Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT Hayotiy energiyani ko'paytirishning Ekspress-metod | PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

Hayotiy energiyani ko'paytirishning Ekspress-metodi

(TEZ o'zingizga kelishingizga yordam beradi)

Salom qadrli do'stlarim bu metodlar rostdan ham ishlaydi, hoziroq boshlashingiz mumkin!

Energiyani ko'paytirishning ikki xil yo'li bor:

Birinchisi, uni TEJASH va ikkinchisi ISHLAB CHIQARISH(ko'paytirish)

TEJASH USULLARIDAN boshlayman:
Og'ir energetik axvoldan chiqib ketishga yordam beradi, 1-3 kun amalga oshirishingiz mumkin. Xattoki 2 soatgina qilsangiz ham effekt bo'ladi.

1. JIMJITLIK PRAKTIKASI:
Iloji boricha Gapirmaslik. (Telefon, telegramda yoki jonli.) Aynan og'zimiz orqali ko'p energiya chiqib ketadi. G'iybat yoki boshqa bekorchi gaplarga ko'p energiya ketadi. Bir kun umuman gapirmang, energiyangiz shunaqangi ko'payadi.

2. MA'LUMOT-DIETASI:
Bir ikki kun umuman hech qanday yozuv, rasm va sonlarga qaramaslik. Xattoki ko'chadagi reklamaga ham ko'zingiz tushmasin, televizor ekranigayam. Bu degani telefon va internetni ham o'chirib qo'yish. E'tibor - ichimizda. E'tibor qayerga ketsa - o'sha yerga energiya ketadi. E'tiborimiz tanamizda bo'lsa, tana go'zallashadi. Qalbimizda bo'lsa, energiyaga to'lamiz. Hamma internetdagi va ko'chadagi ma'lumotlarga ketadigan energiyangiz - o'zingizga qaytib, to'ldirishni boshlaydi. Shunaqangi mazza qilasiz, sinab ko'ring.

3. SUV BILAN BUTUN TANANI TO'YINTIRISH:
Har yarim soat yarim stakan suv ichish. Yoningizga grafinda suv tayyorlab qo'ying. Organizmni 1-2 kun suv bilan to'yintiring, xuddi so'ligan gul o'ziga kelgandek, siz ham tetik bo'lganingizga hayron qolasiz.

4. YENGIL OVQATLANISH:
Go'sht va og'ir ovqatlarni hazm qilishga ham energiya sarflaymiz. 1-3 kun yengil foydali ovqatlar yeng, yengillashib kayfiyatingiz yaxshi bo'layotganini sezasiz. Tez tez ammo foydali sabzavot va mevalar.

5. NEGATIV HAYOLLARNI HARAKAT BILAN ALMASHTIRING:
Sizga yordam beraman, eng zo'ri, uyingizni ortiqcha hamma narsadan xalos qilish ishlari bilan band bo'ling. Palienko fikricha hayotni eski va foydalanilmayotgan narsalarda xalos qilish, katta energiya bilan to'ldiradi!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!