Get Mystery Box with random crypto!

Sertifikat uchun o‘qishni bas qilaylik Shu paytgacha malaka t | Raqamli pedagogik xizmatlar

Sertifikat uchun o‘qishni bas qilaylik

Shu paytgacha malaka toifasi uchun imtihon topshirishda malaka oshirish sertifikati talab etilar edi. Yaʼni o‘qituvchi faqat toifa imtihoniga kirishi uchun o‘z malakasini oshirib keldi. Shunday holatda ham har 5 yilda bir marta. Bu esa hozirgi shiddatli taraqqiyot zamoni talablariga umuman mos kelmaydi. Bilim bir joyda turg‘un holatda aslo to‘xtab turmaydi, aksincha mudom harakatda bo‘ladi. O‘qituvchi faqat nimagadir talab etilgani uchun malaka oshirishi ham rasmiyatchilikning bir shakliga aylanib ulgurdi. Bu o‘z-o‘zidan taʼlim sifatining ham pasayishiga olib keldi. “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” (hayoti davomida o'qish tamoyilida) tizimida sertifikat atayin hech bir manfaatga bog‘lab qo‘yilmadi, chunki ustozning o‘zlari o‘z ustilarida mustaqil izlanishlari, kimgadir shu talabni tezroq pul evaziga bajartirish uchun ehtiyoj tug‘ilmasligini taʼminlash bu yerda ko‘zlangan bosh maqsaddir. Ustozlarimiz tafakkurlarini “Endi har yili sertifikat olamanmi?” -degan tushunchadan “har yili mustaqil izlanib, yangi bilimlarni o‘zlashtiraman” degan tushunchaga o‘zgartirishlari lozim. “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida test topshiriqlarini qayta-qayta yechishingiz, toki shu yangi bilimlarni o‘zlashtirmaguningizgacha topshirish imkoniyati yaratilgan. Yana o‘z navbatida 36 soatlik o‘quv yuklamasini 365 kun davomida o‘zingizga qulay paytda tizimga kirib, malaka oshirishingiz mumkin. Endilikda har yili pedagog kadrlar o‘rtasida raqobat muhiti kuchayib boradi va bunda faqat bilimi kuchlilargina g‘olib chiqadi.

Hurmatli ustozlar! Kimgadir sertifikatni olib berishi uchun pul sarflab yurmang. Shunchaki bo'sh vaqtingizda yangi bilimlarni egallashga harakat qiling.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |