Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-04-11 22:10:02
Namangan viloyatida joylashgan OTMlar ro'yxati

Bugungi kunda Namangan viloyatida 10 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat ko'rsatmoqda. Bunda, 6 ta davlat, 4 ta nodavlat oliygoh faoliyat olib bormoqda.

Boshqa viloyatdagi OTMlar: @EDU_STAT_BOT

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
13.7K viewsedited  19:10
Ochish/sharhlash
2024-04-11 22:02:34
Farg'ona viloyatida joylashgan OTMlar ro'yxati

Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 13 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat ko'rsatmoqda. Bunda, 9 ta davlat, 3 ta nodavlat, 1 ta xorijiy OTM filiali faoliyat olib bormoqda.

Boshqa viloyatdagi OTMlar: @EDU_STAT_BOT

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
13.0K viewsedited  19:02
Ochish/sharhlash
2024-04-11 21:49:45
Andijon viloyatida joylashgan OTMlar ro'yxati

Bugungi kunda Andijon viloyatida 10 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat ko'rsatmoqda. Bunda, 7 ta davlat, 1 ta nodavlat, 2 ta xorijiy OTM filiali faoliyat olib bormoqda.

Boshqa viloyatdagi OTMlar: @EDU_STAT_BOT

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
13.7K viewsedited  18:49
Ochish/sharhlash
2024-04-09 20:07:07
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Hammamizga ayonki, islom dini – tinchlik, ezgulik va insonparvarlik dinidir. Muqaddas kitoblarimizda “Tinchlik-omonlik, oʻzaro doʻstlik va ahillikka intilib yashash – chin moʻminga xos fazilatdir”, deb taʼkidlangani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ilohim, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin.

Yaratganimizning oʻzi el-yurtimizni panohida asrasin. Ramazon hayiti barchamizga muborak boʻlsin! — Shavkat Mirziyoyev

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
13.7K views17:07
Ochish/sharhlash
2024-04-08 19:15:12
Hayit namozi vaqtlari:

1. Andijon viloyati 06:00
2. Namangan viloyati 06:00
3. Fargʻona viloyati 06:00
4. Toshkent viloyati 06:10
5. Toshkent shahri 06:10
6. Sirdaryo viloyati 06:10
7. Jizzax viloyati 06:15
8. Samarqand viloyati 06:20
9. Surxondaryo viloyati 06:25
10. Qashqadaryo viloyati 06:30
11. Navoiy viloyati 06:30
12. Buxoro viloyati 06:30
13. Xorazm viloyati 06:50
14. Qoraqalpogʻiston
Respublikasi 06:50


@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
23.7K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2024-04-08 17:35:17 Nodavlat OTMlar ro'yxatida ayrim oliygohlar yo'qligi yuzasidan!

Ayni vaqtda 3 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlik o'rtasida sud jarayonlari bo'lib o'tmoqda, shu sababli vazirlik ro'yxatdan ushbu oliygohlarni olib tashlagan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
23.9K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:45:31 10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Shu munosabat bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo'ladi:

10 aprel Chorshanba (Hayit kuni)
11 aprel Payshanba(dam olish kuni)
12 aprel Juma dam olish kuni

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
20.3K viewsedited  07:45
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:25:28
O'zbekistonda nechta nodavlat oliygoh bor?

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 114 ta davlat, 69 ta nodavlat, 26 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi mavjud.

To'liq ro'yxat bilan quyidagi bot orqali tanishishingiz mumkin: @STAT_EDU_BOT
57.9K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash
2024-04-06 07:10:43 Davlat OTMlari xususiy OTMlarga qoʻyilgan talablarga javob bera oladimi?

Ochiq maʼlumotlardan qisman javob olish mumkin.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy saytiga koʻra, 2023-yil holatiga barcha OTMlarida bakalavriatda 943 ming, magistraturada 25 nafar, jami 968 ming nafar talaba taʼlim olgan. Professor oʻqituvchilarning umumiy soni 34 539 nafarni tashkil qiladi. Bu 28 nafar talabaga bitta oʻqituvchi degani. Xususiy OTMlarga esa 12-16 nafar talabaga 1 shtat birligi boʻlishi shart qilib qoʻyilgan. Demak 2023-yilda barcha OTMlaridagi oʻrtacha miqdor xususiy OTM uchun belgilangan shartni bajara olmaydigan holatda boʻlgan.

