Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.13K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-04-06 19:30:02
Chaqaloqlarda vezikulopustulyoz

-terining mahalliy infeksion kasalligi bo‘lib, asosida ekkrin ter bezlarining yallig‘lanishi yotadi.

Qo‘zg‘atuvchilari:
-stafilakokklar
-streptokokklar
-klebsiella
-Candida albicans

Sog‘lom bolalarda hayotining 5-7 kunidan paydo bo‘ladi. Tug‘ruqdan keyingi infekion zararlanish uchun signal hisoblanadi.

Toshma dastlab ichida rangsiz suyuqlik saqlagan pufakcha ko‘rinishida, keyinchalik esa pustula(yiringcha)ga aylanadi. 2-3 kundan keyin pustula yoriladi va qobiqcha hosil bo‘ladi.

Pediatr yoki dermatolog ko‘rigi o‘tqazilishi kerak.

Ko‘rikkacha terini furatsillin eritmasi bilan kuniga bir necha marta artish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
2.6K viewsDoctor Muxtorov, 16:30
Ochish/sharhlash
2023-04-06 18:31:18
Пишириқлар номли канал очилибди

Пишириқлар
Тортлар
Пироглар
Пончиклар
Барча рецептлар оддий ва ҳар бир уй бекаси учун керак

Албатта обуна бўлинг
https://t.me/+TqNLAi1_UIQyZjNi
3.1K viewsDoctor Muxtorov, 15:31
Ochish/sharhlash
2023-04-06 14:27:58
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:

Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.2K viewsDoctor Muxtorov, edited  11:27
Ochish/sharhlash
2023-04-04 10:07:02
Bolalar immun tizimini mustahkamlovchi vitaminlar

Vitamin D - sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.

Vitamin C - interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.

Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.2K viewsDoctor Muxtorov, 07:07
Ochish/sharhlash
2023-04-04 09:37:16
- Бу қоринмас, бу коттакон пресс деб ўзини-ўзи алдаб юрган акажонларим-укажонларим....
Ортиқча вазн ва катта қоринликдан қутилмоқчимисила?
Лекин буни самараси бўлмаяптими?
Энди буни ҳалол ва зарасиз энг асосийси самарали йўли топилди.
20 йиллик тажрибадан ўтган бу услуб қанақалигини билмоқчи бўлсела мана шу ссилкани устига босела бўлди

Батафсил бу ерда
4.0K viewsDoctor Muxtorov, 06:37
Ochish/sharhlash
2023-04-02 20:10:35
Xodunok (yurgich)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
2.2K viewsDoctor Muxtorov, 17:10
Ochish/sharhlash
2023-04-02 19:24:49
ИШГА ТАКЛИФ!

"Dilbar med" клиникаси

#Умумий врач керак ВОП

мутахассис учун алоҳида кабинет

Манзил: Олмазор райони
Зарбдор 10

Тел: +998935709100
+998974509100
3.0K viewsDoctor Muxtorov, 16:24
Ochish/sharhlash
2023-04-02 12:33:06 Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.4K viewsDoctor Muxtorov, 09:33
Ochish/sharhlash
2023-04-01 09:42:56
Chaqaloqlar nima uchun yig‘laydilar?

Och qolganida
Tagligi to‘lib qolganda
Uyqusi kelganida
Qo‘rqqanida
Sovuq qotganida
Ichak sanchig‘ida
Qulog‘i og‘riganida
Stomatit toshmalari toshganida
Nevrologik muammo borligida

Chaqaloqlar yig‘isining sababi ko‘pincha kasallik bo‘ladi. Shuning uchun uni darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.2K viewsDoctor Muxtorov, 06:42
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:42:09
Bolaga qulupnayni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

Bola 2 yoshga to‘lgandan so‘ng unga qulupnayni berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so‘ng berib ko‘ring.

Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi rezavor mevaga o‘rgatasiz.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.0K viewsDoctor Muxtorov, 13:42
Ochish/sharhlash