Get Mystery Box with random crypto!

TTU talabalari endi nima qiladi? Toshkent texnologiyalar univ | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

TTU talabalari endi nima qiladi?

Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM ma’muriyatining o‘zi talabalariga ma’lum qilgani haqida xabarlar ortidan Xushnudbek quyidagilarni yozmoqda.

1. Ayni hozir, ya’ni may oyida davlat OTMlariga ko‘chirish imkoni yo‘q. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida bo‘ladigan testlar orqaligina ko‘chirish mumkin. TTU talabalari uchun biror istisno qilinmaydi;

2. Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham o‘zgarmasa kerak. O‘tgan yilgidek qolishi kutilmoqda. TTU talabalari uchun istisno tarzda ballni kamaytirish rejalashtirilmayapti, bundan umid qilmasa ham bo‘ladi;

3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMlardan biriga ko‘chirish mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan tashqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak bo‘ladi;

4. Yurisprudensiya yo‘nalishidagilar o‘qishini xuddi shunday yo‘nalishi bor yagona nodavlat OTM — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga ko‘chirishlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan shartlar bajarilishi kerak;

5. Agar yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar uchun joy yetarli emasligi uchun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qilish rad etilsa, unda vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi;

6. Har qanday vaziyatda ham Oliy ta’lim vazirligi bironta talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!