Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 79

2021-12-18 16:17:32
C va Python dasturlash tillaridan foydalanuvchi dunyoning top kompaniyalari qaysilar?

Dunyoning ko'plab mamlakatlarida dasturlash olamiga kirib keluvchilarga aynan C dasturlash tili tavsiya qilinadi. Bu dasturlash tili soha mutaxassislari tomonidan har qanday dasturlash tilining mantig'i deya ta’riflanadi. Buni ushbu tildan dunyoning GitHub, Telegram messenger, ROBLOX va Mastercard kabi mashhur kompaniyalari doimiy foydalanib kelishidan ham bilsa bo'ladi.

Python dasturlash tilidan esa, Intel, IBM, NASA, Facebook, YouTube va boshqa ko'plab gigant platformalar foydalanishadi. Shuningdek, bu til hozirgi kunda sun’iy ong (AI) sohasida ham juda keng qo'llanilmoqda.

Xabaringiz bor, dasturlash olamiga ilk qadamlarini tashlamoqchi bo'lganlar uchun markazimizda shu ikki tilni o'z ichiga jamlagan Foundation bosqichi yo'lga qo'yilgan.

Ayni fursatda ushbu bosqich imtihoni uchun qabul davom etmoqda. Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang.

Foundation imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001123
4.9K views13:17
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:53:30
Dizaynerlar kuzatishi kerak bo'lgan YouTube kanallar ro'yxati

Tavsiya aslida judayam zo'r narsa-da. Nega deysizmi? Kimgadir nimadir shunchaki tavsiya qilinmaydi. Necha yillik tajribalardan kelib chiqib, sinovdan o'tgan manbalargina xolis taqdim qilinadi.

Shunday qilib, nafaqat yangi g'oyalar kelishi uchun, balki yangi bilimlarni o’rganishingiz uchun ham foydali bo'ladi, degan umidda siz aziz dizayn olami vakillariga YouTube kanallar ro'yxatini tavsiya qilamiz.

Dizayn sohasiga qiziqib, lekin hali bu olamga kirib ulgurmagan bo’lsangiz biz sizga yordam berishga tayyormiz.

Grafik dizayn bootcamp kursiga ro'yxatdan o'tish

Adminstratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
5.2K views11:53
Ochish/sharhlash
2021-12-16 13:44:39 ​​Foundation bosqichi kirish imtihoniga qabul boshlandi

Markazimizda bo'lgan o'zgarishlar, yangilangan o'quv dasturlari ichida eng ko'p so'rov va talablarga sabab bo'lgani – bu Foundation bosqichi.

Xabaringiz bor, katta formatda 1500 kishi yozilgan kirish imtihoni salkam 1 oy davomida shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tgan edi. Xuddi shu shaklda keyingi guruhlar ham ochilishi rejalashtirilmoqda. Shu sababdan navbatdagi Foundation bosqichi kirish imtihonlari uchun qabul boshlanishini mamnuniyat ila e'lon qilamiz.

Xo'sh, bu bosqich o'zi qanday, darslar qay tarzda olib boriladi, degan tabiiy savollar tug'ilgan bo'lsa, yangilangan Foundation uchun alohida tasvirga olingan videoni ko'rishni tavsiya qilamiz.

Demak, yangilangan Foundation bosqichi darslarimizning katta sig'imdagi 2-qabuliga bugundan arizalar qabul qilishga start berildi. Imtihon kuni 23-yanvar etib belgilangan, so'rovlar ko'pligini inobatga olib, hozirdan qabulni ochiq deb e'lon qildik.

Foundation haqida allaqachon ma'lumotga egaman, kirish imtihoni uchun qabulni kutib yurgan edim, deysizmi? Juda soz, unda hoziroq ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Foundation bosqichi kirish imtihoniga yozilish

Adminstratorga yozish

Tel: +998712001123
5.0K views10:44
Ochish/sharhlash
2021-12-14 17:53:11 SMM dizayn battle g'oliblari aniqlandi

Yodingizda bo'lsa markazimizda 11-dekabr kuni grafik dizayn yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilarimiz uchun ikki muhim musobaqaga start bergan edik.

Ushbu musobaqaning SMM dizayn yo'nalishida qatnashgan, 72 nafar dizaynerlarga 3.5 soat ichida "Bosch" yuqori bosimli yuvish vositasi uchun post dizayn tayyorlash vazifasi topshirilgandi.

Foto-galereyaga marhamat

Musobaqa so'ngida g'oliblarni aniqlash uchun ustozlardan tashkil topgan hay'at a'zolari tomonidan 1 soatlik tanaffus e'lon qilindi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin: Nuriddin Mustafoyevga — "Yaksa" hamda "Griffin" kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan klaviatura va sichqoncha;
2-o'rin: Daler Abdujalilovga — "Defender" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter quloqchin;
3-o'rin: Jamil Jumayevga esa, Airpods kabi qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Ushbu musobaqani o'tkazishda o'z yordamlarini ayamagan markazimizning barcha grafik dizayn kursi ustozlariga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Jamoamiz esa, shu kabi bilim va tajribalar o'lchanadigan bellashuvlarni o'tkazishda davom etadi.

Agarda sizda ham dizayn olamining sirli dunyosiga qadam qo'yish istagi mavjud bo'lsa, kurslarimizga yoziling.

Grafik dizayn bootcamp kursiga ro'yxatdan o'tish

Adminstratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
5.1K viewsedited  14:53
Ochish/sharhlash
2021-12-13 16:25:59
"Ilm olish sirlari"dan iqtiboslar

Ma'lum bir kasbning etagini tutganimiz, ma'lum bir darajada bo'lganimiz holatlarning bariga ustozlar orqaligina erishamiz.

