Get Mystery Box with random crypto!

#Kulgu Oxirigacha o'qing! Bir guruh turistlar timsoh fer | PSIXOLOGIYA

#Kulgu

Oxirigacha o'qing!
Bir guruh turistlar timsoh fermasini ko'rgani borishibdi. Suvni o'rtasida qayiqda turganda ferma egasi "kim suvga sakrab, qirg'oqqacha tirik etib olsa, bir million dollar beraman", debdi. Hamma jim turganmish.

Shu payt bir yigit "shalop" etib suvga tushib, shosha-pisha qirg'oqqa suza boshlabdi. Timsohlar ortidan boribdi, ammo omadi kelib, yigit sog'-salomat qirg'oqqa chiqib olibdi.

Fermer majbur bo'lib, va'da qilingan bir million dollarni beribdi.
Yigit xotini bilan mehmonxonaga qaytgach, xotiniga "yaxshi bo'ldi-yu, ammo men suvga o'zim sakramadim. Kimdir suvga turtib yubordi..", desa, xotini "o'sha men edim", deyarmish

Qissadan hissa shulkim, har bir omadli erkakni ortida katta ishlarga birinchi turtki beradigan ayoli turar emish.


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!