Get Mystery Box with random crypto!

34 haftada 28 ta kitob o'qib tugatibman. Yana 2 tasini o'qiyap | Panda Books

34 haftada 28 ta kitob o'qib tugatibman. Yana 2 tasini o'qiyapman. Kitoblar orasida hajmi 400 varaqdan kattalari ham, kichikroqlari ham bor. Tezlik o'tgan yilgidan sekinroq, lekin kitoblar darajasi birmuncha yaxshiroq. (#review)

Men yilboshida 52 haftada 52 ta yaxshi kitob o'qib tugatishni o'ylagandim. Yil o'rtasiga kelib esa bu fikrimni biroz o'zgartirdim. Chunki kitobni oxirigacha o'qib tugatishim uchun u menga manzur bo'lishi, o'ylantirishi, yangi hissiyot bera olishi kerak. Hozirgacha o'qiganlarimdan shu narsalarni ola bilganman. Natijada shunchaki boshlamaganlarim, biroz o'qib tark etganlarim juda ko'p. Ularga sira achinmayman.

Bookblogimga ham imkon qadar eng manzurlarini, eng yaxshilarini chiqarishga harakat qilaman. Hamisha aytganimdek: "Dunyoda yomon kitoblar ko'p, shuning uchun faqat yaxshisini tanlash kerak".

Xullas, Panda Books'da shunday ajoyib kitoblar haqida yozishimdan faxrlanaman. O'zimga qoyil!

p.s: sovub qolgan qahvadan ichib, kichik xulosalar yozilgan post.

@panda_books