Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ixtisosl | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o'qituvchilari taqdirlandi

Jumladan:

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

• Sharipova Muborak Mirzajonovna
— Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati.

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

• Kilichov Kodir Bobakulovich
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

• Tleuova Dilbar AbduraxmanovnaMo‘ynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

"Shuhrat" medali bilan

• Qaxorova Shahnoza Sunnatillayevna
Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;

Nazirov Xolimboy NishonovichMirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

• Sultanova Odina GʻopurovnaBekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;

Umarova Feruza AbidinovnaOlmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

Xudayorov Hamza MurtazovichGuliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;

Xudoynazarov Ilyos AbdurasulovichToshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.

Ustozlarimizni mukofotlar bilan tabriklab, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube