Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.24K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-05-08 12:19:31 Minimal kirish ballari oshiriladi.

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

75.6 balldan kam ball olgan abituriyent kvota to'lmasa ham o'qishga tavsiya etilmagan hisoblanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.2K viewsedited  09:19
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:17:46 Taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
15.4K viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2024-05-07 07:37:57
Toshkent texnologiyalar universiteti sud ishi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Sud hujjatlariga ko'ra, TTU taftish tartibidagi shikoyatini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazish rad etilgan.

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6p2Ht0NvxW/?igsh=MXBmazhqbzd5cHZ2ZA==

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.9K views04:37
Ochish/sharhlash
2024-05-06 20:40:57 Endi davlat granti har yili qayta taqsimlanadi

Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Yangi tartibga koʻra, muayyan bir yoʻnalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball toʻplagan abituriyent, tanlagan oliy taʼlim muassasasidan qatʼi nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
14.1K views17:40
Ochish/sharhlash
2024-05-06 14:34:45 9-may munosabati bilan necha kun dam olinadi?

Bu yil Xotira va qadrlash kunida o‘zbekistonliklar faqat bir kun dam oladi. Bayram kuni — 9 may, payshanba.

Prezident farmoniga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. 10 may, juma — barcha xodimlar uchun ish kuni.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.5K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2024-05-06 09:48:36 TTU talabalari endi nima qiladi?

Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM ma’muriyatining o‘zi talabalariga ma’lum qilgani haqida xabarlar ortidan Xushnudbek quyidagilarni yozmoqda.

1. Ayni hozir, ya’ni may oyida davlat OTMlariga ko‘chirish imkoni yo‘q. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida bo‘ladigan testlar orqaligina ko‘chirish mumkin. TTU talabalari uchun biror istisno qilinmaydi;

2. Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham o‘zgarmasa kerak. O‘tgan yilgidek qolishi kutilmoqda. TTU talabalari uchun istisno tarzda ballni kamaytirish rejalashtirilmayapti, bundan umid qilmasa ham bo‘ladi;

3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMlardan biriga ko‘chirish mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan tashqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak bo‘ladi;

4. Yurisprudensiya yo‘nalishidagilar o‘qishini xuddi shunday yo‘nalishi bor yagona nodavlat OTM — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga ko‘chirishlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan shartlar bajarilishi kerak;

5. Agar yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar uchun joy yetarli emasligi uchun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qilish rad etilsa, unda vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi;

6. Har qanday vaziyatda ham Oliy ta’lim vazirligi bironta talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.0K views06:48
Ochish/sharhlash
2024-05-05 17:43:32
#murojaat

Yana o'sha AKFA mojarosi

Central Asian University (sobiq Akfa) yurisprudensiya yo'nalishiga litsenziya olmay turib abituriyentlarni qabul qilgan. Bechora ota-onalar bo'lsa farzandlarini ikkinchi kurs deb o'ylashmoqda. Bunga universitet vakillar yetarlicha ishontira olishgan ko'rinadi.

Aslida masala qanday? – Litsenziyada mavjud bo'lmagan yo'nalishda tahsil berish qonunchilikni qo'pol buzilishi hisoblanadi va aynan shunday holatlar litsenziyani bekor qilinishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasining Taʼlim to‘g‘risidagi Qonunning 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Hozirda o'zini ikkinchi kurs deb o'ylayotgan fuqarolar aslida abituriyent hisoblanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.8K viewsedited  14:43
Ochish/sharhlash
2024-05-05 14:56:21 Rasman: o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin.

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6le0x8Mt7q/?igsh=MWd6cDZzZzE0djRqdw==

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.5K viewsedited  11:56
Ochish/sharhlash
2024-05-05 10:28:26
Yana bir xususiy oliygoh yopilgan bo'lishi mumkin!

Xabaringiz bor, "Toshkent texnologiyalar universiteti TTU" MCHJ litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sud jarayonlari bo'lib o'tayotgan edi. TTU talabasining bizga yozishicha ularga "O'z o'qishlaringizni boshqa OTMlarga ko'chirishinglar mumkin, biz yopildik" deya ma'lumot berilgan.

Sud qarori bilan tanishganimizdan so'ng tafsilotlarga to'xtalib o'tamiz.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.5K views07:28
Ochish/sharhlash
2024-05-04 19:41:43
5 yil staji bor oʻrta maxsus darajadagi xotin-qizlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.9K views16:41
Ochish/sharhlash