Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-03-11 21:02:49 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
19.3K viewsedited  18:02
Ochish/sharhlash
2024-03-09 12:53:38 #rasmiy_xabar

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalari o‘qishi ko‘chirildi

Namangan xalqaro universitetining 6041 nafar va Urganch shahridagi Binari universitetining 173 nafar talabasining arizasiga ko‘ra tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarning ro‘yxatlari tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘llandi.

Talabalar o‘z tanlovlariga ko‘ra ariza topshirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11-mart sanasidan o‘qishlarini rasman boshlashlari mumkin.

Tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarning o‘qishini belgilangan tartibda boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq “Valley innovative university”ning talabalari ham tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga o‘tkazilgan edi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.2K viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2024-03-09 11:00:33 Litsenziyasi bekor qilingan universitetlar bo'yicha mutaxassis ishtirokida ovozli chat o'tkazmoqchimiz. Qiziqtirgan savollaringizni shu postni izohi yoki @nodavlatbot manziliga yuboring.

Kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beramiz.


@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.6K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2024-03-07 20:20:48 Biznesni rivojlantirish banki ham ta'lim krediti ajratishni boshladi

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi

Batafsil: https://brb.uz/credits/show/50

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
17.1K views17:20
Ochish/sharhlash
2024-03-07 15:29:25
Litsenziyaga ega bo'lmagan oliygohlardan ehtiyot bo'ling – vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalqlar do‘stligi universiteti (“Universitet drujbi narodov” MChJ) nomi ostida 2023/2024-o‘quv yili qabuli davom etayotganligi to‘g‘risida yolg‘on (fake) e’lonlar tarqalmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar hech qanday asosga emasligini bildirib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolgʻon, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi.

Shu o‘rinda, “Universitet drujbi narodov” MChJ (“Xalqlar do‘stligi universiteti”) oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tasdiqlangan litsenziyaga ega emasligi hamda litsenziya olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Litsenziya” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda biron marotaba ham ariza bilan murojaat qilmaganligini ma’lum qilamiz.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
12.9K views12:29
Ochish/sharhlash
2024-03-06 20:30:00 ​​Namangan viloyat sudining xabar berishicha, Ayni vaqtda “NAMXU OTM” MCHJ tomonidan taftish tartibida shikoyat keltirilgan. Ushbu shikoyat belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oliy sudga yuborilgan.

Demak, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hali sud jarayonlari yakunlanmay turib Namangandagi universitetni yopib, talabalarni boshqa oliygohlarga tarqatib yuboryapti.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
15.5K viewsedited  17:30
Ochish/sharhlash
2024-03-06 10:11:20 Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
21.0K views07:11
Ochish/sharhlash
2024-03-05 19:29:09 Ovozli chatda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

Navbatdagi ovozli chat ta'lim krediti mavzusida bir necha kundan so'ng bo'lib o'tadi, batafsil ma'lumotlar kanalda berib boriladi.

Savollaringizga huquqiy asosda javob bergan mutaxassisning foydali loyihasiga @Talimgaoid_perevod obuna bo'lishingiz mumkin.

«Nodavlat oliy ta’lim muassasalari»
18.4K viewsedited  16:29
Ochish/sharhlash
2024-03-05 18:33:44 Ovozli chat boshlandi...

Havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollaringizni izohda qoldiring!
13.1K views15:33
Ochish/sharhlash
2024-03-05 14:25:56
#Ovozli_chat

O'qishni ko'chirish mavzusida ovozli chat

2024-yil 5-mart bugun 20:30 da «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» sahifasida ovozli chat o‘tkaziladi.

Unda Ta'limga oid (Perevod) ijtimoiy loyiha muallifi ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi. Jumladan;

xususiy OTMdan davlat OTMlariga;
xususiy OTMdan xususiy OTMga;
xorijiy OTMdan xususiy OTMga;
davlat OTMlaridan xususiy OTMga ko'chirish va boshqa masalalar yuzasidan suhbat bo'lib o'tadi.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Mavzu yuzasidan savollaringizni murojaatlar boti (@nodavlatbot) yoki izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.1K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash