Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 28.98K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-09-05 12:34:37
Dasturlash sohasi vakillari uchun katta master-klass

Dasturlash sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassislar Akbarshox Sattarov va Alisher Kasimov tomonidan "Dasturchi qanday fikrlaydi?" mavzusida katta master-klass bo'lib o'tadi.

Spikerlarimiz suhbat davomida:
— Dasturchi qanday fikrlaydi?
— Dasturlashni o'rganishdagi eng muhim omillar;
— Dasturchida qanday soft va hard ko'nikmalar bo'lishi kerak? kabi mavzularda o'z bilim va tajribalarini o'rtoqlashadi.

Ro'yxatdan o'tish havolasi

Qachon: 9-sentyabr, shanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Master-klassga ro'yxatdan o'ting va o'z o'rningizni band qiling!
14.7K views09:34
Ochish/sharhlash
2023-08-23 20:13:00
Janob marketolog bilan master-klass

«Najot Ta'lim»da navbatdagi mehmonimiz kontent-meyker, kichik bizneslarni rivojlantirish bo'yicha mutaxassis va marketolog Sadriddin Abdurahimov bo'ladi.

Suhbatda spikerimiz «SMM'da daromadni 2X oshirish va tizimli ishlash yo'llari» mavzusida bilim va tajribalarini ulashadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

Qachon: 26-avgust, shanba, soat 15:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Marketing va SMMni o'rganayotgan tanishlarga yengil jo'natib qo'yamiz
13.6K views17:13
Ochish/sharhlash
2023-07-22 17:18:27
«Najot Taʼlim»da «Kelajak kasblari» granti loyihasi bo'yicha navbatdagi saralash imtihoni

22-Iyul
«Najot Taʼlim»ning Toshkent va Farg'ona filiallarida bo'lib o'tgan «Kelajak kasblari» loyihasi bo‘yicha imtihonga 250 ga yaqin nomzod tashrif buyurdi.

Grant bo'yicha batafsil tanishib chiqish

Kelgusi imtihonlar 23 va 30-iyul kunlari bo'lib o'tadi.

Imtihon uchun ro'yxatdan o'tish 26-iyulda yakunlanadi, agar siz hali ham ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va zamonaviy kasblar uchun 100% gacha grant yutib oling.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish
6.8K viewsedited  14:18
Ochish/sharhlash
2023-07-22 12:19:02
«Najot Ta'lim» kubogi 2023 yozgi mavsumi start olmoqda

Kutib oling, «Najot Ta'lim»da Futbol bo'yicha navbatdagi katta musobaqa bo'lib o'tadi.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar 5 nafar asosiy tarkib va 5 nafargacha zaxira o'yinchilaridan tarkib topishi mumkin. Chempionatda hozirda «Najot Ta'lim»da o'qiyotgan va kursni tamomlaganiga 3 oydan oshmagan o'quvchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqa sovrindorlariga esdalik sovg'alari va bosh sovrin «Najot Ta'lim» kubogi topshiriladi.

Havola orqali barcha jamoa sardorlari o'z jamoalarini ro'yxatdan o'tkazishlari kerak bo'ladi. Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish 27-iyul — payshanba kuni soat 23:00 da yakunlanadi.

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

29-iyul — shanba kuni soat 16:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Tadbirda barcha jamoa sardorlari yoki 1 nafar jamoa a'zosi ishtirok etishi kerak.
7.9K views09:19
Ochish/sharhlash
2023-07-21 17:18:58
15-16-iyul kunlari «Najot Ta'lim»da tashkil etilgan hafta tadbirlari hisoboti fotosuratlarda

Markazimizda ilk bor «Najot Ta'lim Job Fair» ish yarmarkasi o'tkazildi

Vodiylik yigit-qizlar Farg'ona filialida o'tkazilgan «Najot Ta'lim Quiz» musobaqasida bellashishdi

«Kelajak kasblari» loyihasi qatnashuvchilari uchun ilk saralash imtihonlari bo'lib o'tdi

100 dan ortiq dasturchilar Frontend veb-dasturlash musobaqasi o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi
7.7K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-07-20 11:39:42
Yangilangan Frontend bootcamp kursi yo'lga qo'yildi

«Najot Ta'lim»da dasturlashning Frontend yo'nalishi yangilangan formatda ochilgani va unga dastlabki qabul boshlanganini e'lon qilamiz!

Kursning davomiyligi 8 oy bo'lib, darslar haftada 5 kun 4 soatdan chuqurlashtirilgan tarzda o'tiladi.

Kurs yakunida siz HTML, CSS, SASS, Bootstrap, JavaScript, React, TypeScript va shu kabi boshqa Frontend texnologiyalar bo'yicha bilimlarga ega bo'lasiz.

O'quvchilar kursga 16 yoshdan boshlab, boshlang’ich bilimlarsiz va kirish sinovlarisiz qabul qilinadi.

Agar sizda Frontend sohasini malakali ustozlardan, bozor talablariga moslangan o'quv dasturida o'qish istagi bo'lsa, kursga ro'yxatdan o'ting

Kursga ro'yxatdan o'tish

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
9.0K viewsedited  08:39
Ochish/sharhlash
2023-07-19 18:32:16
«Najot Ta'lim» Farg'ona filialida Javohir Izzatulloh bilan master-klass

O'quvchilarimiz uchun soha mutaxassislari bilan suhbatlar tashkil etishda davom etamiz. Bu galgi master-klassimiz «Osmondagi bolalar» loyihasining mehmoni, hozirda «Najot Ta'lim» markazi O'quv bo'limi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Javohir Izzatulloh bilan bo'lib o'tadi.

Uchrashuv erkin savol-javob shaklida tashkil etilmoqda. Bu esa turli mavzularda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini beradi.

Qachon: 22-iyul, shanba, soat 10:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Vodiylik barcha yigit-qizlarni ilm suhbatida kutib qolamiz! Savollaringizni oldindan tayyorlab kelavering. )
10.7K views15:32
Ochish/sharhlash
2023-07-19 16:11:30
Katta masshtabdagi «Dizayn battle» | Dubayga sayohat qilish imkoniyati

«Najot Ta'lim»da muntazam o'tkazib kelinayotgan «Dizayn battle» musobaqasi yangi formatda tashkil etiladi!

Navbatdagi battle 2 haftalik liga formatida bo'lib, saralash, chorak final, yarim final va final bosqichlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, bellashuv yakka tartibda bo'lib o'tadi va shartlar shu kuni ustozlarimiz tomonidan ochiqlanadi.

G'oliblarga sertifikat, EduOn platformasidan umumiy qiymati 6 mln so'mli ta'lim grantlari va bosh sovrin Dubayga 1 kishilik sayohat uchun yo'llanma taqdim etiladi.

Dastlabki saralash bosqichi 22-iyul — shanba kuni soat 10:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida bo'lib o'tadi. Shu kuni eng yaxshi 8 ta ish egalari 23-iyul — yakshanba kuni bo'lib o'tuvchi chorak finalga yo'l olishadi.

Ro'yxatdan o'tish

Havola orqali ro'yxatdan o'tgach, musobaqaning maxsus Telegram guruhiga a'zo bo'lishingiz kerak!
9.8K views13:11
Ochish/sharhlash
2023-07-19 11:20:15 Onlayn kurslarni bepul qo'lga kiritish imkoniyatini boy bermang

24-iyuldan boshlab @najottalim_platformasi kanalida har kuni maxsus promkod joylab boriladi.

Ushbu promokoddan birinchi bo'lib foydalangan inson platformadagi istalgan kursni bepul qo'lga kiritshi mumkin.

Bu 7 kunda 7 ta bepul kurs degani.

Shart oddiy:

1. @najottalim_platformasi kanalini kuzatib boring;
2. Postlar orasidan "Promo 7777"; ko'rinishidagi kodni birinchilardan bo'lib toping(matn yoki rasmlar orasidan);
3. Uni @najottalimuz_bot'ga birinchlardan bo'lib yuboring.

Promokodni ko'rsatilgan manzilga birinchi bo'lib yozib yuborgan ishtirokchiga istalgan kursini bepul tuhfa etamiz.

Tayyormisiz? Qani ketdik -> @najottalim_platformasi
9.1K viewsedited  08:20
Ochish/sharhlash
2023-07-19 08:04:18
Onlayn «Algoritmlash» musobaqasida bilimlaringizni sinovdan o'tkazing

Xabaringiz bor, o'tgan oy markazimizda ilk martta onlayn formatdagi «Algoritmlash» musobaqasini o'tkazgan edik. Takliflarga binoan musobaqani davom ettiramiz.

Bellashuv yakka va onlayn tartibda bo'lib, unda ishtirok etish uchun dasturlashga oid fundamental bilimlarga ega bo'lishingiz yetarli.

G'oliblarga EduOn platformasidan umumiy qiymati 6 mln so'mli grantlar va quyidagi sovg'alar taqdim etiladi:

1-o'rin: «MI band 7» smart soati;
2-o'rin: «Rapoo VH-530C» quloqchini;
3-o'rin: «Borofone» powerbank'i.

Onlayn battle 23-iyul — yakshanba kuni soat 09:30 da boshlanadi. Unda ayni vaqtda «Najot Ta'lim»da o'qiyotgan yoki kursni tamomlagan o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng «Algoritmlash» musobaqasi Telegram guruhiga qo'shilishingiz kerak bo'ladi!
12.1K views05:04
Ochish/sharhlash