Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: 30 soat darsi bor o'qituvchi xususiy maktabdan yana da | Raqamli pedagogik xizmatlar

#Savol:
30 soat darsi bor o'qituvchi xususiy maktabdan yana dars olsa bo'ladimi?

#Javob:
Siz o‘zi shundoq ham maksimal ish stavkasida ishlayapsiz ekan. Undan ortiq ishlashingiz mumkin emas.

Mehnat kodeksi 115-moddasiga ko‘ra xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

Shuni ham aytish kerakki, ushbu kodeks 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, yaʼni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglar (shu jumladan, psixolog ham) haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi 1 stavkani nazarda tutmoqda.

Ushbu kodeks 123-moddasiga hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin (115, 116, 117, 118-moddalar).

Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim.

Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra xodim bir kunda 12 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.

Siz 1.5 ishlashingizni yozgansiz. Bu bir kunda 9 soatga teng bo‘ladi. Agar siz yana uy sharoitidagi o‘quvchiga dars bermoqchi yana bir kunda 3 soatni qo‘shib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Mantiqan olganda hammasi to‘g‘ri shundaymi? 12 soatdan oshgani yo‘q.

Lekin bu yerda ish kunini ham inobatga olish kerak. Yaʼni aytaylik maktabda ish kuni 08.00dan 16.00gacha bu 1 stavka uchun. Agar 1.5 stavka bo‘ladigan bo‘lsa, Bunga yana 3 soatni qo‘shib qo‘yavering (bunday deyishimizga sabab sizning umumiy pedagogik yuklamangiz hisobga olinmoqda).

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |