Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 76

2022-01-10 08:31:04
Foundation yo'nalishi kirish imtihonlariga qabul boshlandi

Xabaringiz bor, o'tgan yilning sentabr-oktabr oylarida Foundation kursida o'qish istagini bildirgan 1550 nafar nomzodlardan 690 nafari kirish imtihonida qatnashib, ulardan 300 nafari uchun darslar boshlangan edi.

Jamoamiz bu yil hisobida Foundation bosqichi uchun navbatdagi qabul boshlanganligini mamnuniyat ila e'lon qiladi.

Ko'plab savol va takliflarni inobatga olgan holda ushbu yo'nalishga kirish jarayoni haqida o'zgacha yondashuvda qiziqarli va foydali bo'lgan video tayyorladik. O'zingiz ko'rib baho bering.

Ushbu bosqich uchun kirish imtihoni 23-yanvar kuni, Chilonzor filialida boʻlib oʻtadi.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
6.1K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-01-08 15:32:52 Yangilangan SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihoni

Xabaringiz bor, markazimizdagi yangilangan SMM Pro kurslari uchun dastlabki imtihonlar bo'lib o'tgan edi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar uchun yaqin kunlarda darslar ham boshlanish arafasida.

Kirish imtihonlari 16-yanvar, yakshanba kuni, soat 10:00 da boʻlib oʻtadi. Avvalgi imtihondan farqli ravishda, bu safargi SMM Pro kirish imtihonlari faqatgina oflayn tarzda tashkil etiladi va imtihon topshirish istagida bo'lganlar Chilonzor filialiga tashrif buyurgan holda qatnashishlari kerak boʻladi.

Ushbu yo’nalish bo’yicha imtihonlar mantiq, tahlil, texnik bilimlar va xorijiy til boʻyicha boʻlishi rejalashtirilgan.

Agarda siz ham kelajakda shu kasb orqali o'z karyerangizni boshlash niyatida bo'lsangiz, sizni SMM Pro kursi kirish imtihonlarida kutib qolamiz.

Eslatma: SMM Pro kursi uchun kirish imtihonlari har oyda bir marotaba bo’lib o’tishi reja qilingan.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
4.8K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-01-07 17:34:32 Najot Ta'limga o'quvchilarni qabul qilishni navbatma-navbat faqatgina imtihon orqali olish tizimini joriy qilyapmiz. Saralashdan maqsad aniq maqsadga ega, tahliliy va tanqidiy fikrlay oladigan, kamida bitta bo'lsa ham xorijiy tilni bilgan yigit-qizlarni aniqlash va ularga ta'lim berish. Bu orqali o'quvchilar saviyasi oshadi va ta'lim berish osonlashadi. O'quvchilar ozroq vaqtda ko'proq ta'lim olish imkoniga ega bo'lishmoqda.

Keling statistikaga yuzlansam, odatda dasturlashning foundation yo'nalishidan birinchi oy imtihonidan o'rtacha tarzda o'quvchilarning 30 foizi o'ta olmas, bir oylik vaqtlari va mablag'lari ketar edi. Kirish imtihoni joriy etilgandan so'ng, birinchi oy imtihonidan o'ta olmaslik 3 foizga ham bormadi.

Dekabr oyida test tarzda SMM yo'nalishidan ham kirish imtihoni o'tkazdik. O'quvchilar natijalari ma'lum vaqtdan so'ng bilinadi.

Xullas, 16-yanvar sanasida ham SMM yo'nalishidan kirish imtihoni bo'lib o'tadi. Umuman olganda har oy shu kabi imtihonni o'tkazmoqchimiz. Yuqoridagi audiosuhbatda imtihon bo'yicha yetarlicha suhbat qilganmiz.

Agar siz ham SMM mutaxassisi bo'lishni istasangiz, bu bo'yicha maqsadingiz va rejalaringiz aniq bo'lsa sizni imtihonlarda kutib qolamiz!

Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/34vYhNV

Ha aytgancha, 23-yanvar kuni dasturlashning foundation yo'nalishi bo'yicha ham imtihon bo'ladi. Qisqasi bizda katta imtihonlar oyi )
3.8K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-01-07 09:54:52 ​​Ochiq logo marafon taqdimotiga marhamat

Yodingizda bo'lsa, o'tgan oyda markazimizda grafik dizaynerlarimiz uchun ikki muhim musobaqa bo'lishi haqida xabar bergan edik.

Musobaqaning ikkinchi qismida grafik dizayn kursining brending darslarini tugatgan markazimiz o'quvchilari va chetdan tashrif buyurgan mehmonlarimiz uchun ochiq logo marafonga start berilgan edi.

Marafon taqdimotini tomosha qilish uchun shanba, 8-yanvar kuni, soat 14:00 da markazimizning Chilonzor filialiga tashrif buyurishingiz kerak bo'ladi.

Ishtirokchilarimizning ishlari ustozlarimiz tomonidan baholanib, yakunda eng munosib deb topilgan jamoalar maxsus sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

Ha, darvoqe, musobaqa sharti "Pokiza" gilam yuvish fabrikasi uchun rebrending qilish edi. Real loyiha uchun logolar taqdimoti qiziq bo'lishi turgan gap. Barchangizni kutib qolamiz!

Agarda siz ham yuqori atmosfera va amaliy musobaqalarda tajriba orttirib, o'z kasbingizning ustasi bo'lmoqchi bo'lsangiz, grafik dizayn kurslarimizga marhamat.

Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
6.7K views06:54
Ochish/sharhlash
2022-01-06 15:03:07 O'zingiz bo'lishni xohlagan insonga aylanishni istasangiz...

Sizlarga ma'lumki, Osmondagi bolalar loyihasining 19-son mehmoni O'zMUda bakalavr, Janubiy Koreyaning Kemyung va Inha universitetlarida magistratura va doktorantura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan, xalqaro savdo iqtisodchisi Valijon Turaqulov bo'lgan edi.

Ushbu inson bilan markazimizning Chilonzor filialida "Shaxsiy rivojlanish" mavzusida navbatdagi master-klass tashkil qilinmoqda.

Shaxsiy rivojlanish — hech qachon to'xtatib bo'lmaydigan jarayon ekanligini eslatib o'tgan holda, markazimizning har tomonlama rivojlanish istagida yurgan barcha o'quvchilarini ushbu master-klassimizda kutib qolamiz.

Suhbatimiz 8-yanvar, doimgidek shanba kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

YouTube sahifa
6.3K views12:03
Ochish/sharhlash
2022-01-05 13:19:00
Imkon granti loyihasi bitiruvchilarining taqdirlash marosimi

Avvalroq xabar berganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Ta'lim markazi hamkorligidagi Imkon loyihasining 2-mavsum bitiruvchilari «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida taqdirlanishgan edi.

Najot Ta'lim jamoasi yoshlarimizning matonatlariga, ilmga bo'lgan talablariga qoyil qolgan holda ish va hayotlarida yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qoladi.

Shu o'rinda bu yoshlarimizga o'z mehri va bilimlarini ayamagan markazimiz ustozlariga ham alohida rahmat aytib qolamiz.

Ushbu kun atmosferasini quyidagi qisqa video orqali yana ham yaxshi his qilishingiz mumkin.

Yaqin vaqt ichida Imkon grant loyihasining keyingi bosqichi uchun saralash qabuli boshlanadi.

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
5.3K views10:19
Ochish/sharhlash
2022-01-04 16:15:38
Moushn dizaynerlar uchun foydali maslahatlar 3 taligi

Hozirgi kunda insonlarga ma'lumotlarni moushn grafika orqali tez va qiziqarli qilib yetkazishga bo'lgan talab oshib bormoqda.

Bu gal aynan moushn grafika yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilarimiz uchun ushbu kurs ustozi Yoqubjon Ziyotov o'zlarining foydali maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ushbu maslahatlar o'quvchilarimizning o'z sohalarini yana ham yaxshi o'rganishlarida katta yordamchi bo'ladi, degan umiddamiz.

Agarda sizda ham ushbu sohani o'rganish istagi bo'lsa, moushn grafika standart kursimizga marhamat.

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
5.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-01-03 12:00:47
Grafik dizaynerlar uchun passiv daromad manbalari

IT'da frilanserlik
qilib, masofaviy tarzda dunyo boʻylab ish qila olish imkoni mavjudligi barchamizga ayon.

Biz bu gal aynan grafik dizaynerlar uchun foydali va oz boʻlsa-da daromad topish mumkin boʻlgan ayrim manbalarni keltirib oʻtishga qaror qildik. Toma-toma koʻl boʻlur, degan gap bor dono xalqimizda.

Agarda siz ham yuqoridagi maslahatlarga amal qilib, oʻqish-oʻrganish davomida passiv daromad qilib borsangiz, tajriba va ishga boʻlgan muhabbatingiz ham oshib borishiga ishonamiz.

Sizda ham dizayn sohasiga qiziqish va bu orqali daromad qilish istagi mavjud boʻlsa, grafik dizayn bootcamp kurslarimizga marhamat.

Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
6.1K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-01-02 12:44:06
“Raqamli avlod -2022” IT oromgohida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi!

Mazkur IT tadbir 2022-yil 4-8-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy maktabida online tashkil etiladi.

IT oromgoh quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi:

Dasturlash asoslari (Python)
Frontend (Javascript, react)
Backend (Django)
.NET
Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)

Arizalar 3-yanvarga qadar qabul qilinadi.

"Raqamli avlod" ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Instagram | Telegram
4.3K views09:44
Ochish/sharhlash
2022-01-02 09:56:58 ​​Najot Ta’lim YouTube sahifasida 2021-yilda efir yuzini ko'rgan TOP 10 ko'rsatuv

Najot Ta'lim
markazi doimo o'quvchilarga, obunachilarga va barcha IT olamiga qiziqishi bor insonlarga manfaatli bo'lishini niyat qilgan holda turli xil master-klass, foydali videolarni YouTube tarmog'iga joylab keladi.

Bo’sh vaqtlaringiz yanada maroqli bo'lishi uchun sizga qiziqarli va manfaatli kontentlardan tashkil topgan TOP 10 ko'rsatuvni taqdim qilamiz.

1. Ilm olish sirlari — barcha ilm talabida bo'lganlar ko'rishi kerak bo'lgan suhbat

2. 18 yoshda Full Stack dasturchi bo'lish qiyin emasmi?

3. Maqsadli tavakkalning mevasi

4. Imkon doim topiladi

5. Najot Ta'lim nima maqsadda doimiy grantlar ajratmoqda?

6. Google translator shunchalik xavflimi?

7. Najot Ta'lim markazi haqida ochiq suhbat

8. “Najot ta’limdadir” — Ikrom Sharif bilan suhbat

9. Nega dasturlashni o'rganishdan avval Foundation kursini o'qish kerak?

10. Kimlar grafik dizayner bo'la olmaydi?

Najot Ta'lim jamoasi siz azizlarning qiziqishlaringiz biz uchun muhimligini eslatib o'tgan holda, bundan keyingi faoliyatimiz davomida qanday mavzular yuzasidan videolar ketma-ketligini taqdim qilishimiz kerakligi bo'yicha fikrlaringizdan xabardor bo'lishni xohlaydi.

Shunday ekan, izohlarda ko'pchilik uchun foydali bo'lishi mumkin deb o'ylaganlaringiz mavzularni yozib qoldiring!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
6.1K views06:56
Ochish/sharhlash