Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-03-21 15:26:06 #nodavlat_texnikum

Diplomi O‘zbekistonda tan  olinadigan texnikumlar nechta?

Bugungi kunda 30 ta nodavlat texnikum professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 30 ta professional taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan ta'lim hujjatlari Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.0K views12:26
Ochish/sharhlash
2024-03-19 10:47:17 Ta'lim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Ayni vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

HAMKORBANK – 1256
IPAK YOʻLI BANKI – 1296
BRB –1254
MKBANK – 1285
TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
25.5K viewsedited  07:47
Ochish/sharhlash
2024-03-17 14:32:01 "Ochisleniya" bo'lgan talabalar ham o'qishini ko'chirishi mumkin!

Ayni vaqtda xorijda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o'z vaqtida to'lov-kontrakt pulini to'lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'qishdan chetlatilgan. Ushbu toifadagi talabalar ham o'qishini davlat OTMlariga ko'chirishi mumkinmi?

Buning uchun o'qigan davri ko'rsatilgan transkripti (yoki akademik ma'lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to'g'risida buyruq kerak bo'ladi. Ushbu hujjatni o'qishni ko'chirish arizasiga ilova qiladi hamda imtihonlarda bemalol qatnashishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo’q!

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o'qishdan chetlatilgan talabalar ham bemalol Respublikadagi davlat oliygohlariga o'qishini ko'chirishi mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
16.7K viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash
2024-03-16 12:43:01 Manbalarga ko'ra, hozirgi vaqtda maxsus ishchi guruh tomonidan bir nechta xususiy oliygohlar faoliyati o'rganilmoqda. Jumladan, ta'lim sifati, korrupsiya, moddiy-texnik baza, talabalar soniga kvadratura mutanosibligi va boshqa jihatlar ko'rib chiqiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.5K views09:43
Ochish/sharhlash
2024-03-15 20:44:42 Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar haqida ovozli chatning to'liq audiosi.

Chatda bir nechta aktual mavzularda suhbat bo'lib o'tdi.

Spiker: Bektosh Khatamov

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
19.7K viewsedited  17:44
Ochish/sharhlash
2024-03-15 20:23:07 Ovozli chatda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

Savollaringizga batafsil javob bergan huquqshunos Bektosh Khatamov sahifasiga @bektoshkhatamov obuna bo'lishingiz mumkin.

«Nodavlat oliy ta’lim muassasalari»
12.9K viewsedited  17:23
Ochish/sharhlash
2024-03-15 19:04:58 Ovozli chat boshlandi...

Havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollaringizni izohda qoldiring!
16.5K views16:04
Ochish/sharhlash
2024-03-15 10:31:50 Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari (ish haftasidan qat'iy nazar)

21-mart - Navro‘z bayrami;
22-mart - qo‘shimcha dam olish kuni;
23-mart - dam olish kuni; (6 kunliklarga qo‘shimcha)
24-mart - dam olish kuni;

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
20.3K views07:31
Ochish/sharhlash
2024-03-15 09:26:10
#Ovozli_chat

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar haqida ovozli chat!

Bugun 15-mart bugun 21:00 da «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» sahifasida ovozli chat o‘tkaziladi.

Unda Profi University asoschisi hamda huquqshunos Bektosh Khatamov ishtirok etadi. Suhbatimiz quyidagi mavzularda bo'lib o'tadi:

litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar;
nodavlat oliygohlarning kelajagi;
sud jarayonlari haqida gaplashamiz.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Mavzu yuzasidan savollaringizni murojaatlar boti (@nodavlatbot) yoki izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.3K views06:26
Ochish/sharhlash
2024-03-12 17:31:23
Toshkent texnologiyalar universiteti sud ishi

Iqtisodiy ishlar bo'yicha Toshkent shahar sudi taftish instansiyasi suding 2024-yil 11-martdagi qaroriga ko'ra, "Toshkent texnologiyalar universiteti ttu" MCHJning Iqtisodiy ishlar bo'yicha Toshkent tumanlararo sudining, Iqtisodiy ishlar bo'yicha Toshkent shahar sudi apellatsiya instansiyasi qarorlari ustidan bergan shikoyati qisman qanoatlantirilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, taraflar ushbu qaror ustidan Oliy sud iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga qayta taftish tartibida shikoyat keltirishlari mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
17.2K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash