Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 96.50K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 152

2021-12-14 17:03:18 Live stream finished (1 hour)
14:03
Ochish/sharhlash
2021-12-14 16:00:01 Live stream started
13:00
Ochish/sharhlash
2021-12-14 15:12:35 Hurmatli ustozlar!

Bugun soat 18:00 da kanalimizda “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun kodni olish, parolni qayta tiklash, o‘qish tartibi mavzusida navbatdagi ovozli chatimiz bo‘lib o‘tadi.

Ovozli chatga ulanish: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar?livestream

Platforma to‘g‘risidagi savollaringizni bu yerda qoldiring: https://docs.google.com/document/d/1ElV4UdR-MBlv5tPJPlYReMc2oYezID2S-snPrk5Zooc/edit?usp=sharing

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
60.9K viewsedited  12:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 15:10:49 Live stream scheduled for Dec 14 at 12:59
12:10
Ochish/sharhlash
2021-12-14 14:51:56 #attestatsiya

#Savol: Assalom aleykum, men o‘tgan, 2020-yili attestatsiyada 2-toifadan mutaxassisga tushgan edim. 2022-yilda topshirsam pul to'laymanmi. Agar o‘tolmasam nima bo'ladi. Hozirda mutaxassis bo'lib qoldim.

#Javob: O‘tgan yilgi attestatsiya natijalariga ko‘ra sizning malaka toifangiz tushirilgan bo‘lsa, demak, o‘tgan yilgi attestatsiya siz uchun navbatdagi (majburiy) attestatsiya bo‘lgan.

Endi siz mazkur mutaxassis malaka toifasi bilan besh yil davomida faoliyat olib borishingiz mumkin. Shu besh yil davomida siz majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaysiz.

Lekin, siz o‘z ixtiyoringizga ko‘ra navbatdan tashqari (muddatidan ilgari) attestatsiyada ishtirok etishingiz mumkin.

Nizomning 21-bandi: Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (270 ming so'm) miqdorida yig‘im undiriladi.

P.S: Siz, 2022-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyalarda o‘z ixtiryoringizga ko‘ra qatnasha olasiz. Agar ishtirok etsangiz, bu attestatsiya siz uchun navbatdan tashqari attestatsiya hisoblanadi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
59.1K viewsedited  11:51
Ochish/sharhlash
2021-12-14 12:07:57
Assalom aleykum hurmatli ustozlar va hamkasblar!

Sizlarni bugun 14-dekabr soat 16:00 da "Umumtaʼlim maktab o‘qituvchisining kasb standartini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha" ilmiy-amaliy seminarga taklif etamiz. Seminar onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Quydagi havola orqali seminarga qo‘shilishingiz mumkin: https://us02web.zoom.us/j/87940666101?pwd=cGU5bS8zY0t2UEZRbUd5WXNIV2pUQT09

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
55.3K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2021-12-14 09:36:22
P.S: Shu kungacha ro'yxatdan o'tgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari malaka oshirish kurslarini yakunlab qo'yishlari mumkin.Yangi ro'yxatdan o'tgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari esa 2022-yil yanvar oyidan boshlab malaka oshirishni boshlaydilar. Ammo barcha fan o'qituvchilari uchun platformada ro'yxatdan o'tish davom etadi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
71.3K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:32:51 Hurmatli ustozlar!

Xabar berganimizdek, kechki vaqt soat 00:00 va 01:00 oralig'ida platformada amalga oshirilgan profilaktika ishlari muvaffaqiyatli o'tkazildi. Barcha texnik nosozliklar bartaraf etildi va platformaning ishlash quvvati yanada yaxshilandi.

Biz tushunganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
57.0K views04:32
Ochish/sharhlash
2021-12-13 19:00:00
Hurmatli ustozlar!

Bugun kechki vaqt soat 00:00 dan 01:00 gacha platformada profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan shu vaqt oralig’ida tizim faoliyati vaqtinchalik to’xtatilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur texnik to’xtalish uchun oldindan uzr so’raymiz!

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
23.7K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-12-13 17:47:00 Malaka toifasini olish uchun ish tajribasini ommalashtirish talab qilinmaydi

#Savol:
Assalomu alaykum! Men 2020 yilda Jizzax Davlat pedagogika institutini tamomlab, shu yildan boshlab Forish tumanidagi maktablarning birida boshlang‘ich sinflarda dars berib kelyapman. 2022 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyalarda o‘z xohishimga ko‘ra navbatdan tashqari ishtirok etmoqchi edim. Lekin ilmiy bo‘lim mudirining gaplariga qaraganda, "ish tajribam ommalashtirilmaganligi" sababli ishtirok eta olmas ekanman! Shu to‘g‘rimi?

#Javob:
Nizomga 5-ilova bilan tasdiqlangan baholash mezonlarining 2-bobida "Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining pedagogik mahoratini baholash quyidagi mezonlar asosida baholanishi belgilab qo‘yilgan!

a) ochiq dars o‘tganligi;

b) o‘quvchilarning o‘quv fanidan reyting ko‘rsatkichlari;

v) taʼlim berish vositalari, shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanganligi;

g) pedagog kadrlarning o‘quv-seminarlari yoki metodik birlashmalarda metodik ishlanmalar bilan ishtirok etganligi;

d) pedagog kadrlarning professional tanlovlarda ishtirok etganligi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, malaka toifasini olish uchun o‘qituvchining ish tajribasi ommalashtirilgan bo‘lishi shart emas!

Yangi tartibga ko‘ra, ko‘rsatkichlardan bir-nechtasidan baholanmasa ham, yoki “nol” ball bilan baholansa ham o‘qituvchilar malaka sinovlari natijalariga ko‘ra istalgan toifaga ega bo‘lishlari mumkin! (0+80=80 ball oliy toifa, 2+78=80 ball oliy toifa, 4+76=80 oliy toifa va hokazo)

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
34.8K views14:47
Ochish/sharhlash