Get Mystery Box with random crypto!

#murojaat Yana o'sha AKFA mojarosi Central Asian University | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

#murojaat

Yana o'sha AKFA mojarosi

Central Asian University (sobiq Akfa) yurisprudensiya yo'nalishiga litsenziya olmay turib abituriyentlarni qabul qilgan. Bechora ota-onalar bo'lsa farzandlarini ikkinchi kurs deb o'ylashmoqda. Bunga universitet vakillar yetarlicha ishontira olishgan ko'rinadi.

Aslida masala qanday? – Litsenziyada mavjud bo'lmagan yo'nalishda tahsil berish qonunchilikni qo'pol buzilishi hisoblanadi va aynan shunday holatlar litsenziyani bekor qilinishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasining Taʼlim to‘g‘risidagi Qonunning 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Hozirda o'zini ikkinchi kurs deb o'ylayotgan fuqarolar aslida abituriyent hisoblanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!