Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 72

2022-02-06 14:47:14
SMM mutaxassisi bo'lmoqchimisiz? Unda shularga tayyor turing

Yodingizda bo'lsa, bundan avvalroq SMM mutaxassislari uchun foydali maslahatlarning bir nechtasi bilan o'rtoqlashgan edik. O'sha safar bergan va'damizga muvofiq, ushbu suhbatni davom ettirmoqchimiz.

Bu galgi maslahatlarimiz oldingilarini to'ldirgan holda, sizning kelajakdagi ish faoliyatingizda kerakli yordamchi bo'ladi, degan umiddamiz. Sizdan esa, faqatgina bularga amal qilish talab qilinadi.

Bozorda tajribali kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan zamonaviy kasblardan birini o'rganish niyatida bo'lsangiz, 13-fevral — yakshanba soat 10:00 da SMM Pro kursi uchun bo'lib o'tadigan kirish imtihonlariga marhamat.

SMM Pro kursi kirish imtihoniga roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
5.8K views11:47
Ochish/sharhlash
2022-02-05 17:35:21 Bir yarim yil oldin IT nimaligini bilmagan yigit bugun...

Insonda maqsadlar aniq va qiziqish yuqori bo'lsa, har qanday orzularga erishish mumkin. Buning isbotini "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihasining navbatdagi soni orqali bilib olishingiz mumkin.

Loyihamizning 17-soni mehmoni Abutech software development kompaniyasida "Product designer" sifatida faoliyat yuritayotgan Boburjon Mavlonov bo'ldi.

Mehmonimiz karantin sabab IT'ga kirib kelganligi, kompyuter sotib olish uchun pul berib turgan do'stlarini hech qachon unutmasligi, qisqa vaqt davomida erishgan natijalari, qaysi sohani rivojlantirmasdan turib jahon miqyosidagi programmalar yaratib bo'lmasligi va shu kabi qiziqarli mavzular haqida hikoya qilib berdi.

Ushbu suhbat premyerasi bugun — 5-fevral soat 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Havola: https



Ha aytgancha, sizda ham hammasi «Najot Ta'lim»dan boshlanishi mumkin.

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
13.9K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2022-02-05 14:29:05 Frontend, Backend va UX/UI dizaynerlar o'rtasidagi musobaqa taqdimotiga marhamat

Xabaringiz bor, 22-yanvar kuni o'quvchilarimiz o'rtasida qiziqarli musobaqa start bergan edik. Musobaqa shartlariga ko'ra, Frontend, Backend dasturchilar va UX/UI dizaynerlardan tashkil topgan jamoalarga ikki hafta muddat ichida uch bosqichli veb sahifa tayyorlash vazifasi topshirilgan edi.

Ushbu vaqtni barcha jamoalar kuchli bir ishtiyoq va tinimsiz mehnat bilan o'tkazganliklariga aminmiz.

Ertaga — 6-fevral soat 9:00 da markazimizning Chilonzor filialida ushbu musobaqaning taqdimot va g'oliblarini aniqlash marosimi bo'lib o'tadi. G'oliblar adolatli aniqlanishi uchun chetdan hakamlar chaqiriladi. Barcha jamoalarga omad tilab qolamiz.

Ushbu tadbirga markazimning barcha o'quvchilari va yuqoridagi sohalarga qiziqishi bo'lgan chetdan tashrif buyurmoqchi bo'lgan barcha mehmonlarimizni taklif qilib qolamiz.

Taqdimot uchun ro'yxatdan oʻtish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
6.4K viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2022-02-04 18:37:24 SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlariga qabul boshlandi

Bosqichma-bosqich markazimizdagi o'quv dasturida yangilanishlar, o'zgarishlar bo'layotganligidan xabaringiz bor. Ya'ni bizdagi mavjud o'quv kurslariga kirish imtihoni orqali qabul qilishni boshladik. Bularning dastlabkisi, dasturlashning Foundation bosqichi uchun qo'llanilgan edi. Dekabr oyidan boshlab esa, SMM Pro kursi uchun ham o'quvchilarni kirish imtihoni bilan qabul qilish tizimini joriy qildik.

Albatta, bu harakatlar o'z mevasini berishiga ishonamiz. Ya'ni kirish imtihoni orqali saralab olingan o'quvchilar sohani tez o'zlashtirishadi va biz uchun ham ta'lim berish osonlashadi.

SMM va marketing sohalariga qiziquvchi insonlar uchun yaxshi yangiligimiz bor. Bizda SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlariga qabul boshlandi.

Kirish imtihonlari 13-fevral — yakshanba soat 10:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Yana bir muhim eslatma: SMM Pro kursi uchun kirish imtihonlarida nomzodlarning mantiq, tahlil, texnik bilimlar va xorijiy til bilish ko'nikmalari sinovlardan o'tkaziladi. Kirish imtihonlariga marhamat!
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
12.1K views15:37
Ochish/sharhlash
2022-02-04 09:50:36 IT biznesmen va 3Ds Max bo'yicha xalqaro frilanser bilan suhbat

«Najot Ta'lim» jamoasi o'z o'quvchilari uchun foydali bo'ladigan master-klasslarni o'tkazishda davom etadi. Bu gal Osmondagi bolalar loyihasining 1-son mehmoni, xalqaro frilanser va IT biznesmen Abdusattor Abdurahimov markazimizda mehmon bo'ladilar.

