Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-03-01 12:32:05 ​​​​ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezonlari bu yil qanday bo'ladi?

O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 15-20-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2023/2024 oʻquv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

— Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi.
Batafsil ma'lumot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
15.3K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2024-03-01 12:01:45
Farg’onada shahridagi tibbiyot texnikumiga qo’shimcha qabul boshlandi!

Tibbiyot oliygohlariga
2-kursdan o’qish imkoniyati;
Germaniyada ishlash imkoniyati;
Britaniyada ishlash imkoniyati;
2-kurs yakunida haydovchilik guvohnomasi;
Styuardessa bo’lib ishlash imkoniyati;
Kosmetolog bo’lish imkoniyati.

Hoziroq o’qishni boshlang, 2024-2025-o’quv yilida 2-kursdan davom ettirasiz

Litsenziya №217206

Murojaat uchun:
+99873-200-00-88
@stt_admin

Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
13.9K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-02-29 09:14:18Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi

Har yili 15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Nodavlat oliygohda tahsil olayotgan talabalar davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.

Talabalar uzbmb.uz sayti orqali arizani onlayn ravishda to'ldirishadi hamda transkript (yoki zachotka) yuklashadi. (Pdf yoki jpg varianti)

Qabul jarayonlari 5-avgust sanasida yakunlanadi hamda 15-20-avgust oralig'ida o'qishni ko'chirish uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

Nodavlat OTM talabasi davlat oliygohiga 2 xil usul bilan "perevod" qilishi mumkin:

Mos va turdosh yo'nalishlarga – imtihon asosida.
Noturdosh yo'nalishlarga – imtihonsiz, shunchaki super kontrakt to'lasa kifoya.

Mavzu yuzasidan mutaxassislar ishtirokida ovozli chat o'tkazishimiz uchun yuqoridagi so'rovnomada ishtirok eting.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
19.8K viewsedited  06:14
Ochish/sharhlash
2024-02-28 19:42:40 Ovozli chatda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

Endilikda, tez-tez mana shunday suhbatlar sohaning mutaxassislari ishtirokida o'tkazib turishga harakat qilamiz.

Savollaringizga huquqiy asosda javob bergan Axtam aka Yakubovni sahifalariga obuna bo'lishingiz mumkin: @akhtamyakubov

«Nodavlat oliy ta’lim muassasalari»
17.5K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2024-02-28 18:33:46 Ovozli chat boshlandi...

Havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollarni izohlarda yozing!
17.9K viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash
2024-02-27 13:55:14 ​​ Nodavlat (xususiy) OTMlardan davlat OTMlariga o'qishni ko'chirishda o'tish ballari qachon e‘lon qilinadi?

Prezident qaroriga ko‘ra, (22.06.2021.PQ-5157) o‘qishni ko‘chirish bo'yicha o'tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida OTMlar bo'lgan vazirlik, idoralar tomonidan belgilanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;

Qarorda o‘tish ballarini belgilash va e‘lon qilish uchun oxirgi muddat sifatida 15-iyul ko'rsatilgan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
18.2K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash
2024-02-26 10:45:12 ​ Xususiy tashkilot xodimlariga xam homiladorlik nafaqasi toʻlab beriladi

Hukumatning 2022-yil 20-sentabrda 515-son qarori qabul qilingan va qaror bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.

Nizomga koʻra, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash tartibi belgilangan.

Nafaqa Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan farzand tugʻilgunigacha minimal isteʼmol xarajatlari (621 000 soʻm)ning 4 baravari miqdorda beriladi.

Shunga koʻra, yuridik shaxslarning nafaqa toʻlash majburiyati Jamgʻarma hisobidan toʻlangan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida maʼlumotlar masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va maʼlumotlar “Yagona reyestr” tizimiga yuboriladi.

“Yagona reyestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Plastik karta boʻlmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd koʻrinishda beriladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
20.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2024-02-24 18:37:55 Sirtqi ta'lim necha yil bo'lishi kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi” nizomida oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi, maxsus sirtqi va kechki taʼlim shakllarida oʻqitish tartibi belgilangan. Ushbu nizom hozir ham amalda.

Nizomning yettinchi bandiga koʻra, sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish muddati:

sirtqi shaklda — kamida 5 yil;
maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil;
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. (Oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kursidan boshlanadi).

Endi KIUT universiteti qanday qilib barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida sirtqi shaklini 4 yil, maktabgacha ta'limda esa 3 yil o'qitayotganiga izoh berishi kerak. Qaysi qonun hujjatlari asosida bir yil kam ta'lim berayotgani barchaga qiziq albatta.

Jumladan, talabalar tomonidan "bizga berilgan diplom o'tmaydimi?" degan savollarga javob bersak;

Universitetda qaysi qonunga ko'ra bunday ta'lim shakli tashkil etilgani asoslab berilsa va bu huquqiy asosga ega bo'lsa muammo yo'q.

Xususan, KIUT matbuot xizmatini munosabat berishda hissiyotlarga berilmasligi hamda ma'lumotlar almashinuvida hamkorlikka chorlab qolamiz.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
31.0K viewsedited  15:37
Ochish/sharhlash
2024-02-23 14:18:24 KIUT universiteti munosabat bildiribdi!

Munosabatda 3 yillik sirtqi ta'lim O'zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro standardlarga ko'ra tashkil etilgan deyilmoqda. Xalqaro standard o'z yo'liga, qonunchilik borasida savollar tug'ilmoqda, mavzuga hali to'xtalamiz.

Bundan tashqari, tahririyatimiz tomonidan e'lon qilingan "3 yillik sirtqi ta'lim mavjud emas" maqolasini ham "заказ" va uydurma deb atalibdi)

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
27.2K viewsedited  11:18
Ochish/sharhlash
2024-02-23 12:32:02 Ayni vaqtda 4 ta bank taʼlim kredit ajratmoqda

Hozirda Orient Finans Bank, Turonbank, Aloqabank va MKBank banklar tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda:

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi

Murojaat uchun:
Oriyent Finans Bank (4004)
Turonbank (1220)
Aloqabank (1152)
MKBank(1285)

MKBank filiallari manzili
Turonbank filiallari manzili
Aloqabank filiallari manzili
Oriyent Finans Bank filiallari manzili

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
32.0K views09:32
Ochish/sharhlash