Get Mystery Box with random crypto!

Olimpiada topshiriqlari qay tartibda bo‘lishi va baholash mezo | Fan olimpiadalari

Olimpiada topshiriqlari qay tartibda bo‘lishi va baholash mezoni bilan tanishing.

Olimpiada 2 bosqichdan iborat.
-Bosqich onlayn tarzda o'tkaziladi, @Qorakol_olimpiadasi_bot telegram botida tashkil etiladi.
Bunda, olimpiada topshiriqlari 04.09.2022 sanasida soat 9:00 da internet tarmoqlari orqali (@Qorakololimpiadasi, @olimpdep, olympiad.uzedu.uz) e'lon qilinadi.

Sinflar kesimida alohida-alohida 10 ta ochiq (javoblari yoziladigan) test va 2 ta topshiriq (yozma ish) beriladi Har bir ochiq test uchun 3 ball, har bir topshiriq uchun 10 ball beriladi. Ochiq test uchun 0 yoki 3 ball qo‘yiladi, qisman to‘g‘ri deb baholanmaydi.
Yozma ish topshiriqlari esa baholash mezoni asosida baholanadi. Topshiriqlar yechimlari va baholash mezonlari birinchi bosqich yakunlangandan so‘ng telegram kanalda e'lon qilinadi.

04.09.2022 KUNI SOAT 14:00 GA QADAR Telegram botga yechimlarning skaner qilingan yoki rasmga olingan holda jo‘natish kerak bo‘ladi. Soat 14:00 dan keyin yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi.

2022-YIL 25-SENTABRGA QADAR Internet tarmoqlari orqali (veb-sayt va telegramm kanal) NATIJALAR e'lon qilinadi

-Bosqich Oflayn tarzda Toshkent shahrida oktyabr oyida tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda 5-7 sinf o'quvchilariga har biri 2,2 ball bilan baholanadigan 10 ta ochiq test (javobi yoziladigan) va har biri 7 balldan baholanadigan 4 ta masala berilib, jami 50 ball bilan baholanadi;
8-11 sinf o'quvchilariga har biri 7 balldan baholanadigan 5 ta masala taqdim qilinib, jami 35 ball bilan baholanadi.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep