Get Mystery Box with random crypto!

#Xorijiy_hamkorlik “Direktorlar uchun maktablarni rivojlant | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube