Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 74

2022-01-24 16:40:32
Najot Ta'limning navbatdagi qaldirg'ochlari

Markazimizda 15-yanvar kuni katta bitiruv kechasi bo'lib o'tdi. Unda Flutter, UX/UI, Motion, Go Back-end kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh o'quvchilarga bitiruv sertifikatlari berildi.

O'quvchilarimizga sertifikatlar Flutter kursi ustozi Saud Abdulvahed, UX/UI kursi ustozi Abbos Janizakov va HR bo'limi rahbari Ali Zairovlar tomonidan topshirildi.

Kurslarni tamomlagan o'quvchilar o'z sohalarida ish faoliyatlarini boshlashga ham ulgurishdi. Sizlarni bu bo'yicha statistikalar bilan yaqin orada tanishtiramiz. Najot Ta'lim markazi barcha kurs bitiruvchilarining kelajakdagi faoliyatlarida omad tilab qoladi.

Siz ham kelajagingizni IT kasblarining biri bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz, hozirda bizda davom etayotgan, dasturlashning poydevori hisoblangan Foundation bosqichi kirish imtihonlariga marhamat.

Foundation bosqichi kirish imtihoniga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001123
4.9K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2022-01-23 16:16:29 Foundation bosqichi kirish imtihonining ikkinchi kun hisoboti

Xabaringiz bor, kuni kecha Foundation bosqichining birinchi kun kirish imtihonlari bo'lib o'tganligi haqida ma'lumot bergan edik.

Bugun ham kunning ikki qismida imtihonlar bo'lib o'tdi. Imtihonda ro'yxatdan o'tgan 480 nafardan ortiq kandidatlardan 300 nafarga yaqini qatnashishdi.

Ikkinchi kundan foto-suratlar

Eslatib o'tamiz, Foundation bosqichining kirish imtihonlarida o'quvchilarning mantiq va ingliz tilini bilish darajalari sinovdan o'tkaziladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar 4 oy davomida C va Python dasturlash tillariga oid bilimlarni egallashadi.

Talabgorlar ko'pligi sabab, kirish imtihonlari kelayotgan haftaning shanba va yakshanba kunlarida ham bo'lib o'tadi. Imtihonlarda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Foundation bosqichi kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
4.8K views13:16
Ochish/sharhlash
2022-01-22 18:51:33 Foundation bosqichi uchun birinchi kun kirish imtihonlari bo'lib o'tdi

Sizlarga avvalroq xabar berganimizdek, bugun — 22-yanvar kuni Foundation bosqichi uchun birinchi kun kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Dastlabki kirish imtihonlari kunning ikki qismida, soat 9:00 va 14:00 da markazimizning Chilonzor filialida tashkil qilindi. Umumiy hisobda kun davomida, ro'yxatdan o'tgan 450 nafar o'quvchilardan 300 nafarga yaqini bilan kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon jarayonidan lavhalar

Navbatdagi kirish imtihoni ertaga — 23-yanvar sanasida, shuning bilan birgalikda keyingi hafta shanba va yakshanba kunlari ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. Nomzodlarimizdan hozirgi karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda, imtihonlarda o'z vaqtlarida qatnashishlarini so'rab qolamiz.

Foundation bosqichi kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001123
4.1K views15:51
Ochish/sharhlash
2022-01-22 17:45:00
Biznes — mashina, tadbirkor — uning egasi, marketolog esa...

Najot Ta'lim
markazi SMM Pro kursi ustozi Nodirbek Alijonov avvalroq YouTube sahifamiz orqali "Tahlil bu — marketingning boshlanishi" mavzusida foydali video-ma'lumot berib o'tgan edi.

Yuqoridagi videoning izohlar qismida berilgan savollarni inobatga olib, marketing tadqiqot o'tkazishning bosqichlari mavzusida suhbatni davom ettirishga qaror qildilar.

Bu jarayondagi eng muhim ishlardan biri tadqiqot uchun segmentlarni to'g'ri tanlash va ularga to'g'ri savol berish ekanligini hisobga olib, marketing sohasiga qiziquvchilarga kichik bir tanlov e'lon qilingan.

Buning uchun YouTube va Telegram tarmoqlarining izohlar qismida fikr qoldirishingiz kerak bo'ladi.

Ushbu suhbat premyerasi bugun — 22-yanvar soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Premyerani tomosha qilish:



Administratorga yozish

Tel: +998712001123
12.2K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-01-22 12:16:26 Uch bosqichli veb sahifa tayyorlash musobaqasiga start berildi

Najot Ta'lim jamoasi o'z o'quvchilari uchun manfaatli bo'lgan musobaqalarni tashkil etishda davom etadi. Biz bu gal markazimizdagi uch soha vakillari, ya'ni UX/UI dizayner, frontend va backend dasturchilarni "bir dasturxon atrofida" to'plashga qaror qildik.

