Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 28.98K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-05-10 09:06:30
«Najot Ta'lim»da bu hafta o'tkaziladigan musobaqalar bilan tanishing

Dasturlash yo'nalishida "Frontend veb-dasturlash musobaqasi!

14-may — yakshanba
kuni soat 09:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor va Farg'ona filiallarida «Frontend veb-dasturlash» yo'nalishida bellashuv bo'lib o'tadi.

Musobaqa ishtirok uchun sizdan HTML, CSS, SCSS, JAVASCRIPT (DOM) va mantiqiy fikrlash bo'yicha bilim va ko'nikmalar talab etiladi.

Musobaqa jamoaviy tarzda bo'lib, har biri 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishi mumkin. Sizda yetarli jamoadoshlar bo'lmasa, shu kuni shu yerda jamoa shakllantirishingiz mumkin.

Musobaqa g'oliblarini quyidagi sovg'alar kutmoqda:
1-o'rin: 3 ta «Rapoo VH-530» quloqchin;
2-o'rin: 3 ta «Borofone» powerbank;
3-o'rin: 3 ta noutbuk sumkasi;

***

"Grafik dizaynerlarni "jang" maydoniga chorlaymiz!"

Hafta yakunida shuningdek, 14-may — yakshanba kuni soat 10:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida Grafik dizaynerlar o'rtasida ham katta battle bo'lib o'tadi.

Bu galgi musobaqada ishtirokchilarning infografik dizayn bo'yicha bilimlari sinovdan o'tkaziladi.

Musobaqada g'oliblariga:
1-o'rin: «MI band 7» smart soat;
2-o'rin: «Rapoo VH-530» quloqchin;
3-o'rin: «Borofone» powerbank'lari taqdim etiladi.

Sohalar bo'yicha bilimlarini amaliyotga sinash va tajriba to'plash istagidagi yurtimizdagi barcha yigit-qizlarni musobaqalarda kutib qolamiz!

Musobaqalar uchun ro'yxatdan o'tish

P.S. Har ikkala musobaqada ham barcha ishtirok etishi mumkin.
8.3K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-05-10 08:05:05
Vodiylik yigit-qizlar uchun 100 ta grant e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim»
markazi vodiylik yoshlar uchun Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va qo'llab-quvvatlovi bilan Farg'ona filiali uchun 100 nafar o'quvchiga grant e'lon qiladi.

Ushbu grantda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan dasturlash hamda dizayn sohasiga qiziqqan yoshlar qatnashish huquqiga ega.

Grantni saralab olish imtihon (mantiqiy fikrlash va ingliz tili) va suhbat asosida bo'lib o'tadi. Eng yuqori ball to'plagan 100 nafar o'quvchi g'olib deb topiladi. Saralash «Najot Ta'lim» jamoasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 10-may sanasidan boshlab 25-maygacha davom etadi. Imtihon kuni bo'yicha ro'yxatdan o'tganlarga xabar beriladi.

Grantlar soni: 60 ta dasturlash, 40 ta grafik dizayn
Yosh chegarasi: 14 yoshdan 30 yoshgacha
Saralash: kirish imtihonlari va suhbat orqali
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filiali

Dasturlash, dizayn sohalarini grant asosida o'rganmoqchi bo'lsangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Ushbu xushxabarni do'stlaringiz bilan ulashing!

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
14.0K viewsedited  05:05
Ochish/sharhlash
2023-05-09 16:39:42
AyTi sohasiga qiziquvchilar uchun katta ochiq dars!

Zamonaviy kasblardan birini o'rganish istagidagi yoshlar va ularning ota-onalari uchun «Najot Ta'lim» ustozlari tomonidan bepul ochiq dars bo'lib o'tadi.

Ochiq darsda:
Marketing kursi ustozi — Nodirbek Alijonov;
Grafik dizayn kursi ustozi — Maqsadjon Olimjonov;
Dasturlash kursi ustozi — Akbarshox Sattorovlar tomonidan sohalarga oid tushuncha va ma'lumotlar beriladi.

Shuningdek, O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh tomonidan markazdagi qulayliklar va kelgusida «Najot Ta'lim»da o'quvchilar uchun taklif etilayotgan yangiliklar haqida bilib olasiz.

Tadbir yakunida esa, 3 nafar ochiq dars ishtirokchilariga 500 000 so'mli «Najot Ta'lim» kurslari uchun vaucherlar ham taqdim etiladi. Balki bu siz bo'lishingiz mumkin! )

Qachon: 13-may, shanba, soat 10:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
8.6K views13:39
Ochish/sharhlash
2023-05-08 17:48:17
Dasturlashni o'rganmoqchiman, lekin nimadan boshlashni bilmayapman?

Shunaqa paytda nima qilish kerakligini aytadigan, qaysi ishni qilsa xato bo'lishini aytib maslahat beradigan inson bo'lsa qanday yaxshi-a?

Xushxabar. 10-may kuni soat 20:30 da "Dasturlashni qanday o'rganish kerak?" mavzusida bepul onlayn master-klass bo'lib o'tadi.

Onlayn master-klass davomida yuqoridagi va shu kabi savollarga javob olishingiz mumkin. Spikerlar kim deysizmi?

Siz ularni taniysiz: Temurbek Adhamov, Alisher Kasimov, Akbarshox Sattarov va Abduvosiq Abdumalikovlar.

Ko'ngilni keng qilib, choylarni damlab bemalol onlayn qatnashaverasiz. Axir siz uchun bonus va sovg'alar ham tayyorlab qo'yganmiz.

Onlayn master-klass havolasini olish, savollar yuborish uchun quyidagi kanalga obuna bo'ling.*

https://t.me/+S4B_MVpTKU5iNjRi

*Ixtiyoriy-majburiy)
9.3K viewsedited  14:48
Ochish/sharhlash
2023-05-08 15:50:54 https://t.me/vebinar_dasturlash
8.7K views12:50
Ochish/sharhlash
2023-05-08 09:38:28 YouTube live: «Najot Ta'lim»ning yillik hisoboti va katta yangiliklari bo'yicha jonli suhbat

4-may
kuni «Najot Ta'lim»ning 1 yillik hisoboti va bo'lajak o'quvchilarimiz hamda ularning ota-onalari uchun tayyorlab qo'ygan katta yangiliklarimizni e'lon qilgan edik.

Ushbu video bo'yicha savollarga javob berish va yangiliklarni batafsil yoritish maqsadida YouTube sahifamizda jonli suhbat o'tkazishga qaror qildik.

Suhbatda «Najot Ta'lim» asoschisi Temurbek Adhamov hamda O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatullohlar ishtirok etishadi.

Jonli efir bugun — 8-may soat 21:00 da YouTube orqali bo'lib o'tadi.

Havola: https://www.youtube.com/live/EKJbJ1YI9LA?feature=share

O'zingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda yozib qoldiring va unga jonli efirning o'zida javob oling.

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
9.3K views06:38
Ochish/sharhlash
2023-05-05 18:58:13 Live stream started
15:58
Ochish/sharhlash
2023-05-05 12:04:25
«Najot Ta'lim»ning 1 yillik hisoboti va yangiliklari bo'yicha ovozli suhbat

«Najot Ta'lim» jamoasi faoliyati davomida doimiy ravishda yangilik va o'zgarishlar qilib borishga harakat qiladi. Albatta, bu kabi ishlar orqali ta'lim sifatini oshirish va uni zamon talablariga moslab borishni niyat qilganmiz.

Shu sabab «Najot Ta'lim»ning 1 yillik hisoboti hamda o'zgarishlariga bag'ishlangan ovozli suhbatni o'tkazishga qaror qildik.

Suhbat markazimiz rahbari Temurbek Adhamov va O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh hamda HR bo'limi rahbari Ali Zairov bilan bo'lib o'tadi.

Suhbatda 5-may, juma kuni soat 21:00 da Telegram sahifamizda jonli tarzda ishtirok etishingiz mumkin.

Ovozli suhbat havolasi

Suhbat yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda yozib qoldiring.
16.4K views09:04
Ochish/sharhlash
2023-05-05 11:45:34 Live stream scheduled for May 5 at 16:00
08:45
Ochish/sharhlash
2023-05-04 18:41:36 «Najot Ta'lim»dan 1 yillik hisobot va MEGA yangiliklarni qarshi oling!

O'sha
siz kutgan kun keldi!

• «Najot Ta'lim» haqida ma'lumotlar;
• 2021-2022-yillar statistikasi;
• «Najot Ta'lim»dan bozor uchun beriladigan noyob takliflar;
• AyTini o'rganmoqchi bo'lgan yigit-qizlar va ularning ota-onalariga tayyorlangan katta yangiliklar siz uchun qiziqmi?

Unday bo'lsa, YouTube sahifamiz orqali videoni hoziroq tomosha qiling.

Video havolasi:



P. S. Videoni tomosha qiling va undagi "qaynoq" yangiliklarni do'stlaringiz bilan baham ko'ring! «Najot Ta'lim» ajoyib yangiliklarni tayyorlab qo'ygan.
4.0K views15:41
Ochish/sharhlash