Barcha OTMlarning oʻquv binolari quvvati 395 433 nafar talabaga moʻljallangan, jami talabalar soniga nisbatan 2,45 baravar ortib ketgan. Xususiy OTMlar uchun ikki baravardan ortib ketmasligi belgilangan. Demak 2023-yilda barcha OTMlaridagi oʻrtacha miqdor xususiy OTM uchun belgilangan shartni bajara olmaydigan holatda boʻlgan.

Ayrim davlat OTMlari misolida ham oʻrganib koʻrish mumkin.

Namangan davlat universitetida 01.05.2023-yil holatiga 28 547 nafar talabaga asosiy shtatda 735 nafar professor-oʻqituvchilar dars bergan. 38,84 nafar talabaga bitta oʻqituvchi toʻgʻri keladi. Demak NamDU xususiy OTMlar uchun belgilangan 12-16 nafar talabaga 1 shtat birligi boʻlishi kerakligi haqidagi talabni bajara olmagan.

Ilmiy salohiyat 33,5 foiz boʻlib, xususiy OTMlarning bakalavriatiga 35 %, magistratura bosqichiga 60 % ilmiy daraja boʻlishi kerakligi haqidagi shartini ham bajara olmagan.

Oʻquv binolari quvvati 28 547 nafar talabaga 8 787 talaba oʻquv quvvatiga ega boʻlib, jami talabalar soniga nisbatan 3,25 baravar ortib ketgan. Demak xususiy OTMlar uchun belgilangan 2 baravardan ortib ketmaslik haqidagi shartni ham bajara olmagan.

Taʼlim oluvchilar turar joyi 1 594 ta oʻrin quvvatiga ega boʻlgani holda 18 nafar talabaga bitta turar joy toʻgʻri kelgan. Demak 2023-yilda NamDU viloyatlarda har 10 nafar talabaga bitta turar joy boʻlishi haqidagi xususiy OTMlar uchun belgilangan talabni ham bajara olmagan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2023-yil 1-yarim yillik holatiga 24 338 nafar talabaga 790 nafar professor-oʻqituvchilar dars bergan, 30,8 nafar talabaga bitta oʻqituvchi toʻgʻri keladi. Demak TDPU xususiy OTMlar uchun belgilangan 12-16 nafar talabaga 1 shtat birligi boʻlishi kerakligi haqidagi talabni bajara olmagan.

TDPUda ilmiy salohiyat 52 foiz boʻlib, xususiy OTMlarning bakalavriatiga 35 %, magistratura bosqichiga 60 % ilmiy daraja boʻlishi kerakligi haqidagi shartini bajarishi mumkin boʻlgan.

Oʻquv binolari quvvati 24 338 nafar talabaga 7 288 talaba oʻquv quvvatiga ega boʻlib, jami talabalar soniga nisbatan 3,34 baravar ortib ketgan. Demak xususiy OTMlar uchun belgilangan 2 baravardan ortib ketmasligi haqidagi shartni TDPU bajara olmagan.

Taʼlim oluvchilar turar joyi 2 151 ta oʻrin quvvatiga ega boʻlgani holda 11,3 nafar talabaga bitta turar joy toʻgʻri kelgan. Demak TDPU Toshkent shahrida har 5 nafar talabaga bitta turar joy boʻlishi haqidagi xususiy OTMlar uchun belgilangan talabni ham bajara olmagan.

Davlat OTMlariga nisbatan xususiy OTMlarga qoʻyilgan talablar qoʻllanilmaydi. Shuning uchun bu holatlar davlat OTMlari faoliyatiga hech qanday salbiy taʼsir qilmaydi. Chunki Konstitutsiyaga zid tarzda davlat OTMlari xususiylarga nisbatan kuchliroq himoyalangan.

Achinarlisi, 2023-yilda davlat OTMlari ham bajara olmaydigan talablarni bajara olmadi degan vaj bilan bir nechta xususiy OTMlarning litsenziyasi kamchilikni bartaraf qilish uchun vaqt ham bermasdan bekor qilindi.

Advokat Xayrullo Qosimov

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.8K views04:10
Ochish/sharhlash
2024-04-05 21:26:00
Nodavlat oliy yuridik ta'limga qachon ruxsat beriladi?

– Central Asian University (sobiq AKFA universiteti) talabalari vazirlikdan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi uchun litsenziya berishni so‘ramoqda

Batafsil maqola: https://bit.ly/3VU6bZU

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
15.6K viewsedited  18:26
Ochish/sharhlash