Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-01-24 16:01:24
19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI

Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etiladi.

Mazkur xalqaro olimpiada 2005-yildan boshlab, har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib kelinmoqda va joriy yil Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1200 nafar o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etishlari kutilmoqda.

Bu yil 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi 2-3 fevral kunlari bo’lib o’tadi. Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun mamlakatimizdan jami 95 nafar o’quvchilar ro’yxatdan o’tgan.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
28.1K views:), 13:01
Ochish/sharhlash
2023-01-14 06:23:18
Муқаддас қасамёдига ҳамиша содиқ бўлиб, хизмат бурчини ерда ҳам, кўкда ҳам шараф билан адо этаётган баҳодир ва довюрак ҳарбийларимизга Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

С 31-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины вас, храбрые наши воины, верные священной присяге, с честью выполняющие свой долг на суше и в воздушном пространстве!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
6.2K views:), 03:23
Ochish/sharhlash
2023-01-14 06:23:18
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 31-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
4.5K views:), 03:23
Ochish/sharhlash
2023-01-11 09:00:00
O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI

Biologiya fanidan hududlarga ko'ra jamoaning o‘rtacha bali bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta hudud:
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Xorazm viloyati

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.0K views:), 06:00
Ochish/sharhlash
2023-01-11 07:26:24
O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI

Kimyo fanidan hududlarga ko'ra jamoaning o‘rtacha bali bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta hudud:
Toshkent viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
9.1K views:), 04:26
Ochish/sharhlash
2023-01-10 15:59:16
O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI

Fizika fanidan hududlarga ko'ra jamoaning o‘rtacha bali bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta hudud:
Xorazm viloyati
Sirdaryo viloyati
Samarqand viloyati

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
10.1K views:), 12:59
Ochish/sharhlash
2023-01-10 15:17:40
O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI

Matematika fanidan hududlarga ko'ra jamoaning o‘rtacha bali bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta hudud:
Buxoro viloyati
Navoiy viloyati
Sirdaryo viloyati

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
11.5K views:), 12:17
Ochish/sharhlash
2023-01-09 13:10:41 Ta'til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan onlayn olimpiadalar davom etadi.

Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan ta'til kunlaridan unumli foydalanishlari va o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari uchun onlayn olimpiadalar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!
https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Onlayn olimpiadalar 2023-yil 15-yanvar soat 24:00 ga qadar davom etadi.

Ishtirokchilar o‘z natijalari hamda sertifikatlarini 17-yanvar kuni tizimdan ko‘rib yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
207.8K views:), 10:10
Ochish/sharhlash
2023-01-09 09:11:29 Shuhrat aka Ismoilov 1999-2000 yillar Matematika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rahbari o‘rinbosari(Deputy Lider) va 2006-2018 yillar esa terma jamoa rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Ustoz Trener o‘qituvchilar, iqtidorli o‘quvchi yoshlar bilan doimiy fikr mulohazalar almashib, kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashadigan, yoshlarning yutuqlari va muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlaydigan, tinimsiz izlanishda bo‘ladigan juda samimiy va ochiq inson edi.

Matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda O‘zbekistonlik yoshlarning ilk medallarga sazovor bo‘lishida va keyinchalik ham juda ko‘plab muvaffaqiyatlarda Ustoz Shuhrat aka Ismoilovning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Ustoz faoliyati davomida Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) terma jamoamiz a’zolari bilan birgalikda 8 ta kumush va 22 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Qolaversa, o‘smirlar o‘rtasida Xalaro matematika musobaqasi(IMC)ning O‘zbekistondagi koordinatori bo‘lib, mazkur olimpiadada ham terma jamoa a’zolari bilan juda katta natijalarga erishgan.

Ustoz ko‘plab darslik va iqtidorli o‘quvchilar uchun qo‘llanmalar, olimpiadalarga tayorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyotlar va bir nechta maqolalar muallifi.
Faylasuflardan biri aytganidek, Vafotingizdan keyin ham yashamoqchi bo‘lsangiz,
yo o‘qishga arziydigan narsalar yozing, yo yozishga arziydigan hayotni yashang!

Shuhrat Ismoilov har ikkisini ham bajargan olim va ajoyib inson edi.
Oxiratingiz obod bo‘lsin!
18.4K views:), edited  06:11
Ochish/sharhlash
2023-01-09 09:11:19
14.8K views:), 06:11
Ochish/sharhlash