Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda bu yilgi yangi yil tadbirlarini o’tkazish tartibi | Raqamli pedagogik xizmatlar

Maktablarda bu yilgi yangi yil tadbirlarini o’tkazish tartibi rasman belgilandi

Ayni paytda yurtimizda koronavirus to’lqini pasaygan bo’lsada, ammo karantin qoidalari hamon davom etmoqda. Respublika maxsus komissiyaning joriy yilning 30-noyabrdagi 90-sonli yig‘ilish bayonida bu yil ham vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini taʼminlash hamda davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida yangi yil bayramini nishonlash bo‘yicha turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Shu munosabat bilan Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlar taʼqiqlanganligini maʼlum qildi:

Yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish;
Bayram tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig‘imlarini amalga oshirish;
Maktab foyesi va sinf xonalarni sunʼiy archa va elektr chiroqlari bilan bezash.

Umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlarga ruxsat berildi:

Istisno tariqasida faqatgina boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinf rahbari hamda ota-onalar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘z sinf xonalarida dars jarayonlariga halaqit bermagan holda bayram tadbirlarini o‘tkazishga;
Maktab foyesi va sinf xonalarni faqatgina o‘quvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatishga;
Maktab hovlisida yangi yil archasini bezashga.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |