Get Mystery Box with random crypto!

Katta masshtabdagi «Dizayn battle» | Dubayga sayohat qilish im | Najot Ta'lim

Katta masshtabdagi «Dizayn battle» | Dubayga sayohat qilish imkoniyati

«Najot Ta'lim»da muntazam o'tkazib kelinayotgan «Dizayn battle» musobaqasi yangi formatda tashkil etiladi!

Navbatdagi battle 2 haftalik liga formatida bo'lib, saralash, chorak final, yarim final va final bosqichlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, bellashuv yakka tartibda bo'lib o'tadi va shartlar shu kuni ustozlarimiz tomonidan ochiqlanadi.

G'oliblarga sertifikat, EduOn platformasidan umumiy qiymati 6 mln so'mli ta'lim grantlari va bosh sovrin Dubayga 1 kishilik sayohat uchun yo'llanma taqdim etiladi.

Dastlabki saralash bosqichi 22-iyul — shanba kuni soat 10:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida bo'lib o'tadi. Shu kuni eng yaxshi 8 ta ish egalari 23-iyul — yakshanba kuni bo'lib o'tuvchi chorak finalga yo'l olishadi.

Ro'yxatdan o'tish

Havola orqali ro'yxatdan o'tgach, musobaqaning maxsus Telegram guruhiga a'zo bo'lishingiz kerak!