Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-04-04 22:18:30 Aytishlaricha, ta'limda ikkita yaxshi yangilik bo'lishi kutilmoqda

. Magistratura va doktorantura uchun til bilish sertifikatlari talab qilinishi bekor qilinishi mumkin.

. O'qishni ko'chirish bo'yicha talabgorlarga bir nechta yengilliklar berilishi kutilmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
19.4K viewsedited  19:18
Ochish/sharhlash
2024-04-04 09:54:15 Aytishlaricha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining lavozimdan olingan ikki nafar oʻrinbosar oʻrniga KABMINdan Daliyev Shoxrux va Administratsiyadan Maxkamov Otabek tayinlandi. @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
15.9K views06:54
Ochish/sharhlash
2024-04-03 17:19:32
Litsenziyasi bekor qilingan va sud jarayonlari davom etayotgan oliygohlar ro'yxati

2024-yil 3-aprel holatiga ko'ra, 3 ta nodavlat ta'lim tashkiloti litsenziya tegishli tartibda bekor qilingan va talabalar boshqa oliy ta'lim muassasalariga ko'chirilgan.

Ayni vaqt yana 3 ta nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining sud jarayoni davom etmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
19.1K viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2024-04-03 12:51:44 ​​Ayni vaqtda imtiyozli ta'lim krediti ajratayotgan banklar

ORIENT FINANS BANK – (4004)
TURONBANK – (1220)
ALOQABANK – (71-2307777)

Kredit shartlari:
Foizi-14% (xotin-qizlarga foizsiz)
Muddati-o'qish davri+7.5 yil
Miqdori-shartnomaga asosan
Imtiyozli davri-o'qish davri+6 oy

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
28.7K viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2024-04-03 12:38:02 Rasman: ba’zi maktablarda fanlar chet tilida o‘qitiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekistondagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi;

matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.2K viewsedited  09:38
Ochish/sharhlash
2024-04-03 12:06:09
Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Talabgorlar 2024-yil 15-martdan 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor

+998555068888, +998555208888
@umft_support
umft.uz

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube | Linkedin

Lokatsiya
16.1K views09:06
Ochish/sharhlash
2024-04-03 11:57:27 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich hamda vazir o'rinbosari Turdiqulova Shaxloxon O'tkirovna lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda. @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy…
15.6K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2024-04-03 11:54:43 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich hamda vazir o'rinbosari Turdiqulova Shaxloxon O'tkirovna lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.0K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash
2024-03-28 17:12:45
Oliy ta'lim vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo'yicha yangi reyting e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topilgan bo'lsa, Yoshlar ishlari agentligi 12-o'rinni qayd etdi.

Yuqoridagi ro'yxatda tizimda korrupsiya yuqori bo'lgan TOP-15 ta davlat organlari va tashkilotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
14.9K views14:12
Ochish/sharhlash
2024-03-25 07:31:32
Nodavlat oliygoh litsenziyasini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Konsaltinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini tekshirishingiz mumkin.

Eng afzal yo‘li – license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.0K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash