Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 93.53K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 146

2021-12-29 17:03:26 Live stream finished (1 hour)
14:03
Ochish/sharhlash
2021-12-29 16:01:43 А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ҳамда ҳудудий малака ошириш марказлари ҳамкорлигида "Узлуксиз касбий таълим" платформасида 30 декабрь куни ташкил этиладиган онлайн курсларнинг ҳаволалари:

Курслар 08:30 да бошланади ва 12:50 га қадар давом этади

Эслатма
: 100 нафаргача фойдаланувчилар ZOOM ҳаволаси ва кейинги иштирокчилар YouTube ҳаволаси орқали курсларда иштирок этишлари мумкин.

Бугунги онлайн курсларимизда 8 мингдан зиёд устозларимиз иштирок этишди ва ўзлари учун янги, касбий фаолиятлари учун ниҳоятда фойдали илмлар билан танишдилар. Сиз ҳам иштирок этинг ва ўз билимингизни оширинг.

Тарих:
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;

Давлат ва ҳуқуқ асослари;
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;

Тарбия:
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;


Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
40.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-29 16:00:49 Live stream started
13:00
Ochish/sharhlash
2021-12-29 15:02:09 Hurmatli ustozlar!

Bugun soat 18:00 da kanalimizda “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun kodni olish, parolni qayta tiklash, o‘qish tartibi mavzusida navbatdagi ovozli chatimiz bo‘lib o‘tadi.

Ovozli chatga ulanish: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar?livestream

Platforma to‘g‘risidagi savollaringizni bu yerda qoldiring: https://docs.google.com/document/d/1ElV4UdR-MBlv5tPJPlYReMc2oYezID2S-snPrk5Zooc/edit?usp=sharing

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
39.8K views12:02
Ochish/sharhlash
2021-12-29 15:00:56 Live stream scheduled for Dec 29 at 13:00
12:00
Ochish/sharhlash
2021-12-29 10:36:33
#yana_bir_yangilik

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi respublikada eng mashhur platformalar TOP-5 ligiga kirdi

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Google orqali o‘zbekistonliklarning axborot texnologiyalari va elektron hukumatga oid qidiruv so‘rovlari tahlili o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko’ra, onlinedu.uz havolasi orqali izlangan so’rovlar umumiy reytingda to’rtinchi o’rinni egalladi.

Joriy yilning mart oyidan ishga tushurilgan platforma o’tgan to’qqiz oylik qisqa muddat oralig’ida yuqori reyting natijasini qayd etdi.

Ma’lumot uchun “supermashhurlik” natijasini qayd etgan kuchli beshlikning ro’yxati:

Birinchi o’rin – kundalik.com;
Ikkinchi o’rin – emlash.uz;
Uchinchi o’rin – dtm.uz;
To’rtinchi o’rin – onlinedu.uz;
Beshinchi o’rin – Uzbekkoders.uz

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
47.5K views07:36
Ochish/sharhlash
2021-12-29 08:30:24 #huquqiy_savodxonlik

Direktor o‘qituvchining roziligisiz dars soatlarini olib qo‘yishga haqqi yo‘q

“Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
”gi (ro‘yxat raqami № 3271) nizomga ko‘ra, sentyabr oyida o‘qituvchilarga biriktirilgan soatlardan keyin o‘qituvchining yozma roziligisiz undan olib qo‘yilishi mumkin emas.

Bu Mehnat kodeksi 89-moddasiga zid harakat hisoblanadi. Ushbu normaga muvofiq ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi, basharti bunday o‘zgarishlar xodimlar soni yoki ishlar xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan aniq bo‘lgan hollardagina haqlidir.

Shunday ekan direktor faqat yuqoridagi holatlardagina o‘qituvchiga tarif asosida biriktirilgan dars soatlarini olishga haqli bo‘ladi.

Yuqorida keltirilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari hozirga kelib uning yozma roziligisiz olib qo‘yilishi mumkin emas. Bunday vaziyat yuz bergan holda Davlat mehnat huquqi inspektoriga murojaat qilishingiz mumkin.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
48.5K views05:30
Ochish/sharhlash
2021-12-29 05:57:17


Maktab o‘quvchisi shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo‘ldi

Polsha poytaxti Varshavada o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik o‘quvchi beshkarra Jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov Yashnobod tumanidagi 152-maktabning 11-sinfda tahsil oladi.

Yangi yil arafasida bunday yangiliklar har bir yurtdoshimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi va kelgusi 2022-yil barchamizga shunday katta marralarni nasib etsin.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
58.7K views02:57
Ochish/sharhlash
2021-12-28 16:27:38 А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ҳамда ҳудудий малака ошириш марказлари ҳамкорлигида "Узлуксиз касбий таълим" платформасида 29 декабрь куни ташкил этиладиган онлайн курсларнинг ҳаволалари:

Курслар 08:30 да бошланади ва 12:50 га қадар давом этади

Эслатма
: 100 нафаргача фойдаланувчилар ZOOM ҳаволаси ва кейинги иштирокчилар YouTube ҳаволаси орқали курсларда иштирок этишлари мумкин.

Бугунги онлайн курсларимизда 5 мингдан зиёд устозларимиз иштирок этишди ва ўзлари учун янги, касбий фаолиятлари учун ниҳоятда фойдали илмлар билан танишдилар. Сиз ҳам иштирок этинг ва ўз билимингизни оширинг.

Иқтисодий билим асослари:
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;

Биология;
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;

Физика:
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;

География:
1-4 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;
5-6 cоат дарсларда ZOOM орқали иштирок этиш; Youtube орқали иштирок этиш;

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
41.3K viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2021-12-28 10:36:54 #Yangi_yil_shukuhi

Yangi yil barchamiz, ayniqsa bolajonlarimiz orzuqib kutadigan bayram hisoblanadi. Mana bugundan qishki ta’til ham boshlandi va endi ustozlarimiz ham, o’quvchilar ham uyda yangi yil tayyorgarligini ko’rishni boshlashadi. Hamma bozorga shoshgan, bir-birimizga yangi yil sovg’asini (ayniqsa kichkintoylar uchun) tayyorlashga kirishgan, yana ayollarimiz, opa-singillarimiz yangi yil bayrami dasturxoni rejasini tuzish bilan ovora bo’ladilar. Bu ,albatta, shirin tashvishlar barchamiz uchun, har holda hammamizda bayram shukuhi hukmron.

Shundan kelib chiqqan holda, ota-onalarimizga bolalari bilan yangi yil tayyorgarligini birgalikda olib borishlarini tavsiya etamiz. Bayram archasini va qadrdon uyimiz devorlarini o’ziga xos tarzda bolajonlarimiz bilan birga o’yin-kulgu tarzida bezashga alohida e’tibor berilsa , ularning bolalik xotiralarida ajoyib lavhalarni yaratgan bo’lamiz. Ulg’ayganlarida bolalik davrlarini eslashganda, ajoyib paytlar bo’lganini xursandchilik bilan yodga olishadi. Bu ulardagi madaniyat va tarbiyaning ham yaxshi tomonga rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ta’til davomida imkon qadar ko’proq bolalaringizga vaqt ajratishga, ularning o’qishi, o’zlashtirishi, darslari haqida suhbat qiling. Bu ulardagi ilmga bo’lgan shijoatlarini oshishiga sabab bo’ladi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
48.1K views07:36
Ochish/sharhlash