Get Mystery Box with random crypto!

Futbol bo'yicha «Najot Ta'lim» kubogi 2024 «Najot Ta'lim» | Najot Ta'lim

Futbol bo'yicha «Najot Ta'lim» kubogi 2024

«Najot Ta'lim» o'quvchilari o'rtasidagi futbol bo'yicha katta musobaqa bo'lib o'tadi!

Chempionatda qatnashuvchi jamoalar 5 nafar asosiy tarkib va bittadan beshtagacha zaxira o'yinchilaridan tarkib topishi mumkin.

Chempionat yakunida eng yaxshi o'yinchi, to'p urar va darvozabon nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar ham taqdirlanadi.

Turnir «Najot Ta'lim»ning Toshkent va Farg'ona filiallarida start oladi. Chempionatda hozirda «Najot Ta'lim»da o'qiyotgan o'quvchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish

Havola orqali faqatgina jamoa sardorlari ro'yxatdan o'tishi yetarli! Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish 23-may — payshanba kuni soat 22:00 da yakunlanadi.

Eslatma: 25-may — shanba kuni soat 11:00 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filialida musobaqa uchun qur'a tashlanadi. Tadbirda barcha jamoa sardorlari ishtirok etishlari kerak.