Get Mystery Box with random crypto!

#youtube_tavsiya Political correctness nima? Tasavvur qilin | Panda Books

#youtube_tavsiya

Political correctness nima?

Tasavvur qiling, siz kichkina bolasiz. Aytalik, siz otangiz bilan buvingizni ko'rishga borishingiz lozim. Shartli ravishda, otangizni An'anaviy avtoritarizm desak u tahminan shunday deydi: "Sen buvingni ko'rishga borishing shart. Sen bu haqida njma deb o'ylashing meni qiziqtirmaydi. Borishing shart, tamom!".

Endi otangiz post-modernistik non-avtokrat bo'lsa, u taxminan shunday deydi: "Buving seni qattiq yaxshi ko'rishini bilasan, lekin shunday bo'lsa ham men seni uni ko'rishga borishga majburlamayman. Sen uni o'zing mustaqil qaror qabul qilganingda bajarashing mumkin".

Faylasuf Slavok Jijek ayniqsa ikkinchi holat ko'proq totalitar ekabligini ta'kidlaydi. Chunki birinchi holatda otangiz sizni nima bo'lganda ham, borishingiz shart ekanligini ta'kidlasa, ikkinchi holatda ota farzandiga tashrif buyurishni sevishni talab qiladi.

Politcal correctness – bu eng avvalo nosamimiylik, notabiiylikdir. U asosan kimnidir shaxsiy fikrini keng ommaga, birinchi navbatda sizning shaxsiy chegarangizga majburlab tiqishtiradi. Bu o'zlarini shaxsiy fikri bo'lsa-da, majburan Black Lives Matter kabi shiorlar uchun tiz cho'kib o'yinni boshlaydigan futbol o'yinlari yoki turli jinsiy orientatsiyali insonlarni zamonaviy film va seriallarga majburan tiqishtirish ham misol bo'la oladi.

Aslida o'zimizni Bobillik do'stim ushbu videoni tavsiya qilgandi. Men ham uni sizlar bilan ulashmoqdaman. Uni ko'rib, nega hindular boshqalar ularni Native Americans termini bilan atashlaridan nafratlanishlarini ham bilib olishingiz mumkin.





@panda_books