Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 73

2022-01-31 17:45:10
Dasturlashni o'rganaman deb haftalab uydan chiqmas edim...

Markazimizda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar bilan sizlarni yaqindan tanishtirish maqsadida "Bir kun" nomli yangi loyihaga qo'l urdik.

Loyihaning ilk sonida otasi sababli dasturlash sohasiga kirib kelgan, o'z kasbining ustasi, ko'plab muvaffaqiyatli bitiruvchilarning ustozi Saud Abdulwahed bilan qisqa metrajli film suratga olindi.

Filmni tomosha qiling va yangi loyihaga baho bering. Ha, aytgancha, premyerani dasturlashga qiziqadigan do'stlaringizga yuborishni ham unutmang!

Premyera bugun — 31-yanvar kuni soat 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Havola:



Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
14.5K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-01-31 09:11:02Foundation bosqichi kirish imtihoni natijalarini e'lon qilamiz!

Xabaringiz bor, bizda yanvar oyining so'nggi o'n kunligida, shanba va yakshanba kunlari katta masshtabda Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Bu muddat davomida Foundation bosqichida ta'lim olish istagida bo'lganlarning imtihon javoblarini xato va kamchiliklarsiz e'lon qilish uchun, har bir javob varaqasi markazimiz o'quv bo'limi a'zolari tomonidan 3 bosqichli tekshiruvdan oʻtkazildi.

Foundation bosqichining kirish imtihonida qatnashish istagini bildirib, ariza topshirgan 2000 nafardan ziyod yoshlardan, 741 nafari kirish imtihonlarida qatnashib, ulardan quyidagi 377 kishi muvaffaqiyatli qabul qilindi.

Imtihon natijalarini koʻrish

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar markaz bilan 10-fevral sanasiga qadar shartnoma tuzishlari talab etiladi.

Foundation bosqichi uchun qabul qilingan barcha o'quvchilarni chin dildan tabriklaymiz va kelajakda o'z sohalarida professionallardan bo'lishiga tilakdoshmiz.

Bildirishnoma: Foundation bosqichi uchun navbatdagi kirish imtihonlari fevral oyining 26-27-sanalarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Unda ushbu kirish imtihonlaridan o'ta olmagan o'quvchilar ham ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ro'yxatdan o'tishni unutmang.

Foundation bosqichi kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
12.0K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-01-31 07:43:50 Foundation bosqichining navbatdagi kirish imtihonlari bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, yanvar oyining 22-23-kunlarida markazimizda Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tgan edi.

Kecha — 30-yanvar sanasida ham ushbu bosqichning kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Kirish imtihonida ro'yxatdan o'tgan 342 nafar nomzodlardan 157 nafari qatnashishdi.

Imtihon jarayonlari bilan tanishing

O'quvchilarning mantiq va ingliz tilini bilish darajalari sinovdan o'tkazilgan kirish imtihonlarining javoblari markazimizning o'quv bo'limi a'zolari tomonidan 3 bosqichli tekshiruvdan o'tkaziladi. Umumiy natijalarni esa, yaqin soatlar ichida e'lon qilamiz.

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
7.1K views04:43
Ochish/sharhlash
2022-01-30 06:50:06 1:56 - Frontend o'zi nima?
07:58 - Frontend texnologiyalarini qancha vaqtda o'rganish mumkin?
13:58 - Frontend'ni ham sohalar qatoriga kiritish mumkinmi?
19:20 - Wordpress Frontend'chilar uchun yordamchimi yoki...
26:52 - Sun'iy intellekt Frontend'ning o'rnini egallaydimi?
34:36 - Frontend uchun AJAX JS va three JS'larning o'rni qanday?
35:50 - Dasturlashni o'rganishni necha yoshdan boshlagan afzal?
44:52 - Dasturchining yakka o'zi ishlab, loyihalar yarata oladimi?
49:21 - Foundation'siz Frontend'ga kirish?
53:43 - Dasturlashni online o'rganishda nimadan boshlash kerak?
58:58 - Ayol kishi dasturlashni o'rganishi qanchalik to'g'ri?
1:00:30 - Najot Ta'lim o'quvchilarining soft-skillarini rivojlantirish ustida qanday ishlar qilinmoqda?
1:06:40 - Bitiruvchilar ish topishda nimalarga e'tibor qaratish zarur?
1:11:29 - Xulosa
5.9K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-01-29 20:10:02 Sherzod Shermatov va Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim»da

Bugun — 29-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim» markazining Chilonzor filialiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab «Najot Taʼlim»da oʻquvchilar uchun tashkil qilingan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan tanishib chiqishdi. Ularga markazdagi yoʻnalishlar, taʼlim tizimi, oʻquvchilarni saralab olish bosqichlari haqida maʼlumot berildi.

Tashrif jarayonidan lavhalar

Uchrashuvdagi suhbat jarayonida mehmonlarga markaz asoschisi Temurbek Adhamov «Najot Taʼlim»ning shu davrgacha bosib oʻtgan yoʻli, erishgan natijalari, kelajakdagi maqsad va rejalari haqida aytib oʻtdi.

Suhbat davomida IT sohasini rivojlantirish, yoshlarni yana-da koʻproq bu sohaga jalb etish, ularning qiziqishlarini oshirish, oʻqish davomida qoʻllab-quvvatlash kabi mavzularda fikrlar almashildi.

«Najot Taʼlim» jamoasi bugungi tashrif uchun AKT vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevga minnatdorchilik bildiradi.

Qayd etib o'tamiz, Najot Ta'lim markazi 2018-yil oktabr oyida tashkil topgan ta'lim maskani bo'lib, ayni paytda 3 ta yo'nalish, dasturlash, dizayn, marketing bo'yicha 1800 nafardan ortiq o'quvchilar ta'lim olishadi. Markaz 2021-yilda IT-Park rezidentiga aylangan.
19.1K views17:10
Ochish/sharhlash
2022-01-28 12:02:30Kelajakda Frontend'ning o'rnini sun'iy intellekt egallaydimi?

Har hafta markazimizdagi o'quv kurslar bo'yicha ovozli suhbatlar uyushtirilayotganligidan xabaringiz bor. Bu safargi mavzuyimiz dasturlashning Frontend yo'nalishi haqida bo'lib o'tadi.

Suhbat Najot Ta'limning Frontend yo'nalishi kursi ustozlari Javohir Berdiyev, Ilhom Shamiddinov va Ibrohim Alimuhammedovlar bilan olib boriladi.

Ushbu ovozli chat orqali Frontend o'zi nima, bozorda bu yo'nalish uchun talab bormi, sun'iy intellekt qanday kodlarni yoza oladi va boshqa shu kabi qiziqarli mavzularga alohida to'xtalib o'tiladi.

Sizga ham yuqoridagi mavzular qiziq bo'lsa, bugun — soat 20:00 da bo'lib o'tadigan ovozli suhbatimizda kutib qolamiz. Savollaringizga jonli muloqotda ham javob olishingiz mumkin.

Ovozli chatda ishtirok etish uchun: https://t.me/najottalim?livestream

Foundation bosqichi kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

Telefon raqam: +998712001123
17.3K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-01-28 10:32:33 Live stream scheduled for Jan 28 at 14:59
07:32
Ochish/sharhlash
2022-01-27 16:37:21
SMM mutaxassisi bo'lmoqchimisiz? Unda shularga tayyor turing

Tadbirkorlar SMM'ning biznes uchun kerakli instrumentlardan biri ekanligini tushunib yetishdi. Bu uchun yetarlicha sarmoya ajratishga ham tayyorlar. Buni markazimizga SMM mutaxassislarini doimiy so'rab kelayotgan biznes egalarining talabidan ham bilsak bo'ladi.

Xo'sh, unda muammo nimada? Muammo: doimgidek yaxshi SMM mutaxassislari kamligida. Hozirda minglab bizneslar bor, malakali kadrlar esa, aksincha.

Bu gal bo'lajak SMM mutaxassislari uchun foydali bo'ladigan maslahatlar berib o'tishga harakat qilamiz. Aytgancha, bu hammasi emas, davomi keyingi sonlarda.

Agarda siz ham o'z kelajagingizni marketing sohasi bilan bog'lash niyatida bo'lsangiz, endilikda har oy o'tkaziladigan SMM Pro kursi kirish imtihonlariga marhamat.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
5.3K views13:37
Ochish/sharhlash
2022-01-26 16:21:01
5.1K views13:21
Ochish/sharhlash
2022-01-26 11:45:35 ​​Foundation bosqichi kirish imtihonlari davom etadi

Xabaringiz bor, Najot Ta'limda 22-23-yanvar kunlari keng ko'lamda Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tgan edi.

Umumiy hisobda 900 nafardan ziyod nomzodlar ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 600 nafarga yaqini bilan kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Kirish imtihonlarida o'quvchilarning mantiq va ingliz tilini bilish darajalari sinovdan o'tkazildi.

Foundation bosqichida o'qish istagini bildirgan insonlar ko'pligi sabab, ushbu haftaning shanba va yakshanba, ya'ni 29-30-yanvar kunlarida ham kirish imtihonlari davom etadi.

Maqsadlari aniq va dasturlash orqali o'z kelajagi uchun tamal toshini qo'yish niyatida bo'lgan insonlarni Foundation bosqichi kirish imtihonlarida kutib qolamiz.

Foundation bosqichi kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
18.8K views08:45
Ochish/sharhlash