Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-04-05 02:19:22 https://yoshlarittifoqi.uz/uz/news/namangan-davlat-universitetida-yoshlar-sayli-bolib-otdi

Namangan davlat universitetida o‘tkazilgan "Yoshlar sayli" tadbirlari O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining rasmiy sayti nigohida
1.3K viewsedited  23:19
Ochish/sharhlash
2023-04-05 02:12:49
#yoshlaryetakchilari #qaror

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo’shma qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:

Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini oliy taʼlim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib belgilash;

Boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini (ilmiy darajaga ega boʻlgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarining prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritish;

Har yili namunali faoliyat yuritib kelayotgan Ittifoqning oliy taʼlim muassasalari (tashkilotlari)dagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish;

Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolarini vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan doimiy ragʻbatlantirib borish.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

http://bit.ly/QarorMatni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views23:12
Ochish/sharhlash
2023-04-04 21:21:04
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun @hemisedu_bot Telegram boti ishlab chiqildi.

Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

reyting daftarchasi va transkript
dars jadvallari;
oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
fanlar bo’yicha topshiriqlar;
fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur Telegram bot orqali ham olishlari mumkin.

Shuningdek, HEMIS axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar yaratilganligini ma’lum qilamiz.

Ilovani yuklab olish

AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

Talabalarga ulashing @namdu309
2.0K views18:21
Ochish/sharhlash
2023-04-04 20:53:51
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti talabalari "Men Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasman" mavzusida videorolik tayyorlashga majbur qilinayotgan ekan" sarlavhali murojaati
tarqaldi.

Universitet rahbariyati holat yuzasidan bildirilgan murojaat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:

Haqiqatdan ham universitet rasmiy telegram kanalida 18-mart sanasida "Men Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasman" mavzusida videorolik musobaqasi o'tkazilishi va g'oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanishi ma'lum qilingan va tanlov g'oliblari ro'yxati 28-mart sanasida e'lon qilingan.

Tyutorlar tomonidan berilgan topshiriqda esa Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qaroriga asosan talabalarga topshiriq berilgan. Qarorning 1-bandida ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi ko'rsatib o'tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib talabalardan o'tkazilayotgan tanlovlarni mazmun-mohiyatini anglab yetmasdan noxolis axborot tarqatmasliklarini so'rab qolamiz. Zero, o'tkazilayotgan tanlovlarning barchasi faqat va faqat talabalarning moddiy va ma'naviy rag'batlantirishga qaratilganligini yana bir ma'lum qilamiz.

Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

@namdu309
2.1K viewsedited  17:53
Ochish/sharhlash
2023-04-04 20:06:49
#QuvnoqStartlar

Namangan davlat universitetida sportga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet jamoalari o'rtasida “Quvnoq” startlar” va stol tennis sport musobaqalari o‘tkazildi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tgan musobaqada quyidagi fakultet jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdilar:

Oliy o'rin - Jismoniy madaniyat
-o'rin Pedagogika-psixologiya
-o'rin Filologiya
-o'rin Tibbiyot

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad talabalar o'rtasida do'stona muhit o'rnatish va sog'lom turmush tarzini targ'ib etishdan iboratdir.

@namdu309
2.7K views17:06
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:56:22
#Fakultet_yangiliklari
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti, Boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasida "Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida universal ta'lim faoliyatini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti" mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Zoom dasturida tashkil etilgan konferensiyani fakultet dekani b.f.d., professor G'ofurjon Abdullayev ochib berdi. Konferensiyada Tog‘li oltoy davlat universiteti psixologiya-pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talablar faol ishtirok etishdi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.5K viewsedited  16:56
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:30:42
#befarqemasman

МЕН ЯНГИЛАНАЁТГАН КОНСТИТУЦИЯМ БИЛАН ФАХРЛАНАМАН!

Бағримизда уйғоқ қалбли жажжи ўғил-қизларимиз улғаймоқда. Уларнинг теран нигоҳи, ўткир заковати қалбларимизда ғурур уйғотади. Шу маънода Фарзона Бурхонжонова ҳам бугун мамлакатимизда кечаётган муҳим сиёсий жараёнларга бефарқ эмас!

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
2.6K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:02:09
| no comment

Наманган давлат университетида ёшлар сайли ўтказилди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»

Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
3.6K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:01:11
Янгиланаётган Конституция – барча соҳалардаги ислоҳотлар асоси

Батафсил ўқиш
http://namangantoday.uz/yangilanayotgan-konstitutsiya-barcha-so%D2%B3alardagi-islo%D2%B3otlar-asosi

Обуна бўлинг
t.me/namangantoday
3.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-04 11:23:23
NamDU talabasi Respublika "Qizlar ovozi" klubining bosh koordinatori etib saylandi

Kuni kecha Namangan shahrida joylashgan yoshlar markazida yosh xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, istiqbolli loyihalarini, iste'dodlarini qo'llab-quvvatlash, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan "Qizlar ovozi" klubining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu jarayonda Namangan viloyati hududida faoliyat yuritib, yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan iqtidorli qizlar ishtirok etishdi.

Keskin munozaralarga boy tarzda o'tgan saralash bosqichi natijalarga ko'ra, Namangan davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Aspandiyarova Aziza klubning bosh koordinatori etib saylandi.

Talabamizni ushbu muvaffaqqiyat bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

@namdu309
3.5K views08:23
Ochish/sharhlash