubning avvalgisidan farqi shundaki, u o'quvchilarning bilimlarini to'ldirishga emas, balki o'quvchida shu bilimni kengaytirish uchun kuchli xohish uyg'otishga yo'naltirilgan.

Mavzuning foydali ekanligini ko'rsating. Dars boshida matematikaning amaliyotda qanchalik ko'p qo'llanilishi bilan sinfni tanishtiring. Ular bu mavzu real hayotda nechog`lik kerakligini anglay boshlashsin. Masalan, fanning turli kasblar, jumladan, arxitektura, tibbiyot, dizayn, menejment va IT sohasida muhimligini ta'kidlashingiz mumkin. Darsni boshlash uchun kirish qismini matematikaning ahamiyatiga bag'ishlang.

Xalq ta'limi vazirligi

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
38.0K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-12-18 11:59:58
#Savol:
Men “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida ro’yxatdan o’tganligimni qanday bilsam bo’ladi?

#Javob: Hurmatli ustozlar! Sizga @avloniy_onlinedu_boti orqali yuborilgan 5 ta raqamdan iborat kodni kiritganingizdan so’ng shaxsiy akkauntingiz xavfsizligi uchun 8 ta belgidan iborat parolni o’rnatasiz. Yuborish tugmasini bosganingizdan keyin sizda yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan oyna hosil bo’ladi va siz tizimda ro’yxatdan o’tgan hisoblanasiz.

Agar o’zingiz mustaqil ravishda tizimda ro’yxatdan o’tishni amalga oshirsangiz bunday savol sizda aslo tug’ilmaydi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
42.0K views08:59
Ochish/sharhlash