Get Mystery Box with random crypto!

Javlon Jovliyevning 'Qo'rqma' asarida bosh qahramonning uchta | Panda Books

Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asarida bosh qahramonning uchta xonadoshi haqida so'z boradi: Qoravoy, Qiztaka va Telefonchi.

To'rttalasi ham xonadan chiqmasdan mudrab yotishadi. Go'yoki, komfort zonasidan chiqishdan qo'rqadigan, shuning uchun faqat uyquni tanlaydigan talabalar.

Qoravoy: uxlash va ovqatlanishdan tashqari soatlab vannada o'tirardi. Uning maqsadi oqarish. Buni men gunohga botgan, qilayotgan behuda ishlari tufayli kirlanib ketgan insonlarning poklanish uchun suvdan foydalanishiga qiyosladim. Qanchalik ko'p suvda o'tirsa, shuncha oqarishga umid qiladi. Aslida-chi? Qilingan gunohlarni, kirlarni suvga kirgancha yuvib tashlash mumkinmi?

Qiztaka: qizlardan boshqa dardi yo'q talaba. Bu ham nafsining quliga aylangan insonning ramzi. Hayotda hamma narsaga hirs ila qaraydi. Hayotining mazmuni nafsoniy hirslar. Bunday insonlar oramizda yo'qmi? Ular yuziga niqobni kiyib, o'zini oppoq ko'rsatishga urinishadi. Aslida nafsning haqiqiy qullari. Mana shu qahramon bilan nafsga qurbon bo'lmaslik darkorligini uqtirishga uringan yozuvchi.

Telefonchi: 24 soat telefonga tikilib o'tiradigan talaba. Atrofimizni o'rab olgan muhit haqida. Hozir hamma telefonga tikiladi. U ota-onasining-da telefon qilishiga jahli chiqadi. Tezroq o'chirsa-yu, tezroq o'yinini davom etsa. Asosiy maqsadi telefondagi o'yinni oxirgi marrasiga yetish. Hayotda shunaqa maqsaddan boshqasi qolmasligidan xudo saqlasin! Mudrab qolgan u. Yonib turgan ekrandan boshqa dardi yo'q. Atrofga loqayd. Muallif shu qahramon orqali ko'pchilikning yuziga oyna tutqazgandek bo'lgan.

Uchta qahramon qaysidir ma'noda atrofimizda uchraydi. Kitobni mutolaasi davomida ularni xayoldan o'tkazasiz. O'zi insof berib, to'g'ri yo'lga tushib olishini tilashdan boshqa iloj yo'q.

@marufjonblogi