Kuni kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda to'rt kishidan iborat 8 ta guruh tashkil qilinib, ularga ikki hafta muddat ichida Toshkent shahridagi har qanday onlayn va oflayn tadbirlar to'g'risida e'lonli ma'lumot beruvchi uch bosqichli veb sahifa tayyorlash vazifasi topshirildi.

Uchrashuv jarayonidan lavhalar

Demak, roppa-rosa 2 haftadan keyin ishtirokchilarning qilgan ishlari chetdan kelgan mehmonlar tomonidan xolis baholanib, dastlabki uchta o'rin egalari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Biz barchaga omad tilab qolamiz.

Siz markazimizda yana qanday musobaqalar bo'lib o'tishini xohlar edingiz? Izohlarda yozib qoldirsangiz, faqat xursand bo'lamiz.

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
6.1K views09:16
Ochish/sharhlash
2022-01-22 09:57:57 1:10 - Template dizaynlardan nima uchun qochish kerak?
07:02 - Qolipga tushib qolgan o'quvchilar undan qanday chiqishi mumkin?
12:00 - SMM Dizaynning O'zbekistondagi umri qancha davom etadi?
13:45 - Kreativ dizayn o'zi aslida qanday bo'ladi?
15:32 - Dizaynda qoidalarni buzib chiqish uchun nima qilish kerak?
19:44 - Dizayner ichidagi eng katta muammo - "G'oya kelmayapti"
22:15 - Dizayn sohasida muvaffaqiyatga erishish jarayoni haqida
30:40 - Insonlar zerikkan reklama dizaynlari nega hali ham o'zgarmayapti?
38:50 - Kursni bitirgan o'quvchilar qancha maosh kutishi kerak?
49:44 - Ba'zi grafik dizaynerlar uchun umumiy tavsiyalar
53:35 - SMM Dizayn o'rnini video-kontent egallab olishi mumkinmi?
56:32 - 2022-yilning trendlari haqida
58:50 - Xulosa
6.8K views06:57
Ochish/sharhlash
2022-01-21 19:04:15 Live stream finished (1 hour)
16:04
Ochish/sharhlash
2022-01-21 18:00:04 Live stream started
15:00
Ochish/sharhlash
2022-01-21 08:35:20Grafik dizayn bo'yicha ovozli suhbat: SMM dizaynlarda qachon shablondan chiqamiz?

Markazimizdagi har bir o'quv kursi yo'nalishlari haqida sohaviy ovozli suhbat va jonli efirlarni yo'lga qo'yib kelayotganligimizdan xabaringiz bor. Bundan ko'zlangan maqsad sohangizda uchraydigan turli xil muammolarga yechim topish va yanada professional mutaxassis bo'lishingizga ko'maklashishdir.

Sarlavha orqali payqaganingizdek, bu safargi suhbatimiz SMD(ijtimoiy tarmoq dizayni) haqida bo'lib o'tadi. Suhbat davomida O'zbekistondagi ijtimoiy tarmoq dizaynlarining hozirgi holati, ularni shablondan chiqarish kerakligi va dizayner g'oyani qayerdan olishi haqida so'z yuritilishi ko'zda tutilgan.

Ushbu suhbat markazimiz ustozlari Jahongir G'ulomov, Quvonchbek Matchanov hamda Jahongir Siddiqovlar tomonidan olib boriladi.

Agarda siz ham dizayn olamida revolyutsiya qilish qaroriga kelgan bo'lsangiz, bugun — soat 20:00 da ovozli chatimizda kutib qolamiz.

Ovozli chatda ishtirok etish uchun: https://t.me/najottalim?livestream

Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
9.3K views05:35
Ochish/sharhlash
2022-01-19 14:20:38
Foundation bosqichi uchun navbatdagi imtihon

Xabaringiz bor, markazimizga o'quvchilarni faqatgina imtihon orqali qabul qilish tizimiga bosqichma-bosqich o'tilyapti. Bu saralash orqali six ham, kabob ham kuymasligiga erishildi, ya'ni ikki taraf ham birdek manfaat olyapti.

Yana bir bor eslatib o'tamiz, Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlari 22-23-yanvar sanalarida bo'lib o'tadi. Bu imtihonlar faqatgina oflayn tarzda tashkil etilgan bo'lib, topshirish istagida bo'lganlar Chilonzor filialiga tashrif buyurgan holda qatnashishlari kerak bo'ladi.

Siz ham kelajak kasblaridan birini o'rganish niyatida bo'lsangiz, sizni dasturlashga boshlang'ich qadam hisoblangan — Foundation bosqichi imtihonlarida kutib qolamiz.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Telefon raqam: +998712001123
5.1K views11:20
Ochish/sharhlash