Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-06 11:27:49
“Konstitutsiyaviy islohotlar — inson shaʼni va qadr-qimmati uchun”

Namangan davlat universitetida Adolat sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlar — inson shaʼni va qadr-qimmati uchun” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi Baxrom Abduhalimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Dilmurod Ismoilov, viloyat, shahar, tuman partiya vakillari, universitet professor-o'qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirishga qaratilganligi haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbir so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
1.9K viewsedited  08:27
Ochish/sharhlash
2023-04-06 10:28:11
Namangan davlat universitetida Alisher Usmanov talabalar bilan uchrashdi

Yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon "Referendum" haqida ma’lumot berish maqsadida “Sudya va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmanov, Yuridik fakulteti dekani Bahriddin Talapov va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda Yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuv so'ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.4K viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash
2023-04-06 09:41:58
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga asosan Namangan davlat universitetida navbatdagi saralash bosqichi tashkil etilmoqda. Tanlovda universitetda faoliyat olib borayotgan, innovatsion g’oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tadbiq etishga munosib hissa qo’shgayotgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar qatnashishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati bilan tanishish

Hujjatlar joriy yil 15-apreliga qadar universitetning ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga qog’oz (bitta fayl papka qilib) va elekron (@sardorbek9423) shaklda topshiriladi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.2K viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2023-04-05 18:47:07
#XUSHXABAR: «Universiada» musobaqalarining futbol sport turi bo’yicha final bosqichi o‘yinlari qizg‘in pallaga kirdi.

Namangan davlat universiteti talabalaridan iborat jamoa Xorazm viloyatida «Universiada» musobaqasidan o‘rin olgan futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan final o‘yinlariga yo‘l olgan edi.

Bugun Namangan davlat universiteti jamoasi dastlabki o‘yinda maydonga tushdi.
Jamoamiz a’zolari Surxondaryo jamoasi bilan bo‘lgan bellashuvda 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Delegatsiyaga jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Azizov va tajribali murabbiylar A.Mirzamatov hamda B.Nodirovlar rahbarlik qilishmoqda.

Jamoamizga kelgusi o‘yinlarda ham omad tilaymiz!!!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.0K views15:47
Ochish/sharhlash
2023-04-05 14:47:43Наманган давлат университетининг уч нафар масъулларига «Маърифат» тарғиботчилар жамиятининг гувоҳномалари топширилди

Зиё аҳлига яхши маълумки, юртимизда салкам тўрт йилдирки, «Маърифат» тарғиботчилар жамияти фаолият юритиб келмоқда. Мазкур ташкилот Президентимизнинг 2019 йил 3 майдаги «Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорига асосан Республика Маънавият ва маърифат маркази қошида тузилган.
«Маърифат» тарғиботчилар жамиятининг мамлакатимиз маънавий-маърифий ҳаётида аҳамияти катта. Тарғибот гуруҳи аъзоларининг асосий вазифаси - онг ва қалб учун кураш кетаётган бугунги глобал ахборотлар майдонида миллий манфаатлар ифодачиси сифатида ватанпарвар шахсларни тарбиялашдан иборат. Бошқача айтганда, уларнинг бош вазифаси Ўзбекистонда турли соҳаларда рўй бераётган жараён, ислоҳотларни кенг омма вакиллари, хусусан, ёшлар қатламига етказиш, фуқароларда дахлдорлик ҳиссини тарбиялашдир. Тарғибот гуруҳи аъзолари сафига аъзо қилиб олинган кишиларнинг барчаси ана шу ислоҳотларни чуқур ҳис қилган, жамият орасида обрў ва ҳурматга эга, кучли билим ва салоҳият эгаси бўлган ходимлар.
Қувонарлиси, улар сафи тобора кенгаймоқда. Бугун Наманган вилояти мусиқали драма театрида Янгиланаётган Конституция тарғиботига бағишланган «Халқ Конституцияси билан халқчил давлат сари» шиори остидаги тарғибот тадбирида Наманган давлат университети проректори Наримон Дехканов, ижтимоий фанлар кафедраси доценти Низомжон Ғофуров, жаҳон тиллари факультети декани ўринбосари Нодирбек Қодировларга «Маърифат» тарғиботчилар жамиятининг гувоҳномалари тантанали равишда топширилди.
-  Тарғиботчилар гуруҳи нимаси билан мени ўзига жалб этди, деган саволга жавобан шуни айтишим мумкинки, баландпарвоз гапларсиз, самимий ва дўстона руҳда фаолият юритиш ташкилотнинг ўзига хос томонидир, - дейди проректор Наримон Дехканов. - Биз тарғиботчилик ишларини олиб бориш билан бирга, жамиятнинг кайфияти, фикр-қарашларини ўрганиб, аҳолига энг зарур ахборотларни беришни, ҳаётимиздаги воқеа-ҳодисаларга тезкорлик билан муносабат билдиришни, инсонларни эзгу ишларга, янги марраларга руҳлантиришни ўз олдимизга мақсад қилиб қўйганмиз.
Ҳа, мана шундай қизғин ва долзарб паллада – янгиланаётган Конституциямиз тарғиботи давом этаётган, реферундум ўтказилишилек муҳим сиёсий жараён олдидан ҳамкасбларимиз зиммасига яна бир шарафли масъулият юкланди. Бу йўлда уларга куч-қувват ва муваффақият ҳамроҳ бўлсин, деймиз!

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»
2.2K views11:47
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:43:21
REFERENDUM TARG'IBOTI

Namangan davlat universitetida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendumga oid targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar uchun Konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xos jihatlari, bu borada xalqaro va milliy tajriba to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.7K viewsedited  10:43
Ochish/sharhlash
2023-04-05 10:54:26
Энди биз ёшлар учун ўз иқтидоримизни намоён қилиш имконияти кенгаяди ва кафолатланади

Батафсил ўқиш
http://namangantoday.uz/endi-biz-yoshlar-uchun-yz-i%D2%9Btidorimizni-namoyon-%D2%9Bilish-imkoniyati-kengayadi-va-kafolatlanadi

Обуна бўлинг
t.me/namangantoday
3.0K views07:54
Ochish/sharhlash
2023-04-05 10:45:33
"XALQ KONSTITUTSIYASI BILAN XALQCHIL DAVLAT SARI"

Namangan viloyati musiqali drama teatrida Yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet talaba yoshlari ishtirok etishdi. Talabalarga amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbir davomida Namangan davlat universiteti prorektori Narimon Dexkanov, ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Nizomjon G‘ofurov, jahon tillari fakulteti dekani o‘rinbosari Nodirbek Qodirovlarga "Maʼrifat" targ‘ibotchilar jamiyatining guvohnomalari topshirildi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:49:04


Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida “O‘zbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi va Namangan davlat universiteti hamkorligida, oliygohning talabalar turar joyida ham turli xil ko‘ngilochar musobaqalarni o‘z ichiga olgan yoshlar saylini tashkil etdi.

3000 nafardan ziyod talabalarni qamrab olgan tadbir doirasida milliy liboslar tanlovi, manti va karvin tayyorlash, sportning milliy kurash, armrestling, tosh koʻtarish, arqon tortish, shaxmat-shashka va stol tennis turlaridan musobaqalar oʻtkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.8K views06:49
Ochish/sharhlash
2023-04-05 02:36:51
Qadrli talabalar, xabaringiz bor Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan "Bir haftada bir kitob" loyihasi muntazam ravishda davom etib kelmoqda

Talabalar tomonidan Abdulfattoh Abu G‘uddaning "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" (12-hafta) kitobi o‘qib tugatildi

G‘oliblar bilan tanishish

Ushbu haftada Robin Sharmaning "O‘lsang kim yig‘laydi" asari o‘qish uchun tanlandi

Loyiha shartlari bilan tanishish

G‘oliblar yakuniy test natijalariga ko‘ra:
- o‘rin - 300 ming so‘m
- o‘rin - 200 ming so‘m
- o‘rin - 100 ming so‘m

4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi

Maqsadimiz, kitobxonlarning katta imperiyasini qurish va talaba-yoshlarning manfaatsiz tarmoqlardan kitobxonlar maydoniga evakuatsiya qilishdan iborat

Eslatib o'tamiz loyiha davomiy bo‘lib @NamDU_iqtidor kanalida amalga oshiriladi

Barcha talabalarga ulashing @namdu309
985 viewsedited  23:36
Ochish/sharhlash