Get Mystery Box with random crypto!

​​#taqriz Qo'rqmaslikni o'rganing... 'Burchim va ajalim - m | Panda Books

​​#taqriz

Qo'rqmaslikni o'rganing...

"Burchim va ajalim - millat uchun o'qimoq"

Javlon Jovlievning "Qo'rqma" asari haqida ilk bor do'stim Bookerbergning "Bookerberg View" podcasti mehmoni bo'lgan Firuz aka Allaevdan eshitgandim. U yaqin orada Asaxiy Books tomonidan o'zbek adabiyoti vakili nashrdan chiqishi va bu umuman boshqacha asar ekanligi haqida gapirib o'tgandi.

"Chiqsa, sotib olaman", - deb yurgandim, kutilmaganda yaqinda Asaxiy Books'ning o'zi menga sovg'a qilib qoldi. Bookblogerlarga bu asar sovg'a qilinishini ko'pchilik "piar" deb atagan bo'lsa-da, asar mutolaasi davomida bu unchalik ham to'g'ri emasligiga o'zingiz ham iqror bo'lasiz.

"Qo'rqma" asarini yozilish uslubi boshqa nasriy asarlardan tamoman farq qiladi. Unda she'riyatga bo'lgan intilish yaqqol seziladi. Matnlar oson o'qiladi, Tog'ay Murod romanlari kabi. Epizoddan epizodga, zamon va makon orasiga o'tishlar shunchalik kutilmagan va ta'sirliki, beixtiyor sizni o'ziga rom etadi.

Asar voqealarini spoyler qilmoqchi emasman, ammo bu asar 1920-yillarda Germaniyaga o'qishga yuborilgan 70 ta vatandoshimiz taqdiri haqida, ularing bosib o'tgan yo'li va hozirgi zamon yoshlari bilan qiyoslanishi to'g'risida. Oddiy, samimiy va xalqchil...

Kitobda ochiq yozilgan joylar bor, ammo aslo behayo emas. Asarda boshqalarga nisbatan qattiq-qattiq gapirilgan nuqtalar bor, ammo sira nafrat emas. Millat dardiga chindan kuyinish bor, lekin zinhor befarqlik emas. Asarda oldinga qo'yilgan bir maqsad uchun hayotdagi hammasidanda voz kechish bor, ammo aslo jinnilik emas!

Asar qahramoning ismini adashmasam, hech qaysi satrda o'qimadim. Bundan shuni tushundimki, asar qahramoni ayni bir inson emas, bu biz hammamiz, butun jamiyat bo'lishimiz mumkin. Kitob jamiyatimizdagi ko'plab muammolarga haqqoniy ko'zgu tutadi, ochiq va achchiq gapiradi, buyuk ammo soyada qolib ketgan tariximizni unutyotganimizdan uyalishga chaqiradi. Biz hali faxrlansak arziydigan bobolarimiz o'tganligini ta'kidlaydi.

Asar hamma uchun va shu bilan birga har birimiz uchun emas. Bu asarni eng avvalo talabalarga o'qishni tavsiya qilaman! Ularga hozirdanoq o'z oldlariga katta maqsadlar qo'yishni va bu orzularni amalga oshirish uchun qo'rqmaslikni o'rganishini tilab qolaman!

Qo'rqmaslikni o'rganing do'stlar, qo'rqmaslikni...

#qorqma #javlonjovliev

@panda_books