Ustozlar haqida uzundan-uzoq so'ylashga hojat yo'q. Zero, ustozlarga qancha ta'rif bersak, shuncha oz.

Eslatma: yuqoridagi tavsiyalar Imom Zarnujiyning "Ilm olish sirlari" kitobidan olindi.

Ilm olish sirlari mavzusida ham master-klass tashkil qilgan edik. Spikerimiz Doniyor Nasriddinov bilan bo'lib o'tgan suhbat ko'pchilikka manfaatli bo'ldi, degan umiddamiz.

Doniyor Nasriddinov bilan bo'lib o'tgan suhbat

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
6.1K views13:25
Ochish/sharhlash
2021-12-11 14:15:53
Ba'zi bir ilmlar kitoblarda emas, ustozlarda yashiringan bo'ladi

Bilasiz, qadimda olis safarga otlangan kemalar tunda o'z manzillariga omonlikda yetib olishlari uchun quruqlikda o'rnatilgan mayoqlar tomon harakatlanishgan.

Bu yerda kemani shogirdga, ustozlarimizni esa, to'g'ri manzillarni ko'rsatuvchi mayoqlarga qiyoslasak adashmagan bo'lamiz.

Ushbu qisqa video orqali bundan bir hafta oldin ilm olish yo'lidagi o'quvchilarimiz uchun shunday ustozlardan biri, Registon TV loyihasida bir nechta ko'rsatuvlar muallifi va "Sakinat" oila maktabi asoschisi Ikrom Sharif bilan "Najot ta'limdadir" mavzusida suhbatdan parchani ko'rishingiz mumkin.

Tez orada ushbu suhbatning to'liq shaklini YouTube sahifamiz orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
19.5K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2021-12-10 12:19:32
Ta'lim bu rivojlanish, rivojlanish bu ta'lim

Turli soha vakillarini kashf etishga bel bog'lagan "Osmondagi bolalar" loyihasining bu galgi mehmoni iqtisodchi professor Valijon Turakulov bo'ldilar.

Suhbat yurt rivoji uchun qilinishi lozim bo'lgan ishlar, muammolar va ularning yechimlari, ta'lim va shaxsiy rivojlanishga oid mavzular borasida bo'lib o'tdi. Ushbu suhbat orqali foydali va kerakli bilimlarni olishingizga ishonamiz.

Premyera bugun, soat 20:00 da "Osmondagi bolalar" YouTube sahifasida bo'lib o'tadi. Uni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Havola:

9.4K views09:19
Ochish/sharhlash
2021-12-09 17:16:26 ​​Ilm olish sirlari — barcha ilm talabida bo'lganlar ko'rishi kerak bo'lgan suhbat

Bir necha kun avval joylangan treyler orqali oʻquvchilar qalbiga kirib borgan suhbatdoshimiz — Doniyor Nasriddinov bilan boʻlib oʻtgan master-klassdan boxabarsiz.

Kutilgan suhbatni koʻrish vaqti keldi. Yaqin soatlar ichida premyerani tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

Suhbatni ilm talabida boʻlgan barcha yoshlarga koʻrishni tavsiya qilamiz. Suhbat davomida talabaning ilm olish jarayonidan tortib, ota-ona bilan munosabatlari, ustozga qanday hurmat koʻrsatilishi kerakligi va zehnga taʼsir qiluvchi omillarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Demak, bugun, 9-dekabr kuni, soat 20:00 da Doniyor Nasriddinovdan ilm olish sirlarini oʻrganamiz.

Premyerani koʻrish:

19.9K views14:16
Ochish/sharhlash
2021-12-09 13:25:47
Najot Ta'lim tavsiya etadi!

Xabaringiz bor, Najot Ta'lim markazi zamonaviy kasblarni o'rganishda qo'l keladigan foydali maslahatlar berishni yo'lga qo'ygan. Shu vaqtgacha sahifalarimizda marketing, grafik dizayn va dasturlashda o'quvchilar uchun manfaatli bo'ladigan bir nechta postlar joylangandi.

Bugun shu an'anamizga sodiq qolgan holda, biz sizlarga dasturchilar kuzatib borishi kerak bo'lgan kanallar ro'yxatini taqdim qilmoqchimiz.

Sir emaski, biror sohada yaxshi mutaxassis bo'lish uchun ushbu soha yangiliklarini, hamda bu sohada tajribasi bo'lgan insonlar tavsiyalarini kuzatib, ulardan xabardor bo'lib borish kerak bo'ladi.

Yuqoridagi rasmlarda biz sizlarga dasturlashda bir necha yillik tajriba ega mutaxassislar kanallarining ro'yxatini keltirib o'tdik.

Agar sizda dasturlash kurslarini chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish istagi bo'lsa, albatta, avval Foundation bosqichida o'qishni tavsiya qilamiz.

Foundation bosqichi imtihoniga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
9.7K views10:25
Ochish/sharhlash
2021-12-08 06:39:48
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

Najot Ta'lim markazi jamoasi barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etadi!

8-dekabr faqatgina kalendarda alohida belgilanganligi uchun emas, huquqlarimiz, burchlarimiz va vakolatlarimiz jamlangan qomus qabul qilinganligi uchun ham biz uchun alohida ahamiyat va qadrga ega.

Tinchligimiz va farovonligimiz abadiy bo'lsin!
12.8K views03:39
Ochish/sharhlash