Get Mystery Box with random crypto!

Chilonzordagi maktabda kaltaklangan pedagog ishi boʻyicha jino | Oʻqituvchilar uchun

Chilonzordagi maktabda kaltaklangan pedagog ishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

9-may kuni Kun.uzʻda Chilonzor tumanida joylashgan 178-maktabning oʻqituvchisi rahbarligidagi 4-sinf oʻquvchisining onasi tomonidan kaltaklangani haqidagi surishtiruv eʼlon qilingandi.

Shundan soʻng, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot bergan.

“Yetkazilgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, jabrlanuvchiga sogʻliqning qisqa muddat buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan. Tergov jarayonida barcha vajlar tekshirilib, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”,
– deydi poytaxt IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxanova.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU