Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 75

2022-01-18 15:37:40
5.0K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-01-17 17:41:50 Insonlarni shablonga solsa bo'ladimi?

Insonlarni qandaydir shablonga solsa bo'ladimi? Ya'ni siz falonchi toifadagi insonsiz deyish mumkinmi?

Sohaviy yo'nalish doirasida buning imkoni bor. Qaysi soha siznikiligini bilish uchun ham qaysi toifadagi inson ekanligingizni aniqlab olishingiz kerak bo'ladi.

Ba'zi hollarda shaxsiy sifatlaringiz ham sizning kim bo'lishingizni aniqlab beradi. Umuman o'zingizni aniqlab, tanlagan sohangiz to'g'rimi, yo'qmi, buni bilmoqchimisiz?

Agar javobingiz "ha" bo'lsa, unda bu video aynan sizning savollaringizga javob, "og'riqlaringizga" yechim bo'ladi, degan umiddamiz.

Video premyerasi bugun — 17-yanvar, soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Premyerani ko'rish:



Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
4.3K views14:41
Ochish/sharhlash
2022-01-17 16:05:38 ​​Navbatdagi SMM Pro kursi imtihoni natijalarini ma'lum qilamiz!

Xabaringiz bor, kuni kecha — 16-yanvar sanasida yangilangan SMM Pro kursi uchun navbatdagi sinov imtihonlari bo'lib o'tdi. Va'da berganimizdek, sizlarni ko'p kuttirmasdan natijalarni e'lon qilamiz.

Nomzodlarning kurs uchun tuzilgan savollarga bergan javoblari markazimiz o'quv bo'limi a'zolari tomonidan baholandi.

Kurs uchun qabul qilinganlar ro'yxati

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar 23-yanvarga qadar Najot Ta'lim markazi bilan shartnoma tuzishlari talab etiladi.

Kurs uchun qabul qilingan o'quvchilarga o'qishlariga rivoj va kelajakda ulkan zafarlar yor bo'lishiga tilakdoshmiz.

Eslatib o'tamiz navbatdagi kirish imtihoni 13-fevral, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
5.4K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-01-16 16:49:20 SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlari bo'lib o'tdi

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun — 16-yanvar sanasida yangilangan SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihoni bo'lib o'tdi. Imtihonda 400 nafarga yaqin nomzod qatnashish istagini bildirgan bo'lib, ulardan 182 nafari bilan sinov imtihonlari ikki smenada, soat 9:00 va 13:30 da tashkil qilindi.

Foto-suratlarni tomosha qilish

Ushbu kirish imtihonlari orqali sohaga eng munosib kandidatlar saralab olinishiga tilakdoshmiz. Natijalarni esa, sizlarni ko'p kuttirmagan holatda yaqin kunlarda ma'lum qilamiz.

Ha aytgancha, yangilangan SMM Pro kursi uchun bu kabi kirish imtihonlarini har oy o'tkazishni reja qilganmiz.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
4.9K views13:49
Ochish/sharhlash
2022-01-15 21:37:00 00:35 - Nima uchun Foundation joriy qilingan va unda nimalar o'rgatiladi?
06:10 - Imtihondan o'tish uchun qanday ko'nikmalar kerak bo'ladi?
11:53 - Mantiqiy savollarni dasturlashga qanday aloqasi bor?
20:58 - Foundation'dan so'ng asosiy yo'nalishni mustaqil o'rgansa bo'ladimi?
23:05 - Foundation bosqichining qanday foydasi bo'ldi?
25:55 - Nima uchun ish o'rinlari ko'p, lekin talabga javob beradigan dasturchilar kam?
40:00 - Najot Ta'limda o'qimoqchi bo'lganlarga eslatma.
41:47 - Yangi bitiruvchilar qancha maosh olishi mumkin?
49:14 - Foundation'ni qanday qilib muvaffaqiyatli bitirish mumkin?
51:02 - Foundation bosqichi talabasi necha soat dars qilishi kerak?
53:14 - Imtihon tartibi haqida batafsil!
55:50 - Foundation'ni tamomlagan bitiruvchilar qaysi yo'nalishlarda o'qishi mumkin?
58:30 - Kurslarni necha yoshdan boshlagan maqul?
01:01:15 - Foundation imtihoni har oy bo'ladimi?
01:01:58 - Najot Ta'lim o'quvchilarida qaysi hislat bo'lishi kerak?
01:07:10 - Ish topa olmay yurganlar diqqatiga!
01:09:40 - Xulosa.
3.2K views18:37
Ochish/sharhlash
2022-01-15 11:03:43 Foundation imtihoni haqida katta masshtabli suhbat

Dasturlashga birinchi qadam vazifasini bajaruvchi Foundation bosqichi va unga kirish imtihonlari yoʻlga qoʻyilganligidan xabaringiz bor. Bu sinov barchani bir vaqtda oʻqita olmasligimiz va sohaga potensiali bor yoshlarni saralab, ularga sifatli taʼlim berish maqsadida joriy qilinganligi ham sizlar uchun sir emas.

Ushbu bosqich imtihoni haqida markazimiz asoschisi Temurbek Adhamov, dasturlash kursi katta ustozlari va SAT boʻyicha mutaxassis — Hasanxoʻja Muhammad Sodiqlar bilan ovozli chat oʻtkazishga qaror qildik.

