Get Mystery Box with random crypto!

1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik to‘g‘ri?

Bir martalik tagliklar(pampers) - bu juda qulay ayniqsa vaqtni tejaydi, lekin onajonlar undan qancha ko‘p foydalansa, bolani tuvakka o‘rgatish shunchalik qiyin bo‘ladi.

O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, pampersda bola tagini ho‘llab qo‘ysa ham, issiq, quruq va eng asosiysi unga noqulaylik tug‘dirmaydi.

Agar siz bolani ishtoncha va polzunkalarga o‘tkazsangiz, u yoqimsiz namlik holatini his qila boshlaydi va tuvakka o‘tirishni o‘rganishi ancha tez bo‘ladi.

Kaminaning tavsiyasi, 18 oylikdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatmaganingiz ma’qul. Bu bilan siz bolangizda yana bir shartli refleksni o‘z vaqtida paydo bo‘lishiga yo‘l ochib bergan bo‘lasiz.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook