Get Mystery Box with random crypto!

#haqida 'Oq oltin' haqida Paxta suvga chanqoq ekin hisoblan | Panda Books

#haqida

"Oq oltin" haqida

Paxta suvga chanqoq ekin hisoblanadi. 1930-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab paxta ekiladigan maydonlari hajmi deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa-da, o‘shandan buyon paxta yetishtirish 3 baravar oshdi. Xuddi shu davrda ekinning suv iste'moli 6 baravar ko'paydi.

1 kg paxta yetishtirish uchun 8500 litr, 1 kg guruch ishlab chiqarish uchun 3000 l., shuncha makkajo‘xori yetishtirish uchun 1350 l. yoki shuncha bug‘doy uchun 900 litr suv talab etiladi. G‘o‘za yetishtirishdagi suv sarfi o‘simlikni sug‘orish bilan tugamaydi.

Jahon insektitsid (kimyoviy preparatlar) bozorining qariyb 24%i paxta yetishtirish uchun ishlatiladi, bu esa suv ta'minotini ifloslantiradi. G‘o‘zaga qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itning taxminan 1/5 qismi atmosfera, yer osti suvlari yoki yer usti oqimi orqali tuproqqa o'tadi. Azot nafaqat suv o'tlarining gullashi paytida baliqlarni o'ldiradi, balki mahalliy ichimlik suvini tozalash xarajatlarini ham karrasiga oshiradi.

Hali bu faqat daladagi paxta uchun. Agar gazlamalarni qayta ishlash, bo‘yash va pardozlash uchun sarflanadigan suvlarni ham hisobga oladigan bo‘lsak, atigi bir juft jinsi shim ishlab chiqarish uchun 20.000 litr suv kerak bo‘ladi, bu esa 1 kishining bir yil davomida non bilan ta'minlashga yetafigan miqdorda bug‘doy yetishtirishga yetadi.

Sofi Tanxauer, "Worn" kitobidan

@panda_books