Spikerimiz bilan "Loyihalar boshqaruvi va investitsiya" mavzusida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan suhbatda startup'larni qanday boshlash, ularni rivojlantirish, qaysi sohalarga investitsiya kiritish va shu kabi boshqa IT-bizneslari haqidagi qiziqarli mavzularga to'xtalib o'tadi.

Ishonamizki, ushbu master-klass kelajakda katta loyihalar boshlash niyatida bo'lgan barcha yoshlarimizga manfaatli bo'ladi. Eslatib o'tamiz, ushbu suhbatda faqatgina markazimiz o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Master-klass 6-fevral kuni soat 14:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
6.9K views06:50
Ochish/sharhlash
2022-02-03 17:45:35
Najot Ta'lim ijodiy jamoasidan yangi rubrika — "Dizayn choyxona"

Markazimizning grafik dizayn yo'nalishi ustozlaridan biri Jahongir Siddiqov muallifligida yangi — dizayn choyxona ko'rsatuviga qo'l urildi. Ko'rsatuv 1-sonida Jahongir G'ulomov va Quvonchbek Matchonovlar bilan hech qanday senzurasiz samimiy suhbat bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida ustozlarimiz dizayn sohasida biznes qilish, dizayner necha yoshgacha ishlashi mumkinligi, dizaynerlarning asosiy yutug'i va oylik daromadi kabi dolzarb mavzularda gaplashdilar. Suhbatda grafik dizayn kursini bitirganlar qanday ishga joylashishi borasida ham tavsiyalar berildi.

Ushbu suhbat dizayn sohasiga qiziqadigan barchaga foydali bo'libgina qolmay, kayfiyatingiz ko'tarilishiga ham sabab bo'ladi. Chunki, haqiqiy choyxonacha gaplar bo'ldi.

Premyera bugun — 3-fevral soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Choyxonaga o'taverasizlar:



Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
14.5K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-02-03 09:30:01 Bozor uchun qanday SMM mutaxassislari kerak?

SMM. Bu soha hozirda "trend''dagi kasblardan biriga aylanib ulgurgandek go'yo. Aslida ham shundaymi? Yoki insonlarda ayrim qo'shtirnoq ichidagi "SMMshik''lar sabab shunday fikr shakllanib qoldimi? SMM bu nakrutka, reklama deganimi? Bozor o'zi qanday kadrlarga muhtoj?

Bugun markazimiz asoschisi Temurbek Adhamov, SMM Pro kursi ustozlari Jahongir Mamatqodirov va Abduvosiq Abdumalikovlar bilan SMM olamidagi tendensiyalar haqida ochiq suhbat tashkil qilishga qaror qildik.

Suhbatda SMM bozoridagi holat, unga qanday kadrlar kerakligi, bu kasb bilan kelajakni bog'lash mumkinmi va shu kabi boshqa mavzularga alohida to'xtalib o'tiladi.

Ovozli suhbat bugun — 3-fevral soat 21:00 da bo'lib o'tadi. Sizni qiziqtirayotgan savollar bo'lsa, jonli efirning o'zida javob berishga harakat qilamiz.

Ovozli suhbatda qatnashish: https://t.me/najottalim?livestream

SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
7.4K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-02-03 07:56:43 Live stream scheduled for Feb 3 at 16:00
04:56
Ochish/sharhlash
2022-02-02 16:38:49
Yanvar oyida start olgan kurslar ro'yxati bilan tanishing

Markazimizda darslar boshlangan kurslar bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz. Yilning boshi bo'lishiga qaramay, bizda yanvar oyida umumiy hisobda 4 yo'nalishdan, 13 ta guruhga darslar boshlandi.

Ro'yxat bilan tanishing:

• SMM Pro 5 ta;
• Veb dasturlash 4 ta;
• Grafik dizayn standart 3 ta;
• Moushn grafika standart 1 ta.

Ushbu o'quvchilarimizga darslar davomida vaqtning qadriga yetgan holda, kelajak uchun manfaatli bo'lgan bilimlarni o'zlashtirishlariga va sohalarida har tomonlama professional kadr bo'lishlariga tilakdoshmiz.

O'zining kelajakdagi karyerasini IT sohalari bilan bog'lash va bu kasblarni o'z sohasining mutaxassislaridan o'rganishni niyat qilgan insonlarni fevral oyida kurslarimiz uchun bo'lib o'tadigan kirish imtihonlarida kutib qolamiz.

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
8.8K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-02-01 10:15:09
IT sohasi vakillari uchun samarali ishlash bo'yicha tavsiyalar

Bugungi diqqatsizlik va chalg'ish dunyosida ko'pchilik samarali ishlay olmaslik muammosiga duchor bo'lyapti. Ayniqsa IT sohasi vakillari bundan ko'p aziyat chekishadi.

Bizning sizlarga yuqorida bergan tavsiyalarimiz orqali esa, ishingiz va shaxsiy hayotingizni o'z maromida ushlashingiz mumkin bo'ladi. Muhimi har bir berilgan tavsiyaga amal qilishingizdir.

Agarda ushbu tavsiyalarga amal qilishni kanda qilmasdan olg'a qadam bossangiz, IT olamining donishmandi bo'lib ketishingiz hech gap emas.

Foundation bosqichi uchun keyingi kirish imtihonlari 26-27-fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
6.0K views07:15
Ochish/sharhlash