Get Mystery Box with random crypto!

#siz_uchun_foydali O'quvchilarni matematikaga qanday qiziqtir | Raqamli pedagogik xizmatlar

#siz_uchun_foydali

O'quvchilarni matematikaga qanday qiziqtirish mumkin?

Ushbu postni ichki va tashqi motivatsiya texnikasi orqali o'quvchilarni matematikaga qanday qiziqtirish mumkinligi haqida tayyorladik.

Tashqi motivatsiya
O'quvchining nazoratidan tashqarida paydo bo'ladigan mukofotlarni o'z ichiga oladi. Bunga yaxshi natija uchun etirof, ramziy mukofotlar, tengdoshlar tomonidan yaxshi natijalarning tan olinishi kabilar kiradi.

Shu bilan birga, ko'pchilik o'quvchilar mavzuni tushunish (topshiriq bilan bog'liq), boshqalardan ustun bo'lish (ego bilan bog'liq) yoki boshqalarni hayratda qoldirish (jamiyat bilan bog'liq) istaklarida ichki motivatsiyani namoyish etadilar.

Ichki va tashqi motivatsiyasini oshirish strategiyalari

O'quvchilarning bilimlaridagi bo'shliqqa e'tibor bering
. Tushunish jarayonida, aynan qaysi qismda bo'shliq mavjudligini aniqlang. Buni bilish uchun berilgan topshiriqni bajarish ketma-ketligida kim qaysi bosqichda xatoga yo'l qo'yayotganiga e'tibor qiling. Bo'shliqni aniqlashtirganingizdan keyin, o'quvchi bajara olmayotgan bosqichni tanish vaziyatlarni misol keltirish bilan tushuntiring.

Mantiqiy ketma-ketlikka e'tibor qarating. Biror misol yoki masalani ishlash jarayonida bajariladigan qadamlar orasidagi mantiqiy bog'lanishni tushunish- o'quvchi uchun muhim. Ushbu uslubning avvalgisidan farqi shundaki, u o'quvchilarning bilimlarini to'ldirishga emas, balki o'quvchida shu bilimni kengaytirish uchun kuchli xohish uyg'otishga yo'naltirilgan.

Mavzuning foydali ekanligini ko'rsating. Dars boshida matematikaning amaliyotda qanchalik ko'p qo'llanilishi bilan sinfni tanishtiring. Ular bu mavzu real hayotda nechog`lik kerakligini anglay boshlashsin. Masalan, fanning turli kasblar, jumladan, arxitektura, tibbiyot, dizayn, menejment va IT sohasida muhimligini ta'kidlashingiz mumkin. Darsni boshlash uchun kirish qismini matematikaning ahamiyatiga bag'ishlang.

Xalq ta'limi vazirligi

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |