Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-04-08 11:55:42
KONSTITUTSIYA — O'ZIMIZNIKI!

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon referendum bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Namangan davlat universiteti Musiqa ta'limi va madaniyati fakultetida ham "Konstitutsiya — o‘zimizniki!" mavzusi ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O'zlidep Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba Gapparova, partiyaning Yoshlar bilan ishlash bo'limi mudiri Dilnoza Xolmatova, viloyat Adliya bo'limi xodimlari M.Maqsudov va M.Mirsaidovlar ishtirok etdilar.

Ma'ruzachilar tomonidan insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so'ngida iste'dodli talabalar tomonidan kuy va qo'shiqlar kuylandi

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.4K viewsedited  08:55
Ochish/sharhlash
2023-04-08 07:25:03
"Zamin Education" loyihasi doirasida "Zamin" fondi va «Digital Generation Uzbekistan» NNM "Raqamli Avlod Qizlari – 2023" respublika inklyuziv IT-oromgohini o‘tkazdilar.

Tadbirda 72 nafar qiz ishtirok etdi.

Ular orasida Namangan davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti talabalari Ro'zibayeva Gulchiroy hamda Aminjonova Umida faol ishtirok etishdi .Ular besh kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar va tanlov dasturlarida qatnashdilar. So‘ng o‘z loyihalarini tanlovga taqdim etdilar.

IT-oromgoh ishtirokchilari mehmonlarga o‘z natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berdilar.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
3.1K viewsedited  04:25
Ochish/sharhlash
2023-04-07 22:03:20
#tayinlov
Ijtimoiy fanlar fakultetiga dekan tayinlandi.

Namangan davlat universiteti rektorining 184-sh/t sonli buyrug'iga ko'ra, professor Jo'rayev Ro'zimat To'xtasinovich Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
518 views19:03
Ochish/sharhlash
2023-04-07 20:02:51
 Namangan davlat universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlangan test sinovlari o‘tkazildi

Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlangan
test sinovlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Sinovlar yakunlangandan so‘ng, g’oliblar taqdirlandi va marosim so’ngida talabalar tomonidan #Meniki #Seniki #Bizniki #Konstitutsiya_õzimizniki heshtegi ostidagi chellenj tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko’ra,

Jaloliddinov Umidjon - Ijtimoiy fanlar;
Saddaraliyeva O’g’iloy - Tabiiy fanlar;
Mamashukurov Ozodbek - Musiqa ta’limi va madaniyat;
Abdusalomov Madiyorbek - Ijtimoiy fanlar;
Usmonov G’ayratjon - Tabiiy fanlar fakulteti talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Shu o’rinda, biz bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotgan O’zMTDP Namangan viloyat Kengashi hamda NamDU Kasaba uyushmasiga minnatdorchilik bildiramiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Telegram| Instagram | Facebook
1.7K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-07 19:45:54
#Xushxabar
NamDU jamoasi O‘zbekiston chempionati o‘yinlarining uchinchi bosqichi g‘olibi

Namangan shahrida ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha XXX-O‘zbekiston chempionati oliy liga o‘yinlarining uchinchi bosqichi yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, bu yildan boshlab chempionat o‘yinlarida ishtirok etayotgan Namangan davlat universiteti jamoasi barcha bahslarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdi.

Jamoamizning uchinchi bosqichdagi natijalari bilan tanishing:
NamDU-Farg‘ona 3:0,
Zarbdor (Jizzax)-NamDU 0:3,
NamDU-Jizzax 3:2,
Xorazm-NamDU 0:3,
NamDU-Qoraqalpog‘iston 3:1.

Jamoamiz O‘zbekiston oliy liga bahslarining uchinchi bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, NamDU jamoasi Oliy liga birinchi va ikkinchi bosqich o‘yinlarida ham barcha raqiblarni mag‘lub etib, g‘olib bo‘lgan edi.

Jamoamizga omad tilaymiz. Olg‘a NamDU!!!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.0K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-04-06 21:44:15
Yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bagʻishlangan davra suhbati shifokorlar ishtirokida boʻlib oʻtdi

To'raqo'rg'on tumani "Shaxand" sanatoriyasida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhtorjon Xojimatov, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat partiya tashkiloti raisi Qodirxon Supijanov, NamDU Ekologiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari doktori Abdug'affor Nazarov, tuman adliya va ekologik partiya vakillari, va sanatoriya shifokorlari ishtirok etdilar.

A.Nazarov o’z so’zida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgarishlarni dolzarbligi va zarurati, o’zgarishlarda xalqning takliflarini e’tiborga olinganligi, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilishda yangi normalar va moddalar kiritilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.2K views18:44
Ochish/sharhlash
2023-04-06 15:02:39
Наманган давлат университетида Конституциявий ислоҳотлар мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
3.4K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:28:24
Namangan davlat universitetida an'anaga aylangan talabalarning konsert dasturi o'tkazib kelinmoqda.

Xususan, bugun universitet faollar zalida Musiqa ta'limi va madaniyati fakulteti 2-bosqich talabasi Jamshidbek G'afforovning "Ardog'imdasiz" deb nomlangan jonli ijrodagi yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Konsert dasturi avvalida universitet birinchi prorektori Narimon Dexkanov Jamshidbekning ijodiy faoliyatini yuksak darajada e'tirof etib "Talabalarni rag'batlantirish jamg'armasi" hisobidan 3 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlanishi haqida ma'lum qildi.

Konsert dasturi talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazibgina qolmay balki, madaniy hordiq olishlariga sabab bo'ldi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
1.3K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:28:14
AZIZ BITIRUVCHI YOSHLAR!

Talabalikning eng go‘zal onlari aks etgan suratlar bir umr bizga zavqqa to‘la tahsil davri, jondan aziz ustozlar, do‘stlar, kursdoshlarni eslatib turadi. Shunday ekan, buni suratlarga ajoyib tarzda muhrlang.

Biz sizlarga o‘z xizmatimizni taklif etamiz, sizga manzur bo‘ladigan «vinetka»larni tayyorlab beramiz. Telefon: +99891357-42-42
1.1K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:23:22
#Fakultet_yangiliklari
Biotexnologiya fakultetida "Jaholatga qarshi ma'rifat" va "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzularida davra suhbati o'tkazildi


Suhbatda Namangan viloyati hokimligi diniy kotibiyati bosh mutaxassisi I.Sa’dullayev, OITSga qarshi kurash markazi shifokori N.Rajabova, Namangan davlat universiteti rektor maslahatchisi A.Normirzayev, profilaktika inspektori mayor Z.Karimova, universitet psixologi Z.Raximova, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Ma'ruzachilar tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Biz yoshlar OITSga qarshimiz” mavzularidagi davra suhbatida milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash hamda turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi to‘g‘risida fikr va mulohazalar aytib o'tildi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
1.2K viewsedited  09:23
Ochish/sharhlash