Get Mystery Box with random crypto!

#Hamkorlik Prezident Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, tar | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

#Hamkorlik
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir.

Namangan davlat universiteti nodavlat oliygoh Namangan xalqaro universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

Unga ko'ra, Namangan xalqaro universitetining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan ta'lim va ilm-fan sohasida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi.

Bundan tashqari, litsenziyaga ega ushbu muassasaning kadrlar bilan ishlash tizimi sohasida universitetning katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va pedagog xodimlari va magistrantlarning stajirovkalari tashkil qilinadi.

Bugungi hamkorlik uchrashuvida universitet prorektori N.Dexkanov oliygoh faoliyati bilan tanishib, dars jarayoni, axborot-resurs markazida talabalar uchun badiiy-ilmiy darslik va adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasini ko'zdan kechirib, zarur tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv so'ngida hamkorlik bo'yicha kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube