Get Mystery Box with random crypto!

«Najot Ta'lim» kubogi 2023 yozgi mavsumi start olmoqda Kuti | Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim» kubogi 2023 yozgi mavsumi start olmoqda

Kutib oling, «Najot Ta'lim»da Futbol bo'yicha navbatdagi katta musobaqa bo'lib o'tadi.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar 5 nafar asosiy tarkib va 5 nafargacha zaxira o'yinchilaridan tarkib topishi mumkin. Chempionatda hozirda «Najot Ta'lim»da o'qiyotgan va kursni tamomlaganiga 3 oydan oshmagan o'quvchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqa sovrindorlariga esdalik sovg'alari va bosh sovrin «Najot Ta'lim» kubogi topshiriladi.

Havola orqali barcha jamoa sardorlari o'z jamoalarini ro'yxatdan o'tkazishlari kerak bo'ladi. Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish 27-iyul — payshanba kuni soat 23:00 da yakunlanadi.

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

29-iyul — shanba kuni soat 16:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Tadbirda barcha jamoa sardorlari yoki 1 nafar jamoa a'zosi ishtirok etishi kerak.