Suhbat bugun — 15-yanvar soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Ushbu ovozli muloqot orqali nega markazdagi kurslar uchun navbat bilan imtihonlar joriy qilinayotgani, sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtish uchun foydali omillar va boshqa koʻplab savollarga batafsil javob berib oʻtish koʻzda tutilgan.

Agar sizda ham o'zingizni qiziqtirayotgan savollar mavjud bo'lsa, ushbu jonli suhbatning o'zida ularga javob olishingiz mumkin. Savollarni tayyorlab qo'yaverasiz.

Ovozli suhbatda ishtirok etish: https://t.me/najottalim?livestream

23-yanvar kunidagi Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlariga qabul davom etmoqda.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
10.5K views08:03
Ochish/sharhlash
2022-01-14 12:06:06 "Hayotda oddiy kasbning o'zi yo'q" — 75 ming AQSH dollari yutgan startap asoschisi bilan suhbat

Tashkil etilganiga endigina 1 yil to'lgan bo'lsa-da, ko'pchilik yoshlar uchun manfaatli bo'lib kelayotgan "Osmondagi bolalar" loyihasi bugun ham siz uchun ajoyib suhbatni tayyorlab qo'ygan.

Loyihaning bu galgi soni eng yosh Prezident maktabi direktori, "Global Education" o'quv markazi asoschisi va 75 ming AQSh dollar mukofot yutgan startap asoschisi 27 yoshli Sardor Sodikov bilan bo'lib o'tdi.

Shu darajaga qanday yetib kelganlari, yutuqlarga erishish uchun qanday yo'llarni tutganliklari va ko'plab ta'limga oid hozirgi muammolarga yechimlarni bilishni istasangiz, bugun 19:30 da loyihaning YouTube sahifasida bo'ladigan premyerani aslo o'tkazib yubormang!

Havola:



Suhbatning sizga eng yoqqan joylari borasida fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz.
5.9K viewsedited  09:06
Ochish/sharhlash
2022-01-13 17:09:28 ​​"ITʼni kitobdan va qoʻshnimning kompyuterida oʻrganishni boshlaganman" — Abutech kompaniyasidagi Frontend dasturchi bilan suhbat

Orada bir nafas rostlab olgan loyihamiz yana o'z maqsadlari tomon yurishda davom etadi. Najot Ta'lim markazida ta'lim olib, hozirda havas qilsa arziydigan natijalarga erishgan insonlarni kashf qilishda davom etamiz. Bu siz bilgan o'sha "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihasi.

Loyihamizning 16-soni mehmoni, 19 yosh bo'lishiga qaramasdan Abutech software development kompaniyasida Frontend dasturchi sifatida faoliyat yuritayotgan Shuhratbek Qobulov bo'ldi.

Suhbatdoshimiz informatikadan fan olimpiadasiga boradigan odam topilmay qolganligi sabab unda qatnashib, shu orqali dasturlashga kirib kelganligi, dastlab sohani kitobdan o'rganganligi va shu kabi boshqa o'zining qiziqarli hayot yo'llari haqida hikoya qilib berdilar.

Ushbu suhbat premyerasi bugun — 13-yanvar, soat 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Suhbatni tomosha qilish:



23-yanvar sanasidagi, dasturlash asosi hisoblangan Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlariga qabul davom etmoqda.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
5.3K views14:09
Ochish/sharhlash
2022-01-12 09:39:19 Najot Ta'lim markazi Apelsin mobil ilovasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Najot Ta'lim
jamoasi o'z o'quvchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida Apelsin mobil ilovasi bilan hamkorlikni amalga oshirdi.

Hamkorlikka ko'ra markazimiz kurslari uchun Apelsin ilovasi orqali to'lovlarni amalga oshirgan o'quvchilarimiz 50 foizlik chegirmaga ega bo'lishlari mumkin.

Bu qanday tartibda bo'lib o'tadi? Har oy ushbu ilova orqali to'lovlarni amalga oshirgan ikki nafar o'quvchimiz random generatori orqali aniqlanadi. Ushbu jarayon yanvar oyidan boshlab 3 oy davom etadi. G'oliblarga markazimizda 1 oylik ta'lim uchun 50% chegirma taqdim qilinadi.

Ilovani yuklab olish:

Android uchun

IOS uchun

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
5.9K views06:39
Ochish/sharhlash
2022-01-11 15:41:40
Dasturchilardan miflarni soqit qilamiz!

Dasturlash sohasini
oʻrganish koʻproq mehnat va qatʼiyat talab qiladi. Lekin ayrim notoʻgʻri tushunchalar sabab koʻplab salohiyatli yoshlar sohani boshlashga ikkilanishmoqda.

Bu galgi suhbatimizda shu soha haqida yuradigan baʼzi bir miflarga oydinlik kiritishga harakat qildik. Oʻylaymizki, bu maʼlumotlar sizlar uchun manfaatli boʻladi.

Agarda siz ham soha toʻgʻrisidagi ayrim notoʻgʻri tushunchalardan xalos bo'lib, dasturlashni oʻrganishni niyat qilgan boʻlsangiz, Foundation bosqichi imtihonlariga marhamat.

Eslatib o'tamiz: Foundation bosqichiga kirish imtihoni 23-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
5.6K views12:41
Ochish/sharhlash