Get Mystery Box with random crypto!

Odamning ust-boshi, ijtimoiy kelib chiqishi yoki qo'pol qilib | Panda Books

Odamning ust-boshi, ijtimoiy kelib chiqishi yoki qo'pol qilib aytganda, faqirligi - uning intellektual darajasini belgilab bermaydi. Masalan, yaqinda men o'zi hovlibon bo'lib ishlaydigan qariya amakining qo'lida Drayzerning kitobini ko'rib qoldim. Bir chekkada tinchgina o'tirib mutolaa qilardi. Yoki bo'sh vaqtida Tolstoyni o'qiydigan bitta tungi qorovulni tanirdim.

Aytmoqchimanki, asl faqirlik - bu kitob sotib olishga qurbi yetmaslik emas. Balki kerak bo'lsa, ming dona kitob olishga imkoni bo'lsa-da, biror marta uni ochib o'qimaslik - faqirlikdir.

@panda_books